0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
118
Xonlik Shohrnxbiy vorislari davrida Endi minglar sulolasi oldida sulola hokimi- yatiga qonuniy tus berish muammosi ham turar edi. Chunki Farg‘ona vodiysida katta nufuzga ega bo‘lgan qipchoqlar qabilasi minglar hokimiyatini tan olmadi. Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Ab- durahimbiy otasi davrida boshlangan Qo‘qon shahrini obod qilish va keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini davom etdirdi va uni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shuningdek, davlatning hududini kengaytirish maqsadida Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Xo‘jand. 0 ‘ratepa vilo- yatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi. Taxtni ukasi Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750). U akasining Qo‘qon shahrini obodonlashtirish borasida olib borgan ishini davom ettirdi. Shuningdek, shahar atrofmi devor bilan o ‘ratdi. 1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujiun juda qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga qipchoqlar yordam berishdi. 1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi. Dahshatli dushmanga qarshi minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg‘izlar birgalikda kurashdilar. Ularga o!ratepaliklar ham yordam berishdi. Garchand xonlikning mustaqilligi saqlab qolingan bo‘lsa-da, bu hujum xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvolini juda mushkul holatga solib qo‘ydi. Ayni paytda, jung‘orlarga qarshi birgalikda kurashgan o‘zbek qabilalarining ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga qipchoqlaming zo‘ra- vonligi, talonchiligi sabab bo‘ldi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay markaziy hokimiyat qipchoqlar isyonini bostirdi. Abdulkarimbiy vafo- tidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Ab- durahimbiyning o‘g‘li Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). Tez orada Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi. Unda Qo‘qonning yengilishi Erdonabiyning hokimiyatini inqirozga uchratdi. To‘g‘ri, Erdonabiy hukmronligi davrida xonlikning ichki va tashqi siyosatda muvaffaqiyatlarga erishilgan davrlar ham bo‘ldi. Chunonchi, u 0 ‘sh va 0 ‘zgan viloyatlarini ham bo'sundirdi. Qo‘qonni Buxoro amirligi va Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga ham aylantira oldi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling