0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi o. Yaqubjonov, S. Tursunoy
Download 8.86 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bixromat-sulfat kislota aralashmasi bilan ishlash usuli.
- Kungaboqaraing 0 ‘zbekistonda hududlashtirilgan navlari.
- 8.3. Maxsar Ishning maqsadi va vazifasi
- Uslubiy ko‘rsatmaIar Maxsar murakkabguldoshlar — Carthamus L. avlodiga kiradi. Carthamus
- 8.4. Kunjut Ishning maqsadi va vazifasi
- Uslubiy ko‘rsatmalar Kunjut kunjutsimonlar (kunjutdoshlar — Pedaliaceae ) oilasining Sesamum
- Kunjutning kenja turlari va tur xillarini aniqlash
- Susbp. bicarpellatum Hilt
- Uslubiy korsatmalar Moyli zig‘ir ham xuddi tolali zigir singari, madaniy zig‘ir — Linum usitatissimum
- Madaniy zig‘ir eng niuhim kenja turlarining belgilari 44-jadva
1. Timash usuli. Bu usulda har bir pistacha po‘stining eng och rangi qismining epidermisi va po‘kak pinset bilan kirib olinadi. Agar pistacha qalqoni bo‘lsa, bu holda uning ostidagi qora rangli qatlami ko‘rinadi, qalqonsiz bo‘lsa, bu qatlam bo‘lmaydi. 2. Bug‘lash usuli. Bu usulga qo‘ra, stakanchadagi pis- tacha ustiga qaynab turgan suv quyiladi. Suv sovigandan keyin qalqonli pistachalar to‘q rangli, deyarli qora tusga kiradi, qalqonsizlar esa oqarib, och kulrang bo‘lib qoladi. Qora va to‘q tusda bo'ladigan bir rangli pistachalar uchun bu usullar mos kelmaydi, chunki po‘choqning tashqi qat- lamidagi qora pigment qalqon qatlamining rangi bilan bir xil bo‘ladi. Shuning uchun kimyoviy yo‘l bilan tekshirish usulla- ridan foydalaniladi. Bulaming eng asosiysi quyidagi usuldir. 3. Bixromat-sulfat kislota aralashmasi bilan ishlash usuli. Bu usulga ko‘ra stakanchadagi pistachalar ustiga ular ko‘- milib turadigan qilib bixromat-sulfat kislota aralashmasi qo'yiladi. Bu aralashma hajm jihatdan 85 qism to‘yingan kaliy bixromat eritmasi bilan 15 qism konsentrlangan sulfat kislotadan iborat bo‘ladi. Uy haroratida 5—10 minutdan keyin pistachaning epidermisi bilan po‘kak ajralib chiqadi. Shunday qilib, kimyoviy yo‘l bilan ishlangandan keyin qal qonli pistachalar qorayib qolsa, qalqonsizlari rangsizlanib, oqarib qoladi. Qaysi usulda tekshirilmasin hamisha har bir 1000 donadan boMgandan 2 ta namuna olinadi. Tekshirish- dan keyin qalqonli pistachalar sanab chiqiladi va ulaming tahlil qilinayotgan pistachalar soniga nisbatan foiz miqdori topiladi. Mana shu foiz meva qalqonining miqdorini ko‘r- satadi. Kungaboqaraing 0 ‘zbekistonda hududlashtirilgan navlari. 0 ‘zbekistonda ekish uchun kungaboqarning Krasotka, HS- 8506 (MPK8506), Sambred 253, Luchafreul, Jahongir nav lari hududlashtirilgan. Krasotka. Fransiya seleksion duragayi. 2004-yildan Toshkent viloyatining sug'oriladigan yerlari- da asosiy ekish sifatida davlat ro‘yxatiga kiritilgan. Oddiy gibrid. 0 ‘simlikning bo‘yi o‘rtacha 150—160 sm. Bargi o'rtcha, yuraksimon tiniq yashil. Savati o‘rtacha- dan yirikkacha, zich, pastga egilgan. Urug‘i ovalsimon uzun- choq, qora, chetidagi chiziqlari kulrang. 1000 ta donning o'rtcha vazni 83,0—90,0 kun. Ertapishar. Vegetatsiya davri o‘rtacha 77—90 kun. 2000— 2004 sinov yillari o‘rtacha don hosildorligi Toshkent viloya- tida 29,6—31,2 sentnerni tashkil etdi. Duragay yotib qolish va to'kilishga chidamligigi 5,0 ball. Yuqori yog‘li duragaylar guruhiga kiradi, urug'ining yadrosidagi yog'i 60,0—65,0 %. Duragay LMR (lojnaya muchistaya rosa), oq va qora chirishga bardoshli. Duragayni donli va boshoqli ekinlardan keyin takroriy ekin sifatida ekish mumkin. H S —8506 (M P K —8506). Moldaviya dala ekinlari ilmiy tekshirish institutining seleksion duragayi. 2002-yildan Toshkent va Xorazm viloyatlarining sug‘o- riladiga yerlarida asosiy ekin sifatida davlat ro'yxatiga kiri- tilgan. Oddiy liniyalararo duragay. 0 ‘simlik bo‘yi 160—170 sm. bargi o‘rtacha yuraksimon. Savati o'rtacha kattalikda, zich, 450 egilgan. 1000 ta donning vazni 66,0—74,0 g. Yotib qolish va to ‘kilishga bardoshliligi 5,0 ball. Vegetatsiya davri 100—115 kun. O'rtacha don hosildorligi 20000—2004 sinoiv yillari gek- taridan 21,6—27,6 sentnerni tashkil etdi. Urug‘ining yadrosidagi yog‘ miqdori 48,9—52,0 %. Kungaboqar asosiy qishloq xo'jalik kasalliklari bilan kuchsizdan o ‘rtacha darajada zararlanishi mumkin. Sembred—254. Amerikaning seleksion duragayi. 2003-yildan asosiy ekin sifatida respublika bo‘yicha su- g'oriladigan yerlarida davlat ro'yxatiga kiritilgan. Oddiy liniyaaro duragay. Birlamchi urug'chiligini Molda- viyaning ekinlari ilmiy tekshirish institutida olib boradi. O'simlik bo‘yi 160—170 sm. Bargi o‘rtacha yuraksimon. Savati o ‘rtacha kattalikda, zich, 450 egilgan. 1000 ta donining vazni 74,5 g. Vegitatsiya davri 102—105 kun. 0 ‘rtacha don hosildorligi gektaridan 20,4—30,2 sentnerni tashkil etadi. Yotib qolish va to‘kilishga chidamli. Yuqori yog‘li dura- gaylar guruhiga kiradi, urug‘ining yadrosiga yog‘ miqdori 63,0-65,0 %. Duragay LM R (lojnaya muchnistaya rosa), oq va kulrang chirishga bardoshli. Luchaferul. Moldaviya dala ekinlari ilmiy tekshirish ins titutining seleksion duragayi. 2003-yildan respublika bo'yicha sug‘oriladigan yerlarida asosiy ekin sifatida davlat ro'yxatiga kiritilgan. 0 ‘simlik bo‘yi 140—160 sm. Bargi o‘rtacha, yuraksimon, yashil. Savati o‘rtacha kattalikda, pastga egilgan. Urug‘i o ‘rtacha kattalikda, ovalsimon uzunchoq qora, chiziqchalari kulrang. 1000 ta donining vazni 60,0—75,0 g. Yotib qolish va to'kilishga bardoshli. Vegitatsiya davri 100—110 kun. 0 ‘rtacha don hosildorligi 20000—2004 sinov yillarida Toshkent viloyatida gektaridan 22,5—24,1 sentnerni tashkil etdi. Yuqori yog‘li duragaylari guruhiga kiradi, urug'ining yadrosidagi yog‘ miqdori 52,0—54,7 %. Kungaboqarning asosiy qishloq xo‘jalik kasaliklariga: LMR (lojnaya muchnistaya rosa) oq va kulrang chirishga bardoshli. Jahongir. 0 ‘zbekiston o'simlikshunoslik ilmiy tekshirish institutiinng seleksion navi. Nav (k-Uz007085 A 502 Turkiya) kollekson namuna- sidan guruhlab yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Amanova М., Rustamova A., Xodjava P. 2006-yildan Samarqand, Toshkent viloyatlarining sug‘o- riladigan yerlarida davlat reyestriga kiritillagn. 0 ‘simlikning bo‘yi o'rtacha 140—160 sm 0 ‘simlikning poyasi o‘rtacha tuklangan. Burgi yuraksimon shaklda. 0 ‘rtacha tuklangan. Savatchasi zich. Diametri 250—30 sm, pastga egilgan. Urug‘lari qora to ‘q kulrang ko'rinishda, o‘rtacha katta likda. 1000 ta donning vazni o‘rtacha 70,0—78,0 0 g. O'rtaertapishar. Toshkent-viloyatida 98—108 kunda yeti- ladi. 0 ‘rtacha hosildorgligi sinov yillarida gektaridan 19,2— 22,0 — sentnerni tashkil etdi. Sinov yillarida nav qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasha- rotlari bilan zararlanmadi: (soxta un shudring) oq va kulrang chirish. Donidagi yog‘ miqdori 58%, oqsil miqdori 19 %ni tash kil etadi. 8.3. Maxsar Ishning maqsadi va vazifasi: 1. Maxsaming morfologik xususiyatlarini o‘rganish. 2. Maxsaming asosiy hududlashtirilgan navlari bilan tani shish. 3. Maxsami o ‘sish va rivojlanish bosqichlarini o'rganish. Uslubiy ko‘rsatmaIar Maxsar murakkabguldoshlar — Carthamus L. avlodiga kiradi. Carthamus avlodi ko‘pchiligi bir yillik bo‘lgan 19 ta tum i o‘z ichiga oladi, shulardan faqat bittasi-qurg'oqchilik hududlarida ekiladigan C. tinctorius L madaniydir. 0 ‘zbekis- tonda maxsar qurg‘oqchilikka juda chidamli o‘simlik sifatida urug‘ olish hamda pichan, ko‘k va silos vazni uchun barcha zonalardagi lalmikor yerlarga ekiladi. Madaniy maxsar bir yillik o‘t o'simlik, ildizi o‘q ildiz bo‘lib, baquw at rivojlanadi va juda tarmoqlanadi, yerga 2 m gacha va undan ham chuqur kirib boradi. Poyasi tik o‘sadi, dag‘al, oq rangda, juda ko‘p shoxlaydi bo‘yi 40—90 sm. Poyasi pastidan boshlab uchigacha yoki yuqori yarmidan boshlab shoxlaydi. Barglari bandsiz, tuksiz, qalin, lansetsimon, lansetsimon- oval, ellissimon bo‘lib, cheti tishli yoki tekis qirrali tikanli yoki tikansiz. Poyasi va yon shoxlarining uchidagi barglar maydalashib borib, to'pgulining tashqi barg o‘ramasiga ayla- nadi. To'pguli diametri 1,5—3,5 sm keladigan kichikroq savatcha bo‘lib, ovalsimon tuxumsimon shaklda, ko‘p gulli va ko‘p urug‘li, tikanli yoki tikansiz. Bitta savatchada o ‘rtacha 30-70 ta pistacha bo'ladi. Savatcha o'ram a barglar bilan zich o'ralib turadi, shunga ko‘ra pistacha yetilganda savatchadan to‘kilib ketmaydi. Yetilganda savatcha sariq-qo‘ngir tusga kiradi. Bitta o ‘simlikda 15—20 taga yaqin savatcha bo‘ladi. Gullarining hammasi ikki jinsli, besh bo'lakli naysimon gultoj chiqaradi, ko‘pincha zarg‘aldoq yoki sariq, goho qizil va oq bo‘ladi. Changchisi beshta, tugunchasi bir uyali bo‘lib, uzun ustunchasi bilan tumshuqchasi bor. Mevasi kungaboqar pistachasiga o‘xshash pistacha. Rangi oq tuksiz, yaltiroq, to‘rt qirrali-oval shaklda bo'lib, asosi tomon torayib boradi. Pistachasining po'sti (po‘chog‘i) qat- tiq, odatda qalqonli, qalin. Po‘chog‘i pistacha vaznining 50— 60 % ini tashkil etadi. 1000 donasining vazni 40—50 g keladi. Maxsarning Milyutinskiy— 114 navi 0 ‘zbekistonda ekish uchun hududlashtirilgan. Milyutinskiy—114. Milyutin davlat seleksiya stansiyasi ( 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti)ning selek sion navi. O'simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituti kollek- siyasining kelib chiqishi, Misrga oid bo‘lgan namunadan, ko‘p marotaba tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualliflar: Momot Ya.G. 1950-yildan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari bo‘yi- cha davlat ro‘yxatiga kiritilgan. 0 ‘simlikning balandligi 60—70 sm, kam shoxlaydi, shox- lari poyada yig‘iq joylashgan. Savati gumbazsimon, dumaloq. Doni oq, cho'zinchoq, qovurg‘alari aniq bilinadi. Savatidagi don soni 30—40 dona. 1000 ta donining vazni 40,0—43,0 g. Nav tezpishar, vegetatsiya davri 95—120 kun. Lalmikor yerlarda o‘rtacha don hosildorligi gektaridan 11,0—14,0 sent- ner. Donidagi yog‘ miqdori 31,6 %, yadrosida 59,1 %. Qur- g'oqchilikka bardoshli. Mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. 8.4. Kunjut Ishning maqsadi va vazifasi: 1. Kunjutning morfologik xususiyatlarini o‘rganish. 2. Kunjutning asosiy hududlashtirilgan navlari bilan tani- shish. 3. Kunjutni o‘sish va rivojlanish bosqichlarini o'rganish. Uslubiy ko‘rsatmalar Kunjut kunjutsimonlar (kunjutdoshlar — Pedaliaceae ) oilasining Sesamum avlodiga kiradi. Sesamun avlodining 19 ta turidan madaniy kunjut yoki Hind kunjut -Sesamum indicum L. eng ko‘p ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p ekiladi. 0 ‘zbekistonda kunjut juda qadimdan ekib kelinayotgan ekinlaming biridir. U sug‘oriladigan yerlarda ko‘pincha ang'izga ekiladi. Kunjut tog‘ oldi lalmikor zonalarida diq- qatga sazovordir. Madaniy kunjut bir yillik o‘t o'simlik. Ildizining yuqori qismi yo‘g‘onlashgan o ‘q ildiz bo'lib, yerga 120 sm chuqur kirib boradi va talaygina yon shoxlar chiqaradi. Poyasi tik o‘sadi, 4 yoki 8 qirrali bo‘ladi, bo‘yi sug‘ori- ladigan yerlarda o ‘rtacha 100—110 sm. lalmikor yerlarda 50- 60 sm ga yetadi, yashil tuk bilan qalin yoki siyrak qoplangan. Poyasi ko‘sakchalar bo‘lmagan pastki qismidan shoxlanib, yuqoriga qarab o ‘sadigan 4—6 ta uzun shox chiqaradi. Shox- larining soni 10—12 tagacha yetishi mumkin, kam shoxlanadi (2 ta shox chiqaradigan) yoki mutlaqo shoxlamaydigan shakllari ham bor. Barglari bandli, yakka-yakka yoki qarama-qarshi joylash- gan, tukli. 0 ‘simlikning pastki qismidagi barglar butun, o‘rta qismidagi barglari esa uning naviga qarab butun yoki plas- tinkasi kertilgan bo‘ladi. Poyaning yuqori qismidagi barglar odatda lansetsimon bo'ladi. Guli yirik, kalta bandli bo‘lib, barglar qo‘ltig‘idan bitta- dan yoki uchtadan chiqadi, shunga qarab kunjutning bir gulli va uch gulli shakllar farq qilinadi. Gullari beshlamchi tipda tuzilgan. Gultojisi besh bo‘lakli, tojibarglari bir-biriga qo'shi- lib, o'sgan, naysimon, ikki labli, bo'g'zi qavariq. Gultojining rangi pushti va binafsha rangdan oq ranggacha bo‘ladi. Bu kunjutning shakliga bog'liq. Changchisi beshta bo'lib, bular- ning bittasi odatda rivojlanmaydi. Tugunchasining uzun ustunchasi va to'rt bo'lakli tumshuqchasi bor. Mevasi cho'ziq shakldagi yassi ko'sakcha tukli. Ko'sak- chasi 2 yoki 4 ta mevali bargdan tashkil topgan, bularning cheti ichkariga qayrilib, soxta to'siq hosil qiladi. Kunjutning ayrim shakllarida, soxta to ‘siqlar chala rivojlangan bo'ladi yoki mutlaqo bo'lmaydi, ochiladi. Ko‘sakchalar yetilganda chatnab ketadi, tavaqalari ochiladi. Bu holda ko‘ndalang to‘siqlar chala rivojlangan bo'lsa yoki umuman bo‘lmasa, urug‘i oson to ‘kilib ketadi. Lekin to‘siqli ochilgan ko'saklar yuqori tomonini pastga qilib ag'dariladigan bo'lsa, urug'i bemalol to'kiladi, chunki ko'sakning urug'chi bargidagi har bir uyaning usti ochiq bo'ladi. Hozir kunjutning ko'sak- chalari yopiq turadigan shakllari bor. Ko'sakchasi to'rt yoki sakkiz uyali, bo'yi o'rtacha 4 sm, eni 0,9 sm atrofida. Bitta o'simlikda 20 tadan 100 tagacha ko'sakcha bo'ladi. Kunjutning urug'i mayda, yassi, tuxumsimon shaklda bo'lib, bo'yi 2,7—4 mm, eni 1,9 mm. 1000 donasining vazni 2 g dan 5 g gacha, o'rtacha 3 g keladi. Urug'ning rangi ko‘- pincha och yoki jigarrang tusda, goho oq yoki qora bo'ladi. Kunjutning kenja turlari va tur xillarini aniqlash M.V.Gildebrandning so'nggi tasnifiga muvoflq madaniy kunjut asosiy kenja turga bo'linadi, shu kenja turlardan har birining tavsifli xususiyatlari quyidagilar kiradi: /. Susbp. bicarpellatum Hilt ko'sakchasi ikkita urug'chi baig, to'rtta uyadan tashkil topgan bo'lib, ko'ndalang kes- mani to'g'ri to'rtburchak shaklida, gultojisi bir-biriga qo‘- •. shilib o'sgan beshta tojibargdan iborat, kosachasi besh bo‘- lakli. Urug'chisining tumshuqchasi ikki pallali. Bu kenja tur eng ko'p tarqalgan. O'zbekistonda ekiladigan navlari shu kenja turga kiradi. 2. Subsp. quadricarpellatum Hilt. ko‘sakchasi to‘rtta urug‘chi, barg sakkizta uyadan iborat bo‘lib, ko‘ndalang kesmasi kvadrat shaklida. Gultojining kosacha barglari va tojibarglari beshtadan ko‘p. Urug'chisining tumshuqchasi to‘rt palli. Bu kenja tur Yaponiyada keng tarqalgan. 0 ‘zbekistonda kunjut necha asrlardan beri ekilib keli- nayotgani uchun xilma-xil jaydari navlari bor, bu navlar ertapisharligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, sermoyliligi, so‘lish kasalliklarga chidamliligi va hokazolar kabi xo'jalikda qim-matli bo‘lgan belgilarga ega. Jaydari navlar orasida ertapi-sharligi jihatidan Xorazm va Xiva kunjutlari, so‘lish kasallik-lariga chidamliligi jihatidan Farg‘ona vodiysi kunjutlari alo-hida o‘rinda turadi. Kunjutni seleksiya yo‘li bilan chiqarilgan navlardan Tashkentskiy—122 navi ekiladi. Tashkentskiy—122. Butun ittifoq o'simlikshunoslik insti tuting 0 ‘rta Osiyo filioali 0 ‘simlikshunoslik ilmiy tekshirish instituning seleksion navi. Mahalliy navdan yakkalab tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Mualilflar: Popova G.M., Venslavovich F.S. 1942-yildan respublika bo‘yicha davlat ro‘yxatiga kiri- tilgan. 0 ‘simlik baland bo‘yli, sug‘oriladign sharoitda 150 sm gacha, lamikor yerlarda 100 sm doni o'rtacha yiriklikda, jigarrang. 1000 ta donining vazni 3,0—35 g. Poyasi shoxlangan, yig‘iq, yaxshi barglangan. 0 ‘rtcha don hosildorligi sug‘oriladigan yerlarda gekta- ridan 1,0—17,5 sentner. Nav o‘rtakechpishar. Sug‘oriladigan sharoitda 125-126 kun, lalmikorlikda 100—110 kunda pishadi. Donidagi yog‘ miqdoir 50—61,1% doni to ‘kilishga bardoshli, qurg‘oqchilkka chidamli. Nav qishloq xo‘jalik kasaliklari va hasharotlariga chidamli. 8.5. Moyli zig‘ir 2 Moyli zig'irning tur va kenja turlarini o'rganish. 3. Moyli zig‘irning asosiy hududlashtirilgan navlari bilan tanishish. a Uslubiy ko'rsatmalar Moyli zig‘ir ham xuddi tolali zig'ir singari, madaniy zig‘ir — Linum usitatissimum turiga kiradi. Moyli zig‘ir 0 ‘z- bekistonda lalmikor yerlarda ekiladi. Moyli zig'ir yillik o‘t o‘simlikdir. Ildiz tizimi o‘q ildiz tipiga kiradi, lekin tolali zig'ir ildizga qaraganda ancha yaxshi rivojlanadi. Poyasi ingichka, naysimon bo‘lib, lalmikor yerlarda bo‘yi 20 sm dan 50 sm gacha yetadi, sershox. Yon shoxlari poyasining asosidan yo bo‘lmasa yuqori yarmidan chiqadi. Barglari mayda, bandsiz bo‘lib, shaklan tolali zig‘ir barg- lariga o'xshab ketadi. To'pguli, guli, ko'sakchasining tuzilishi tolali zig‘ir shu organlarining tuzilishidan hech qanday farq qilmaydi. Lekin guli bilan ko'sakchasi birmuncha yirik bo‘- lishi mumkin. Moyli zig‘iming urug‘i yo mayda yoki birmuncha yirik bo‘ladi. Bu zig‘ir juda sershox bo‘lganligidan ko‘p ko‘sakcha hosil boMadi va shunga ko‘ra ancha yuqori hosil olinadi. Moyli zig‘ir poyasidan sifatsiz hamda tolali zig‘irga nisbatan kam tola olinadi.Moyli zig‘iming juda sershox shakllaridan mutlaqo tola olinmaydi. Moyli zig‘ir urug‘i tarkibida moy ko‘p bo‘lib, 42—45 % gacha yetadi. Madaniy zig‘irning juda ko‘p xilma-xil shakllari bor, ular talaygina morfologik va biologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Zig‘iming tadqiqotchi E.V. Volf taklif etgan so‘n- gi tasnifiga ko‘ra L. usitatissimum turi beshta kenja tuiga: Hind-Yefiopoiya, Hind, Yevroosiyo, o‘rta dengiz kenja tur- lari va oraliq kenja turga bo‘linadi. Birinchi ikki kenja tur bizda ekilmaydi, shuning uchun ulaming ahamiyati yo‘q va diqqatga molik emas. Quyida qolgan uchta kenja tumi (E.V. Volf tasnifi bo'yicha) qisqacha tavsiflaymiz. Yevroosiyo kenja turi — subsp. eurasiaticum Vav.et Ell. mayda urug‘li zig'irlar jumlasiga kiradi, uning shakllari MDX davlatlarida eng ko‘p tarqalgan. U tola hamda urug‘ olish uchun ekiladi. O 'rta dengiz kenja turi — subsp. mediterranium Vav. et Ell. yirik u ru g ii zig‘ir shakllaridan bo'lib, o‘rta dengiz atrofidagi mamlakatlarida tarqalgan. Oraliq kenja tur — subsp. transitorium Ell. Bu zig‘irning shakllari urug‘ining yirik-maydaligiga ko‘ra Yevroosiyo va 0 ‘rta dengiz kenja turlari o‘rtasida oraliq o'rinni egallaydi. Bu kenja tur Ukrainaning janubida, Qrim, Zakavkazyeda, Rostov tum anida va Qozog‘istonda birmuncha ko‘p ekiladi. Quyidagi 44-jadvalda zig‘ir kenja turlarining bir-biridan farq qiladigan belgilar keltirilgan. Madaniy zig‘ir eng niuhim kenja turlarining belgilari 44-jadva, O'simlikning Evroosiyo kenja O'rta dengiz Oraliq kenja qism lari turi kenja turi tur Gulining Mayda, Yirik, to ‘liq, Yirik va 0 ‘r diametri, mm ochilgan ochilgan tacha, to ‘la 15-24 25-31 ochilmagan 2 2-24 Ko'sakchalari- Mayda Yirik 0 ‘rtacha ning bo‘yi, mm 6 ,1 -8 ,3 8,5-11,1 7,3-9,4 Eni, mm 5,7-6,8 7,6—8,5 6 ,9 -7 ,5 Urug'ning Mayda Yirik O'rtacha bo‘yi, mm 3,6-4,9 5,6-6,2 4,3-5,5 Eni, mm 1,8-2,4 2 ,8—3,1 2,1—2,7 1000 donasi- ning vazni, g 2 ,1 -6 ,2 10-13 6 ,9 -9 ,3 Madaniy zig‘irning kenja turlari bir qancha morfologik belgilariga, ekologik va boshqa xususiyatlari ko‘ra guruhlarga, guruhlar esa tur xillariga bo‘linadi. Amalda zig‘ir tur xilla- rining beshtasi ahamiyatga ega, shulaming to‘rttasi Yevro osiyo kenja turiga kiradi. Tolali zig'irlar poyasi to ‘g‘ri o ‘sadigan va faqat uchidan shoxlaydigan bo‘ydor o‘simliklardir. 0 ‘simlikda ko'saklar kam bo'ladi (to liq ma’lumot olish uchun tolali zig‘irga qarang). Bu zig‘irlar asosan tola olish uchun ekiladi. Oraliq kenja turga kiradigan zig‘irlar bo‘yi o‘rtacha 50— 70 sm gacha yetadigan o'simliklar bo‘lib, poyasining asosida 2—4 ta yon shox chiqaradi yoki poyasi yuqorigi yarmidan shoxlaydi. Bular sershox bo‘Iganligi tufayli ko‘sakchalaming soni tolali zig‘imikidan birmuncha ortiq bo‘ladi. Ular asosan moy olinadigan urug‘ uchun ekiladi. Chiqindisidan ya’ni poxolidan tola olinadi. Kalta tolali (moyli) zig‘ir bo‘yi 30—50 sm keladigan past bo'yh o'simlikdir, ko‘p shoxlaydi, ko‘p ko‘sakcha tugadi. Undan yuqori urug‘ hosilni olinadi. U faqat urug‘idan moy olish uchun ekiladi. Yer bag‘irlab o‘suvchi zig‘irlar. Bu zig'irlarning poyasi gullaguncha yer bag'irlab o‘sadi, keyinchalik, gullash oldin- dan ko‘tariladi. Shunda tupining shakli shamdonga o ‘xsha qoladi. 0 ‘simligining bo‘yi o'rtacha boMadi. Bu zig‘iming shakllari yarim kuzgi bo‘lib, Abxaziya bilan Ozarbayjonda kuzgi ekin tariqasida ozroq ekiladi. Yirik donli zig‘irlar bir qancha belgilari bilan o‘rtacha tolali (oraliq) zig‘irlarga o'xshab ketadi, lekin urug‘i bilan ko‘sakchalarining birmuncha yirik boMishi bilan ulardan farq qiladi 0 ‘simlikni bo‘yi 55—70 sm bo‘lib, odatda bir poyali shakllar hisoblanadi. Bu zig‘irlar oraliq zig‘ir kenja turiga kiradi, lekin o‘rta dengiz kenja turiganing shakllariga kiritish ham mumkin. Ular asosan urug‘ va moy olish uchun ekil- di. Zig'irning yuqorida aytib o'tilgan beshta guruhining qiyosiy tavsifi quyidagi 45-jadvalda keltirilgan. 0 ‘zbekistondagi moyli zig‘irning jaydari navlari asosan kalta tolali zig‘irlar jumlasiga kiradi. Ular past bo‘yli, sershox boMganligi uchun hosilini kombaynda o‘rib-yig‘ib olish mumkin emas. Bular qurg‘oqchilikka chidamli va serhosil navlar hisoblanadi. Lalmikor yerlarda o‘rtacha tolali zig‘ir ekish mumkin. Masalan, lalmikor yerlarda ekish uchun hu- dudlashtirilgan yagona Baxmalskiy—1056 navi ana shunday o‘rtacha tolali zig‘irdir. Download 8.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling