Qoraqalpoq
adabiyotining asoschi-
si Berdaq (1827-1900) (taxallusi;
asl ismi Berdimurod Qarg'aboy o‘g‘li) nomi bi
lan mashhurdir. Berdaq avval ovul maktabida,
so‘ngra madrasada tahsil oldi. Navoiy, Fuzuliy,
Mahtumquli, Kunxo‘ja
asarlarini mutolaa qilib,
she’riyat san’atini ulardan o‘rgandi. Berdaq tarixni,
xalq og‘zaki ijodini mukammal o‘zlashtirib oldi.
Uning ijodi 1 8-19 yoshlarida do‘mbira chertib,
she’r aytishdan boshlandi. 25
yoshida xalq ora-
sida iste’dodli shoir sifatida xalqqa tanildi. Uning
„Bo'lgan emas“, ,,Umrim“ va
,,Soliq“ kabi she’r-
larida mehnatkash xalqning og‘ir hayoti,
shuningdek, Xiva xonlari va
amaldorlari zulmiga qarshi xalq noroziligi o ‘z aksini topdi.
, , 0 ‘g ‘limga“, „Ahmoq bo'lm a“ kabi she’rlari
orqali esa yoshlarni
Vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqirdi.
Berdaq
xalq hayotini, lining ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi.
Shuning uchun ham uning she’rlarida xalqparvarlik ruhi kuchli edi.
Berdaq tarixiy mavzularda ham qalam tebratdi. U
,,Omongeldi“,
,,O ydo‘stbiy“, ,,Ernazarbiy“ kabi asarlarida
xonlar zulmiga qarshi
kurashgan xalq qahramonlarini faxr bilan kuyladi.
,,Avlodlar“ asari
esa tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, unda
xalqlarning kelib chiqishi,
qoraqalpoq xalqining boshqa turkiy xalqlar bilan aloqasi,
ularning
hayotidagi umumiylik kabi jihatlar bayon etilgan. Xiva xonligi zul
miga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon
,,Ernazarbiy“ dostonida ham aks
ettirildi.
1998-yilda mamlakatimizda Berdaq tavalludining 170 yilligi
keng nishonlandi. Toshkent shahridagi xiyobonlarning biriga Berdaq
Do'stlaringiz bilan baham: