XVIII asrda Buxoro-
Rossiya munosabatlari
XVIII
asrda Buxoro xonligi va Rossiya
o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davr
boshlandi. Bu davrga kelib Rossiyaning
0 ‘rta Osiyo xonliklari, jumladan, Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq
aloqlarida kamsitish siyosati yuritila boshlandi. Xususan, boj to ‘lovi
miqdori oshirildi.
Ayni paytda, siyosiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, tabiiy boy-
liklarga ko‘z olaytirish kayfiyati kuchaya bordi. Rossiyani, ayniqsa,
0 ‘rta Osiyo oltinlari ham qiziqtira boshladi.
Pyotr I Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas
deb hisobladi va amalda unga tazyiq o‘tkaza boshladi.
Shu maqsadda 1718-yilda Irtish daryosi sohilida yetti qo!rg‘ondan
iborat shahar (Semipalatinsk) qurdirdi. Bu esa Buxoro xonligini tash-
vishga solib qo‘ydi. Shuning uchun ham Abulfayzxon Rossiyaga elchi
yubordi. U o‘z maktubida Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini
ham so‘radi. Bunga javoban Rossiya hukumati 1721-yili Florio Be-
nevenini elchi qilib jo ‘natdi. Rossiya elchisiga 0 ‘rta Osiyoga olib
boriladigan suv va quruqlik yo‘llarini o‘rganish, rus savdosini ke-
ngaytirish imkoniyatlarini aniqlash, Buxoro xonini Rossiya bilan
ittifoq tuzishga ko‘ndirish, xonga rus gvardiyachilarini taklif qilish;
qayerda qancha oltin konlari borligini aniqlash va ularni xaritaga tu-
shirish; xonlikdagi qal’alar va qo‘shinning ahvolini o!rganish hamda
xonlikning ichki ahvolini, shuningdek, Eron, Xiva va Usmonli bilan
o‘zaro munosabatlarini o‘rganish vazifalari ham yuklatildi.
F.Beneveni Buxoroda 3,5 yil turib o‘z oldiga qo'yilgan masala-
lar bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va
1725-yilda Peterburgga qaytib ketdi.
Pyotr I ning yurtimizni bosib olish niyati uning hayotligida
amalga oshmagan bo‘lsa-da, keyinchalik vorislari tomonidan amalga
oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |