(XVIII asrning 80-yillari XIX asr o‘rtalari) SAN’ATGA HAMNAFAS OILA - Shoira Marg‘ilon shahrida ziyoli oilada dunyoga keldi.
- Otasi Siddiq kosiblik bilan shug’ullansa-da, madrasa ko’rgan, she’r va musiqaga oshno kishilardan edi. El orasida «Hofiz bobo» nomi bilan tanilgan bo’lib, o’zbekcha va tojikcha she’rlar bitardi.
- Onasi Chinnibibi maktabdor otin edi. Qizlarga dars berardi.
- Badiiy did yuqori bo‘lgan ma’rifatli oilada voyaga yetgan Jahon Otin yoshligidan she’r mashq qildi va tez orada «Uvaysiy» taxallusi bilan shuhrat topdi.
“Uvaysiy” bu nima? - O‘tmishda Uvays Qaraniy ismli valiy zot o‘tgan. Uning Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbati shu kungacha insonlar orasida tillarda doston bo‘lib kelmoqda.
- O‘zi hali ko‘rmagan, daragini faqat ilohiy kitoblardan eshitgan payg‘ambarga g‘oyibona muhabbat qo‘yadi.
- Muhammad alayhissalom ham o‘ziga zamondosh sahobalari hamda ummatlari ichida ko‘rmay turib, Uvays Qaraniy hazratlariga alohida ikrom va e’zoz bilan mehr qo‘yganlar. Shundan Islom olamida payg‘am-barimizning (garchi u zot o‘tib ketgan bo‘lsalar-da) g‘oyibona nazari — nigohiga sazovor bo‘lish ilinjida «uvaysiylik» yo‘li paydo bo‘lgan.
Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojixon erta vafot etib, qizi Quyoshxon, o‘g‘li Muhammadxonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug‘ullanadi. - Shoiraning turmush o‘rtog‘i Hojixon erta vafot etib, qizi Quyoshxon, o‘g‘li Muhammadxonni tarbiyalab voyaga yetkazish yakka o‘zining zimmasida qoladi. U maktabdorlik qiladi, ijod bilan shug‘ullanadi.
Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va shoira Nodirabegim hurmati va iltifoti tufayli xon saroyida kechadi. Bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit, farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta’minladi. - Uvaysiy hayoti va ijodiy faoliyatining bir qismi malika va shoira Nodirabegim hurmati va iltifoti tufayli xon saroyida kechadi. Bu yerdagi qizg‘in ijod uchun kerakli adabiy muhit, farzandlarining yashashi va tarbiyasi uchun qulay sharoit shoiraning bir necha yillar osoyishta hayotini ta’minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |