0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Yaqubjonov, S. Tursunoy
O ‘zbekistonda hududlashtirilgan beda
Download 8.86 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. Sebarga Ishning maqsadi va vazifasi
- Uslub;> korsatmalar Sebarga Trifolium L.
- T.resupinatum L. va Alek- sandriya sebargasi, ya’ni bersim — T. alexandrinum L.
- (subsp fitiosum Chor) bilan ikki marta o‘riladigan janub sebargasi (subsp. sativum Grome)
- 6.4. Esparset Ishning maqsadi va vazifasi
- Uslubiy ko‘rsatmaIar Esparset Onobrychis Adans
- Esparset asosiy turlarining belgilari 37-jadval
- 6.5. Qashqarbeda Ishning maqsadi va vazifasi
- Uslubiy ko‘rsatmalar Qashqarbeda Melilotus
- Qashqarbeda asosiy turlarining belgilari 38-jadval Belgisi Oq qashqarbeda (M . albus Dasr) Sariq qashqarbeda
- Sariq Dukkaklarining shakli Ellipssimon Tuxum sim on Dukkaklarining yuzasi T o ‘rsimon burishgan
- Kalta o ‘tkir tum- shuqchasi bor Odatda urugchisi tushib ketmay, saqlanib qolgan boladi 6.6.
- Uslubiy ko‘rsatmalar Eron sebargasi, ya’ni shabdar.
- Aleksandriya sebargasi, ya’ni bersim.
- 6.7. G‘allasimonlar (boshoqdoshlar) oilasiga kiradigan o‘tlar. Ko‘p yillik va bir yillik g‘allasimon (boshoqdosh) o‘tIar
- Uslubiy ko‘rsatmalar Ko‘p yillik gallasimon o‘tlarga: ajriqbosh ( Phleum pratense L)
O ‘zbekistonda hududlashtirilgan beda navlari 0 ‘zbekistondagi sug‘oriladigan va lalmikor yerlarga ekish uchun bedaning seleksiya yo‘li bilan chiqarilgan navlari bilan jaylari navlari hududlashtirilgan. Aridnaya. 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksion navi. Yowoyi Baxmal beda navi x Milyutin 1774 bilan, uch marotaba chatishtirish yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Baygulov D.P., Egorov Ya.I., Danolov N.A. 1981-yildan Jizzax viloyatining lalmikor yerlari uchun davlat ro‘yxatiga kiritilgan. Turkiston turiga mansub, ko‘k ekma beda navlar guru higa oid. Tupi tik turuvchan. Shoxlanishi yaxshi. Poyasining bo‘yi 85-90 sm, o'rtacha dag'allikda, tuksiz yoki kam tukli. Bargi o‘rtacha kattalikda, bargchalari teskari-tuxumsimon, yumshoq, kam tuklangan. Bargliligi yuqori 50,0—55,0 %. To‘pguli-zich, shingili naysimon. Gullari to‘q havo rang. Dukkagi o‘rtacha spiralsimon 2, 4, 5 o'ramli. Doni o‘rtacha kattalikda, sariq, dukkaksimon. 1000 ta donining vazni 2,3 g. Lalmikorlikda ob-havo qulay kelgan yillari yashil ozuqa hosildorligi gektaridan 164,0 sentner, pichani 50,0—54,0 sentner. Bahorda unib chiqishi yaxshi, o‘rimdan so‘ng sekin o‘sadi. Vegetatsiya davri birin chi o‘rimgacha 56—60 kun. Qishga va qurg‘oqchilikka bardoshli. Quruq moddasining tarkibidagi oqsil miqdori 17,2 %, kletchatki 34,0 %. Qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlariga chidamli. Tashkentskaya— 1. G.S.Zaysev nomidagi g‘o ‘za seleksiya- si va urug‘chiligi ilmiy tekshirish institutining selekbion navi. Toshkent—3192 navi bilan ko‘p marta qayta changlatilgan mahalliy Marhamat bedasidan, tanlash yo'li bilan yaratilgan. Mualliflar: Grishenko T.G ., Parxomenko F.S., Buma- sheva M.A. 1954-yildan Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatila- rining sug‘oriladigan yerlarida davlat ro'yxatiga kiritilgan. Respublikaning sug‘oriladigan nav sinash shoxobcha- larida quruq moddasining o'rtacha hosildorligi gektaridan 92,6—132,3 sentnerga teng. Navning bargliligi yaxshi 40,0— 49,0. Ozuqaboplik xususiyati yaxshi. Quruq moddasidagi oqsil miqdori 19,2 %, kletchatka 23,7 %. Nav respublika sharoitida yaxshi qishlaydi. Vegetatsiya davri bahorgi unib chiqishdan birinchi o'rim gacha 66 kun. Qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada zararlanadi. Tashkentskaya— 1728. G.S. Zaysev nomidagi g‘o‘za se- leksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish institutining selek sion ravi. K-21303 (AQSh) namunasidan navlararo chatish- tirish yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Burnasheva M.A., Abdullayev X. 1982-yildan Jizzax, Qashqadaiyo, Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyatlarining sug‘oriladigan yerlarida davlat ro'y xatiga kiritilgan. Tupi tik o'sadi biroz yoyiq, tuplanishi o‘rtacha. Poya sining bo‘yi 60—120 sm, yaxshi shoxlaydi. Barglari ellipsis- mon, kam tukli, bargliligi 44,0—50,5 %. To'pguli o'rtacha naysimon, zich shingilli. Guli zangori. Dukkagi 2,4 o ‘ramli. O 'rtacha kattalikda, sarg'ish-jigarrang. Urug£i buyraksimon, biroz burchaksimon, sariq. Respublikaning sug'oriladigan nav sinash shoxobcha- larida quruq moddasining o‘rtacha hosildorligi gektaridan 96,4-127,3 sentnerni tashkil etdi. Vegetatsiya davri bahorgi unib chiqishdan birinchi o‘rimgacha 66-74 kun. B a h o rd a va o'rim dan so'ng tez ko‘karadi. Vegetatsiya davriia 5—6 m arta o ‘riladi. Quruq moddasidagi oqsil miqdori 17,8-20,5 % , klet- chatka 31,2-32,0 %. Qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasha- rotlariga chidamli. Tashkentskaya—3192. G.S. Zaysev nomidagi g 'o 'z a se- leksiyasi va urug'chiligi ilmiy tckshirish institutining seleksion navi. Mahalliy 0 ‘rta Osiyo bedalari bilan erkin changlatilib ko‘paytirilgan Peru bedasidan, ko‘plab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Greshenko T.G., Belova- A.I., Parxom en- ko F.S. 1940-yildan Qoraqalpag'iston respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatiga ki ritilgan. Tupi tik o'sadi, tuplanishi o'rtacha. Poyasining bo‘yi 50-70 sm, yo'g'on, kam shoxlaydi. Barglari yirik, uzun, ellipssimon shaklda, tukli. Bargliligi 37,0—42,0 %. Guli zan- gori va och zangori. Dukkagi 2—3 o'ramli, yirik, och qo'ng'ir. Quruq moddasining o'rtacha hosildorligi ob-havo qulay kelgan yillari gektaridan 385,1 sentner. Qishga chidamli. Vegetatsiya davri bahorgi unib chiqishdan birinchi o'rimgacha 65-70 kun. Quruq moddasidagi oqsil miqdori 18,0-20,7 %, kletchatka 23,1%. Qishloq xo'jalik kasalliklari va hasharotlari bilan o'rtacha darajada zararlanadi. Xorezmskaya— 2. Xorazm paxtachilik stansiyasining se leksion navi. Hindiston 1424 x Xiva bedasini chatishtirish va tanlash yo‘li bilan yartilgan. 1992-yildan Xorazm viloyatining sug'oriladigan yerlari uchun davlat ro'yxatiga kiritilgan. Ko'k beda, Xiva ekoxiliga mansub. Tupi yoyiq shaklda. Tuplanishi o'rtacha. Poyasi kam tuklangan, yashil, bo'yi 120 sm gacha. Bargi ellipssimon shaklda, tuksiz, och yashil. To'pguli zich boshchasimon shingilli. G u li och havorang. Dukkagi spiralsimon, 2,5—4,0 bur- m ali. Urug‘i loviyasimon, sariqdan och kulranggacha. Quruq m od d asirin g o'rtacha hosildorligi gektaridan 140,0— 143,0 sentner, urug‘ hosili 2,4 sentnerni tashkil etdi. Quruq m o d d a tarkibidagi oqsil miqdori 24,7 %. Bahorda unib chiqishi va o‘rimdan so'ng yaxshi va tez o 'sa d i. Vegetatsiya davri bahorgi unib chiqishdan birinchi o ‘rim gacha 66—71 kun. Nav qishloq xo'jalik kasalliklari va hasharotlariga chidamli. 6.3. Sebarga Ishning maqsadi va vazifasi: 1 Sebarganing asosiy morfologik xususiyatlarini o'rganish. 2. Sebarga turlarini bir biridan farq qiluvchi belgilari bilan tanishish. 3. Sebargani asosiy hududlashtirilgan navlari bilan tani shish. Uslub;> ko'rsatmalar Sebarga Trifolium L. turkumiga kiradi va 300 ga yaqin turni o ‘z ichiga oladi. Ulam i sakkiztasi ekiladi. Shulardan MDX davlatlarida qizil sebarga — T. pratense L. eng katta ahamiyatga ega va ko‘p tarqalgan. Qizil sebarga 0 ‘zbe- kistondagi sholikor hududlarda ancha ko‘p tarqalgan. Sebar ganing boshqa turlaridan O'zbekistonda bir yillik sebarga— Eron sebargasi, ya’ni shabdor — T.resupinatum L. va Alek- sandriya sebargasi, ya’ni bersim — T. alexandrinum L. bir muncha diqqatga sazovor, sebarganing boshqa turlari uchra- maydi. Qizil sebarga — T. pratense L. ko‘p yillik, ammo uzoq yashamaydigan o'simlikdir, u 2—4 yil yashaydi (36-jadval). Ildiz tizimi o‘q ildiz bo‘lib, yo‘g‘onlashgan ildiz va bir talay ingichka yon ildizchalardan iborat. Ildizining asosiy qismi yerning haydalma qatlamida joylashadi, ayrim ildizlari 1—1,5 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Sebarganing poyasi kalta tortgan bosh novdadan iborat, uning qultiq kurtaklaridan yon novdalar o‘sib chiqadi. Yon shoxlari (poyalari) yuqoriga tik o ‘sadigan, yumaloq, ichi kovak, siyrak tukli, shoxlanadigan bo‘lib, bir necha (5—9 ta) bo‘g‘im oraliqlaridan tashkil topadi va bo‘yi 70—96 sm ga etadi. Qalin qilib ekilgan joylarda bitta o ‘simlikda 10 tagacha poya hosil bo‘ladi. Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), barg- chalari birmuncha serbarg, asosida ochiq rangli uchburchak xoli bo'ladi, o ‘rta tomiri barg plastinkasining chetidan chiqib turmaydi. Yonbargchalari pardasimon, odatda cho'ziq shakl- da bo'ladi. To‘pguli deyarli zich taqalib turadigan yumaloq yoki cho‘ziq shakldagi boshoqchadan iborat. Boshchalar poya hamda yon shoxlarining uchida joylashadi. Boshchada qizil- binafsha rang gultojibarg chiqaradigan 70-100 ta mayda- mayda kapalak nusxa gul bo‘ladi. Mevasi bir urug‘li dukkak. Urug‘i noto‘g‘ri yuraksimon shaklda, yaltiroq, sarg‘ish yoki binafsha rangda. 1000 donasining vazni 1,7-1,8 g kela- di. Qizil sebarga turi hozir beshta kenja turga boMinadi. Shulardan MDX davlatlarida ikkitasi bir marta o‘riladigan sebarga (subsp fitiosum Chor) bilan ikki marta o‘riladigan janub sebargasi (subsp. sativum Grome) kenja turlari ko‘p ekiladi (37-jadval). 0 ‘zbekistonda ikki marta o'riladigan janub sebargasi ken ja turi tarqalgan. Bu sebarganing hududlashtirilgan navi U zRO S-73 dir. UzROS—73. 0 ‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. Ikki o'rimli qizil yo‘ng‘ichqani boshqa yo‘ng‘ichqa navlari bilan erkin chatishtirish yo‘li bilan yaratilgan tabiiy duragay. Mualliflar: Goncharyov I.P., Maslennikova V.Ya. 1954-yildan respublika bo'yicha davlat ro‘yxatiga kiritil- gan. Bu navning asosiy qismini ikki yillik va ko‘p yillik baho- rikor o‘simliklar tashkil qiladi. Tupi tik o‘sadi. Poyasi in- gichka, bo‘yi 90 sm. Bargliligi 45,0 % gacha. Bargi o‘rtacha kattalikda, tuxumsimon, kam tuklangan, och-yashil. Guli- ning rangi har xil, qizildan zangorigacha. Tuplanishi yaxshi, o ‘rimdan so‘ng yaxshi o‘sadi. 0 ‘rta- pishar. Birinchi yili gullashi iyulning ikkinchi o‘n kunligida 91—93 kundan so‘ng boshlanadi, to ‘la unib chiqqandan so‘ng ikkinchi yli mayning ikkinchi o‘n kunligila boshlanadi. Res- publika sharoitida yaxshi qishlaydi. Quig‘oqchilikka chidam- liligi o‘rtacha. Nav serhosil. 6.4. Esparset Ishning maqsadi va vazifasi: 1 Esparsetning asosiy morfologik xususiyatlarini o‘iga- nish. 2. Espartset turlarini bir biridan farq qiluvchi belgilari bilan tanishish. 3. Espartsetni asosiy hududlashtirilgan navlari bilan ta nishish. Uslubiy ko‘rsatmaIar Esparset Onobrychis Adans turkumiga kiradi. Mamlaka- timizda esparsetning 3 turi ekiladi. 1) Vika bargli yoki oddiy esparset (O. viciafolia Scop); 2) Zakavkazye esparseti — O.antasiatica Khin\ 3) Qumloq esparset — O.arenaria DC (37-jadval). Esparset ko‘p yillik o‘t o ‘simlik bo‘lib, baquwat rivoj- langan o‘q ildiz tizimi 3—6 m gacha chuqurlikka kirib boradi. Poyasi egatchali, tukli, ichi kovak bo‘lib, kam shoxlanadi, bo‘yi 50 sm dan 120 sm gacha yetadi va bundan ortadi. Tupi yigik yoki yarim yoyilgan holda bo‘ladi. Barglari murakkab tok patsimon bo‘lib, ingichka bargchalari va sust rivojlangan pardasimon ikkita yon bargchalari bor. To‘pguli och yoki to ‘q pushti yoki qizil gulli uzun shingildir. Esparset asosiy turlarining belgilari 37-jadval Belgisi Vika bargli esparset (0. viciaefolia scop) Zakavkazye esparseti (O. antasiatica Khin) Qumloq esparseti (O. areneria DC) 0 ‘simlik tipi Kuzgi Bahorgi Bahori Poyasining bo'yi Uncha baland emas Ancha baland Uncha baland emas Poyasining mayinligi 0 ‘rtacha mayin, ichi yarim to‘la Mayin, ichi kovak Dag'al, ichi to‘la Bargchalari- ning shakli Ellipssimon, goho Tuxumsimon, uchi o‘tmas * Lansetsimon, deyarli nayzasimon Shingilining shakli lansetsimon tuxumsimon, uchi Naysimon, asosi ingichka, uchi o'tmas Duksimon, ingichka uchi o'tkir Gullagan shingilining zichligi 0 ‘tmas zich 0 ‘tmas sochoq Sochma Dukkaklari- ning yirik- maydaligi 0 ‘rtacha yirik, bo‘yi 6—8 mm O'rtacha va yirik, bo‘yi 6—8 mm Mayda, bo‘yi 4,5—5,5 mm kalta, goho o‘rtacha Dukkaklari- ning tishchasi Uzun yoki o‘rtacha uzun Yo‘q Uzun Mevasi yarim doira yoki burchakli shaklda bo‘ladigan bir urug'li dukkak, yuzasi turlangan, chatnamaydi. 1000 dona dukkagining vazni 20 g ga yaqin. Urug‘i loviyasimon shaklda, och jigarrang tusda. Esparset shartli ravishda urug‘ deb ataladigan dukkagidan ekib ko‘kar- tiriladi. Esparsetning shu uchala tunning bir-biridan farq qila- digan eng muhim belgilari 38-jadvalda keltirilgan. 0 ‘zbekistondagi lalmikor yerlarda esparsetning Milyutin- skiy-2 navi hududlashtirilgan. Milyutinskiy— 2 sobiq Milyutinskaya seleksiya stansiya- sida seleksiya yo‘li bilan chiqarilgan nav bo‘lib, Zakavkazye esparseti turiga kiradi. Tupi to ‘g‘ri o'sadi, bo‘yi 64 srn dan 100 sm gacha yetadi, o ‘rtacha 75 sm. 0 ‘rtacha shoxlaydi, o‘rtacha tuplanadi, poyasi o ‘rtacha dag‘al. Bargchalari cho‘ziq, tuxumsimon shaklda. Shingili sochoq, naysimon, 11—12 sm uzunlikda bo‘ladi va och pushti rangda gullaydi. Urug‘i o'rtacha yirik, tuxumsimon, och jigarrangda. Bu erta- pishar, qurg‘oqchilikka chidamli nav, nisbatan tez o'sadi, 1— 2 m arta o‘riladi. Bu nav Samarqand, Jizzax va Sirdaryo tumanlaridagi tekislik, tepalik va tog‘ oldi hududlaridagi lalmikor yerlarga ekish uchun hududlashtirilgan. 6.5. Qashqarbeda Ishning maqsadi va vazifasi: 1 Qashqarbedaning asosiy morfologik xususiyatlarini o‘r- ganish. 2. Qashqarbeda turlarini bir biridan farq qiluvchi belgilari bilan tanishish. 3. Qashqarbedani asosiy hududlashtirilgan navlari bilan tanishish. Uslubiy ko‘rsatmalar Qashqarbeda Melilotus turkumiga kiradi. Ko‘pchiligi yov- voyi holda o'sadigan 12 tur qashqarbedaning ikki turi-oq qashqarbeda (M. albus Ders) va sariq yoki dorivor qashqar beda (M. officinalis Desr) ekiladi va ishlab chiqarishda aha- miyatga ega. Pichan, ko‘kat oziq va silos uchun ishlatiladigan oq qashqarbeda ancha ko‘p ekiladi. Qashqarbeda qurg‘oq- chilikka, qishga va sho‘rga juda chidamli. Sibir, Qozog‘iston, Uralda va sho‘rxok tuproqli boshqa talaygina qurg‘oqchil hududlarda qashqarbeda qimmatli ekin o‘m ini bosishi mum- kin. O'zbekistonda ekilmaydi. Qashqarbeda ikki yillik o ‘simlik, lekin bir yillik xillari ham uchraydi. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yerga 1,5—2 m va unlan ham chuqurroq kirib boradi. Poyasi to‘g‘ri o ‘sadi, uch qo‘- shaloq bargchalari keng ovalsimon yoki yumaloq tuxumsi- mon, cheti arra tishli. Gullari mayda, oq, sariq rangda bo‘- lib, uzun shingillarga to ‘plangan. Mevasi bir urug'li dukkak bo‘lib, yuzasi burishgan tusda. 1000 donasining vazni 1,7— 1,9 g keladi. Qashqarbeda asosiy turlarining o‘ziga xos belgilari 38- jadvalda keltirilgan. Sariq_qashqarbeda'>Qashqarbeda asosiy turlarining belgilari 38-jadval Belgisi Oq qashqarbeda (M . albus Dasr) Sariq qashqarbeda (M . officinalis Desr) Bargchalarining shakli Keng ovalsimon Yumaloq tuxumsimon Gullarining rangi Oq Sariq Dukkaklarining shakli Ellipssimon Tuxum sim on Dukkaklarining yuzasi T o ‘rsimon burishgan K o‘ndalangiga burishgan Dukkaklarining yirik-maydaligi Yirikroq Maydaroq Dukkaklarining uchi Kalta o ‘tkir tum- shuqchasi bor Odatda urug'chisi tushib ketmay, saqlanib qolgan bo'ladi 6.6. Bir yillik dukkakli o‘tlar Ishning maqsadi va vazifasi: 1. Bir yillik dukkakli o‘tlarni umumiy tuzilish xusu- siyatlarini o‘rganish. 2. Bir yillik dukkakli o'tlarni turlari va guruhlari bilan tanishish. 3. Bir yillik dukkakli o'tlam i bir biridan farq qiluvchi belgilarini o ‘rganish. Uslubiy ko‘rsatmalar Eron sebargasi, ya’ni shabdar. Shabdar — Trifolium resupinatum L. bir yillik janub sebargalari jumlasiga kiradi. Poyasi 50—100 sm uzunlikda bo‘lib, qirrali, aksari ichi kovak, tuksiz, kuchli shoxlangan bo‘ladi. Ildizi o‘q ildiz, tuproqning haydalma qatlamida kuchli tarmoqlanadi. Barg lari murakkab, uch qo‘shaloq, bargchalari mayda teskari tuxumsimon, rombsimon, cheti o‘tkir tishchali. To‘pguli kallak ko‘rinishida kallaklari mayda ko‘p bo‘lib 30—40 ta guldan tashkil topadi va diametri 1—1,5 sm keladi, kallaklar yetilganda sharsimon shaklga kiradi. Gullari pushti, binafsha rang, och pushti, deyarli oq. Dukkaklari sharsimon, 1— 2 urug‘li bo‘ladi. Urug‘i sharsimon, har xil rangda. 1000 do- nasining vazni 1—1,5 g keladi. Shabdar 0 ‘zbekistonda sug'oriladigan yerlarda kam tar- qalgan bahorda va kuzda sof holda yoki bedaga aralashtirib ekiladi. Aleksandriya sebargasi, ya’ni bersim. Bersim— Trifolium akexandrinum L. Misrdan kelib chiqqan bo‘lib, bir yillik janub sebarlariga kiradi. Bersim bir yillik madaniy o ‘simlik. Ildizi o ‘q ildiz, yerga 1—1,5 m chuqur kiradi. Poyasi to ‘g‘ri o ‘sadi, bo‘yi 80—100 sm, mayin tuk bilan qoplangan, sershox. Barglari murakkab, uch qo‘shaloq, bargchalari cho‘- zinchoq, lansetsimon, cheti bir oz tishchali. To‘pguli uzun bandli cho'zinchoq yoki noksimon-oval shakldagi kallak. Gullari oq, pushti-oq rangda. Mevasi bir urug'li dukkak, tes kari tuxumsimon shaklda. Urug‘i yirik (sebarga urug'idan yirikroq), sariq rangda 1000 donasining vazni 3—3,5 g ga teng. 0 ‘zbekistonda bersim sholikor hududlarda sof holda yoki qizil sebarga yo bo'lmasa bedaga aralashtirib, kichikroq maydonlarga ekiladi. 6.7. G‘allasimonlar (boshoqdoshlar) oilasiga kiradigan o‘tlar. Ko‘p yillik va bir yillik g‘allasimon (boshoqdosh) o‘tIar , Ishning maqsadi va vazifasi: 1. G ‘allasimon o‘tlaming umumiy tuzilish xususiyatlarini o ‘rganish. 2. G ‘allasimon o'tlam ing turlari va guruhlari bilan tani- shish. 3. G'allasimon o'tlam ing bir biridan farq qiluvchi belgi- larini o'rgahish. 4. G ‘allasimon o‘tlarning hududlatirilgan navlari bilan tanishish. 5. Xashaki o‘tlar ko‘k massasi hosilini va uning tarkibini aniqlash. Uslubiy ko‘rsatmalar Ko‘p yillik g'allasimon o‘tlarga: ajriqbosh ( Phleum pratense L) ko‘p o‘rimli raygras ( Lolium multiflorum Lam) bo‘ychan raygras ( Arrhenaterum elatius M et k) oksuxta (Dactylis glomerata L) егкакоЧ (Agropyrum) va boshqalar kiradi. G ‘allasimon o'tlar bitta oilaga mansub bo‘lib, bir qancha umumiy belgilari bilan tavsiflanadi. Ildiz tizimi juda baquwat popuk ildiz bo'lib, butun hay- dalma qatlamga tarqaladi. Poyasi ichi kovak poxolpoya, bo‘yi 1 m gacha yetadi va undan ortadi. Juda ko‘p to'planadi. Bu o‘tlar cheksiz tuplana oladi. Tupi siyrak bo'ladi. Poyasi qishlab chiqqandan keyin o ‘sa boshlaydi va yoz bo‘yi o‘saveradi. 0 ‘tlarning poyasi (novdalari) uch xil: to ‘pgullari me’yorli rivojlanadigan unumdor poya, to'pgul chiqarmaydigan yoki to ‘pgullari rivojlanmay qoladigan cho‘ziq vegetativ poya va faqat barg chiqaradigan kalta vegetativ poya beradi. G ‘alla- simon o‘tlaming hammasi uchta biologik guruhga: kuzgi, yarim kuzgi va bahori o‘tlarga bo‘linadi. Kuzgi o ‘tlar uzoq yarovizatsiya bosqichini o‘tadi. Ekilgan yili faqat kalta poya chiqarib, ikkinchi va keyingi yillarda qishlab chiqqandan keyin unum dor poyalar va ko‘k barglari bir marta o'riladi. Oqso‘xta, o'tloqi suli shunday o‘simlik- lardir. Yarim kuzgi o‘tlaming yarovizatsiya bosqichini o'rtacha bo‘ladi. Bahorgi ob-havo sharoitiga qarab bu o‘tlar bir yoki ikki marta o‘riladi. ЕгкакоЧ shular jumlasidandir. Bahori o‘tlar yarovizatsiya davri qisqa o‘simliklar hisob- lanadi va davmi bahor-yoz mavsumida o ‘tkazadi. Shuning uchun ekilgan yili asosan generativ poya chiqaradi va keyingi yillarda 2-3 marta yaxshi o ‘riladi. Ajriqbosh, ko‘p o‘rimIi raygras, bo‘ydor raygras (fransuz raygras) shu guruhga kiradi. Ko‘p yillik g‘allasimon o‘tlarning urug‘i belgilariga ko‘ra bir-biriga juda o ‘xshaydi, shuning uchun ular qaysi turkum- ga kirishini urug‘iga qarab aniqlash juda qiyin. G ‘allasimon ba’zi o‘tlar urug‘ining tavsifi keltirilgan. Ko‘p yillik g‘allasimon o'tlardan O'zbekistonda ko‘p o ‘rimli raygras, bo‘ychan raygras, erkako‘t ahamiyatga ega va bir qadar diqqatga sazovor. Download 8.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling