0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Soliq va majburiyatlar
95


Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi) 
tarixida Ko‘hna Urganch, Vazir, Yangi Ur­
ganch va Xiva poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlardir. Ko‘hna 
Urganch (asl nomi Gurganj, miloddan avvalgi I asrdagi manbalarda 
uchraydi) X asming ikkinchi yarmida Xorazmda markazi Gurganj 
shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi. Amir Ma’mun ibn Muhammad 
995-yilda Kot shahridagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va 
o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qildi.
Shu tariqa, Gurganj Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi. Sha- 
har tez sur’atlar bilan rivojlandi. Ilm-fan yuksaklikka ko‘tarildi. Xo­
razmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun aka- 
demiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino 
kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar. Ko:hna 
Urganch Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan. 
Biroq shahar Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan 
vayron qilindi.
22-mavzuda ta’kidlanganidek, Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib 
Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gur­
ganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta 
boshladi. Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon 1646-yilda boshqa sha­
har - Yangi Urganch shahrini qurdirdi. Sarson-sargardon bo‘lib yur- 
gan aholini shu shaharga ko‘chirtirib keldi. Avvalgi Gurganch (Ur­
ganch) shahri endi Ko‘hna Urganch deb ataladigan bo‘ldi. Abulg‘oziy 
Bahodirxonning o‘g‘li Anushaxon hukmronligi davrida Yangi Urganch 
yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazildi. Kanal shahar 
obodonchiligida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xiva Xorazmning eng mashhur va eng qadimiy 
shahridir. U mil. avv. V asrda bunyod etilgan. Uning 
butun tarixi Xorazm tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. 
Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bi­
lan G‘arbni bog!lovchi savdo yo‘li o !tganligi bilan izohlanadi. Xiva 
XVII asrning birinchi choragidan 1920-yilgacha xonlikning poytaxti 
bo‘lib keldi. 1997-yilda (xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bi­
lan) Xiva shahrining 2500 yilligi katta shodiyona va faxr bilan ni- 
shonlandi. Shahar dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan ham 
mashhur dir.
Xiva shahri
9 6


XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida ikkita xon saroyi
o‘n yettita masjid va yigirma ikkita madrasa mavjud bo‘lgan. XIX 
asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turuvchi ikki qism- 
ga - Ichan qal’a (Ichki shahar) va Dishan qal’a (Tashqi shahar)ga 
bo‘lindi.
Ichan qal’a
Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan 0 ‘rta Osiyodagi 
yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan 
qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a 
Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, 
Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm 
o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari - madrasa, masjid, xon 
saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qal’ada 
joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad 
Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bun- 
yodkorlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va 
maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. 
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark 
yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi.
7 - O ‘zbekiston tarixi, 8-sinf

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling