0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

15- §. Amirlikda markaziy hokimiyatning 
mustahkamlanishi
Amir Haydar hukmronligi
Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga 
o ‘g ‘li Amir Haydar o‘tirdi (1800—1826). 
Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, 
markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir Haydar 
katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini 
sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi. Aksariyat viloyatlar 
mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirdi. Bu 
esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib 
keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi.
Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda 
to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy 
hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining hara- 
kati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qar- 
shi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi. Chunonchi, Amir 
Haydar Shahrisabz va Miyonqolni amirlik tarkibida saqlab qolish 
uchun kurash olib borishga majbur bo‘ldi. 0 ‘ratepani qo‘lda saqlab 
qolish uchun esa Qo‘qon xonligiga qarshi harbiy harakatlar olib 
bordi. Ayni paytda, o‘zi 1806-yilda Xiva xonligi hujumiga uchradi. 
Amir Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’- 
vat etdi. Xiva qo'shini Amudaryo qirg'oqlarida mag‘lubiyatga uch­
radi. Garchand Xiva qo‘shini quvib chiqarilgan bo‘lsa-da, mamla- 
katda tinchlik qaror topgani yo‘q. Tez orada davlat va uning 
amaldorlarining adolatsiz siyosatiga qarshi qo‘zg‘olonlar hoshlandi. 
Ayrim viloyat hokimlari va yirik zodagonlar markaziy hokimiyatdan 
mustaqil bo‘lish maqsadi yo‘lida foydalanib qolishga urindilar. Chu­
nonchi, Amir Haydaming ukasi Dinnosirbek hokimlik qilayotgan 
Marv viloyati aholisi 1804-yilda qo‘zg‘olon ko‘tardi. Amir Haydarga 
qarshi bo‘lgan kuchlar esa undan foydalanib, Dinnosirbekni amirlik 
taxtiga o ‘tqazmoqchi bo‘ldilar. Biroq markaziy hukumat bunga qarshi 
keskin choralar ko'rishga majbur bo‘ldi.
Amir Haydar ukasi Dinnosirbek boshliq qo‘zg‘olonchilarga qar­
shi qo'shin yubordi. Qo'shin sarkardasining buy rug 4 hilan Marv vo-

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling