kabi janrlarida qalam tebratganini kuzatish mumkin. DIQQAT! Uvaysiy 3 ta doston ham yozgan: - 1.«Voqeoti Muhammad Alixon»;
- 2.«Shahzoda Hasan haqida doston»;
- 3.«Shahzoda Husayn haqida doston».
- Birinchisi-Muhammad Alixonning Qashqar safariga bag’ishlangan bo’lib, tugallanmay qolgan. Asarda xonning tug’ilishi, taxtga chiqishi va safarga otlanishi voqealari berilib, Marg’ilonda onasi bilan xayrlashib, yo’lga tushishi bilan uziladi.
«Shahzoda Hasan haqida doston», «Shahzoda Husayn haqida doston». - Bu dostonlar islom olamining mashhur shaxsiyatlaridan hazrat Alining o’g’illari Imom Hasan va Imom Husayn voqealariga bag’ishlangan.
- Chunonchi, Imom Hasanning Muoviya bilan bo’lgan janglari va xiyonatkorona o’ldirilishi tasvirlangan.
- Shahzoda Husayn voqealari esa, Karbalo dashtida yuz bergan edi. Imom Husayn va uning farzandlari Yazid bilan bo’lgan tengsiz jangda shahid bo’ladilar.
- Shundan buyon Dashti Karbalo Chiqish she’riyatida shahidlar qoni to’kilgan mo’tabar bir joy sifatida ramziy ma’no kasb etib keladi.
UVAYSIYMAN - Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
- Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
- Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
- Barchadin yumib ko‘zni muddao Uvaysiyman.
- Uz diling taalluqdin, band qil Xudo sori,
- To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»
- Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
- Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman….
SOG‘INDIM - Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
- Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.
- Musofirman, g‘aribman, bekas-u ham benavodurman,
- Vujudim dardga to‘ldi, emdi darmonimni sog‘indim…
CHISTONLAR Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon, Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. Yuzlarig‘a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon. Ul nadurkim, sabzto‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. Barcha qushlarning so‘ngoki ichida, Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida.
Do'stlaringiz bilan baham: |