koTarish maqsadida
yangi kanallar qazdirib, sug‘oriladigan yer may-
donlarini kengaytirdi. Bundan tashqari, raamlakat obodonchiligi yo‘lida
ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi.
Chunonchi, Arabxon va
Muhammad Amin inoq madrasalari qaytadan qurildi. Shuningdek,
o‘zining
nomi bilan ataluvchi madrasa, karvonsaroy, tim, 111 xona
va bo‘lmali Toshhovli (Olloqulixon) saroyi va boshqa ko'plab me’-
moriy binolar bunyod ettirdi. Uning davrida koshinkorlik san’ati
yuksak cho!qqiga chiqdi. Bu san’at, ayniqsa, Pahlavon Mahmud maq-
barasi va Ko‘hna arkni koshin bilan bezatishda o‘zining
yorqin ifo-
dasini topdi. Shuningdek, Xiva shahri atrofi mudofaa devori bilan
o‘raldi. Shaharning ichki qismidan tashqarisida
yashayotgan aholining
xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6250 metrli tashqi qal’a qurildi.
Olloqulixon markaziy hokimiyatdan mustaqil bo‘lishga harakat qil-
gan turkman va qoraqalpoqlarning qo‘zg‘olonlarini shafqatsizlik bilan
bostirdi. U 1842-yilda vafot etdi va hayotligida tayyorlab qo‘ygan
Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etildi.
1. Qo‘ng‘irotlar sulolasi hokimiyat tepasiga kelishi arafasida Xiva
xonligidagi siyosiy ahvol haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Qo‘ng‘irotlar sulolasi qay tariqa hokimiyatni egalladi?
3. Muhammad Rahimxon I ning mamlakatda nisbatan siyosiy bar-
qarorlikni ta’minlay olganligining sabablarini qayd eting.
4. Muhammad Rahimxon I o‘tkazgan iqtisodiy islohotlar qanday na-
tija beidi?
5. Muhammad Rahimxon I davlat boshqaruvi sohasida qanday islohot
Do'stlaringiz bilan baham: