0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni


Download 3.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana02.02.2018
Hajmi3.71 Kb.
#25787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27

7,5  ming m ’
Molxonalarda (har bir bosh 
uchun)
115  l/sut
Cho'chqaxonalarda (har bir bosh  uchun)
234  l/sut
1  ta  mol  go'shtini  qayta  ishlashda
500
1  kg sarig'  yog'  ishlab chiqarishda
10
1  tonna qand  ishlab chiqarishda
100
Dunyo  bo'yicha  bir  yilda  kishi  boshiga  o‘rtacha  30  m 3  suv 
ishlatadi.  Uning  1  m 3  ichish  uchun  sarflanadi.  B a’zi  bir 
mamlakatlarda  1 kishiga yiliga bor-yo‘g ‘i 2 m3 suv to ‘g‘ri keladi. 
Sanoatda suv  xomashyo, erituvchi, issiqlik tashuvchi va boshqa 
m aqsadlarda  ishlatiladi.  Juda  k o ‘p  sanoat  korxonalarida, 
jumladan, metallarni qayta ishlash. mashinasozlik, koks kimyosi, 
issiqlik elektr stansiyalarida suv sovutkich sifatida ishlatiladi. Suv 
issiqlik  tashuvchi  sifatida  ishlatilganda  ifloslanmaydi,  biroq 
xomashyo  jihozlarni  sovitish  uchun  ishlatilganda  suv  turli  xil 
moddalar bilan  ifloslanadi.
Kimyo  va  neft  kimyosi  zavodlarida  suv  erituvchi  sifatida 
mahsulotlar  tarkibiga  kiradi.  Natijada  bu  korxonalarda  suv 
mexanik  aralashmalar  va  kimyoviy  moddalar  bilan  ifloslanib 
oqava  suvlar  hosil  qiladi.  Kimyo,  qog‘oz  ishlab  chiqarish  va 
gidroliz  zavodlarida,  shuningdek,  yengil  va  oziq-ovqat  sanoati
www.ziyouz.com kutubxonasi

korxonalarida ham ko‘p miqdorda ifloslangan oqava suvlar hosil 
boMadi.  Hozirgi  vaqtda  eng  ko‘p  ishlatilayotgan  sintetik  sirt 
aktiv moddalar ham suv havzalarini ifloslantiradi.  Bu moddalar 
xokjalik  ehtiyojlari  uchun  ishlatiladigan  suvlarga  va  hatto  
ichimlik  suvlariga  ham  aralashib  qolmoqda.  Buning  yomon 
tomoni  shundaki,  agar moddalar daryo  suvlariga  tushib qolsa, 
suvning  o ‘z-o‘zini  tozalash jarayoniga  salbiy  ta ’sir  ko‘rsatadi. 
Hamma  sintetik sirt faol  moddalar 3  ta sinfga  boMinadi.  Bular: 
sulfanatlar va ularning tuzlari, ionogen boMmagan moddalar va 
katio n  ak tiv   m o dd alard ir.  S u lfa n a tla r  sintetik  sirt  faol 
m oddalam ing  asosini  tashkil  etadi.  Bularga  alkilsulfatlar, 
sulfanollar,  monoalkilsulfanat  kislotalarining  tuzlari  kiradi. 
Ionogen  boMmagan  m oddalar  sanoatda  ishlab  chiqarilgan 
barcha  sirt  faol moddalaming faqat  10  foizini  tashkil  etadi.  Bu 
m oddalar  yuvish  mahsuloti  sifatida  kam  ishlatiladi,  biroq 
sanoatda  keng  qoMlaniladi.  K ationaktiv,  sirt  faol  m oddalar 
sanoatda  ishlab  chiqarilgan  yuvuvchi  moddalaming  juda  oz 
qismini  tashkil  etadi.  U larni  faqat  dezinfeksiya  qiluvchi 
moddalar  sifatida  ishlatish  mumkin.  Suv  havzalariga  sirt  faol 
moddalar har xil yoMlar bilan  tushib qolishi mumkin.  Masalan, 
turmushda sirt faol moddalar vositasida tayyorlangan  sovunlar 
ishlatiladi, qishloq xo‘jaligida bu moddalar ishtirokida  pestitsidni 
eritish  uchun  emulsiya  tayyorlanadi.  Bir  kecha-kunduzda  har 
bir kishi  o ‘rtacha  2,5  g sirt  faol  modda  ishlatadi.  Agar har  bir 
fu q aro   b ir  k ech a-k un d u zda  125-350  litr  suv  ish la tsa, 
xo‘jaliklardan oqib chiqayotgan oqava suvlar tarkibida 3-4 mg/ 
1  sirt  faol  m o d d a lar  hosil  boMadi.  Bu  suvlarga  sa n o a t 
korxonalaridagi  oqava  suvlar  ham  q o ‘shilib,  sh ah ard an 
chiqadigan  oqava  suvlar  tarkibida  o ‘rtacha  5  mg/1  sirt  faol 
m oddalar  hosil  boMadi.  Sanoat  korxonalaridan  chiqadigan 
oqava suvlar tarkibida har xil sirt faol va yuvishda ishlatiladigan 
sun’iy moddalar juda  ko‘p  boMadi.  Masalan,  to‘qimachilik  va 
jun  va  hayvon  terisiga  ishlov  beruvchi  zavodlarda  hosil 
boMadigan oqava suvlar tarkibida sirt faol moddalaming miqdori 
5-50  mg/1  dan  200  mg/1  gacha  boMadi.Suvlarning  sano at 
korxonalari  tom onidan  ifloslanishi  sanoat  korxonasining 
texnologik jarayonlariga, xomashyo va energiyadan foydalanish 
koMamiga  bogMiq  holda juda  xilma-xil  va  murakkabdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

3.4.  Ifloslangan suvning  inson salomatligiga ta’siri
T a b iiy   suv lar  ta r k ib id a   65  ga  yaqin  m ik ro e le m e n tla r 
a n iq la n g an   boMib,  u lardan  20  tasi  insonlar,  jo n iv o rla r  va
0
‘simliklar  hayoti  uchun juda  zarur.  Ular  tirik  organizmlar  va 
o ‘simlik  t o ‘qimalarida,  shuningdek,  hayvonlar  tanasida  faol 
m o d d a la r   bilan  birikib,  m uhim   biokimyoviy  ja r a y o n la r d a  
q a t n a s h a d i l a r .  T irik  o r g a n iz m la r   h a y o ti,  a yn iqsa,  inson 
salomatligi  uchun  mis,  rux,  yod,  marganets,  kobalt,  temir  kabi 
m ikroelem entlar  ham da  kalsiy,  kaliy,  natriy,  fosfor  singari 
kimyoviy  elementlar  nihoyatda  zarur.  Lekin  bunday  makro  va 
mikroelementlar tirik organizmlar uchun juda oz miqdorda kerak 
boMadi.  Shuning  uchun,  u larning  m e ’yorini  bilish  m uhim  
aham iyatga  ega.  Bu  m o d dalar  organizmga  suv,  oziq-ovqat 
mahsulotlari  bilan  kirib,  uning  elementlarga  b o ‘lgan  ehtiyojini 
qondirib turadi. Agar makro va mikroelementlar organizmlarda 
yetishmasa,  turli  kasalliklar  kelib  chiqadi.  M asalan,  inson 
organizmida  yod  elementi  m e’yor  darajada  boMmasa  buqoq 
kasalligi, kalsiy va ftor elementi yetishmasa tishlarning «kariyes» 
kasalligi  kelib  chiqadi.  Aksincha,  kalsiyning  m e’yordan  k o ‘p 
boMishi  bu y rak d a   tosh  hosil  boMishiga,  ftor  esa  «flyuroz» 
kasalligining kelib chiqishiga sabab  boMadi.
Suv ta’sirida organizmda sodir boMadigan jarayonlarni tasaw ur 
qilish uchun suvning tirik organizmlar uchun ahamiyati to‘g ‘risida 
qisqacha to ‘xtalib o ‘tamiz.  Yer yuzida yashovchi har qanday tirik 
mavjudot massasining asosiy qismini suv tashkil qiladi. Shuningdek, 
balog‘at  yoshiga  yetgan  kishilar tana  og‘irligining yarmidan  ko‘p 
qismini suv tashkil qiladi. Yosh ulg‘ayib borishi bilan inson tanasida 
y o g ‘  t o ‘planishi  tezlashib,  suv  m iq d o ri  k a m a y a   b o ra d i. 
Organizmdagi suvning 70% i protoplazmalar to‘qimasida, 7% i qon 
tomirlarida (qon plazmasini hosil qiladi), 23% i to ‘qimalami yuvib 
turish  uchun  sa rf  boMar  ekan.  O vqat  hazm  qilish  ja ra y o n i 
organizmning  suv  muhitida  kechadigan  asosiy  funksiyalaridan 
biridir.  Suv  har  qanday  oziq-ovqat  mahsulotini  erituvchi  zarur 
eritma  hamdir.  Suv  bilan  birgalikda  ozuqa  moddalar  (oqsil, 
uglevodlar, yogMar, mineral tuzlar) oshqozonga va ichakka so‘riladi 
va  qon  tarkibiga  o ‘tadi.  Qon  bilan  esa  organizm  bo‘ylab  teng 
tarqaladi.  Suvni  organizmdan  chiqarib  yuboruvchi  muhim  yo ‘l
www.ziyouz.com kutubxonasi

buyrak orqalidir. Buyrak orqali odam organizmidan sutkasiga  1000 
litr qon bilan birga suvning yarmi ham o ‘tadi. Bu yerda qon keraksiz 
moddalardan  tozalanadi.  Bu  moddalarni  esa  organizmning  turli 
a ’zolaridan  suv  olib  keladi.  Odam  organizmida  ro‘y  beradigan 
murakkab jarayonlardan so‘ng suvning bir qismi siydik orqali chiqib 
ketadi.  Shuning  uchun  ham  olimlar  tomonidan  suv  va  undagi 
kimyoviy  m o d d ala m in g   inson  organizmiga  t a ’siri  masalasi 
qadimdan ko'tarilib kelgan. Chunki, suvning kimyoviy tarkibi turli 
kasalliklar kelib chiqishida asosiy rolni o ‘ynaydi.
Hozirgi kunda aksariyat ishlab chiqarish korxonalarida toza suv 
k o ‘p  m iq d orda   ishlatilib,  yaxshi  to zalan m asdan  ochiq  suv 
havzalariga tashlanishi oqibatida suv havzalaridagi tabiiy suvning 
kimyoviy tarkibi o ‘zgarib ketmoqda.  Bu hoi aholi orasida  turli xil 
kasalliklarning  tarqalishiga  olib  kelmoqda.  Keyingi  yillarda  olib 
borilgan  tadqiqotlar  tabiiy  suvlar  tarkibida  suvning  qattiqlik 
ko‘rsatkichini belgilovchi kalsiy va magniy tuzlari bilan birga yana 
12  ta  element  -   berelliy,  bor,  kadmiy,  kaliy,  natriy  va  boshqa 
elementlar  doim  birga  uchrashi,  ular  o ‘rtasida  korrelyatsion 
bogMiqlik  borligini  ko‘rsatadi.  Qattiqlik  xususiyatiga ega  boMgan 
suvdan k o ‘p iste’mol qilinganda organizmda, aniqrogM, odamning 
o ‘t va siydik qopida, siydik yo‘lida, shuningdek, buyragida toshlar 
paydo boMadi. Aholi o‘rtasida suv orqali boMadigan va yuqadigan 
kasalliklarning  kelib  chiqishida  ichimlik  suvlari  tarkibidagi  azot 
girbidlar va  azot nitratlar indikator rolini  o ‘ynaydi.  Bu moddalar 
bilan zaharlangan kishilarda quvvatsizlik, rangsizlik kabi alomatlar 
kuzatiladi.  Odatda  nitratlar qonda metgemoglabin  hosil  qilniasa- 
da, dispepsiya, disbakterioz kasalliklari ta’sirida azot nitratlar azot 
nitritlarga  aylanadi,  nitratlarning  ichaklarda  so‘rilishi  qondagi 
metgemoglabin miqdorini oshirib yuboradi.
Keyingi  yillarda  gigiyenistlar  e ’tiborini jalb  etayotgan  omil 
nitrozaminlar boMib,  ular sanoatda  keng qoMlaniladi.  Ular suv 
havzalarida ham, tabiiy holda ham inson organizmida sintezlana 
oladi.  N i t r o z a m i n l a r   rak  k asallig in i  t u g ‘diruvchi  faol  -  
k o n s e ra g e n   m o d d a   boMib,  s u v d a   yaxshi  eriydi.  U l a r  
sug‘oriladigan  yerlardan  suv  havzalariga  quyiladi  va  tarkibida 
ushb u  m o d d a l a r   m avju d  boMgan  s u v la r d a n   f o y d ala n is h  
natijasida  ular  inson  organizmiga  o'tadi.
no
www.ziyouz.com kutubxonasi

Hozirgi kunda aholini gigiyena talablariga javob beradigan toza 
ichimlik  suvi  bilan  ta ’minlash,  insonlar  salomatligini  muhofaza 
qilishning asosiy omillaridan boMib qolmoqda. Aholini toza ichimlik 
suvi bilan ta ’minlash, suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklardan 
asrash  va  suvning  kimyoviy  tarkibining  o'zgarishidan  kelib 
chiqadigan  zaharlanishlaming oldini  olish  muhim  ahamiyat kasb 
etadi.  Suvning  sifati  va  tabiiy  holatining  buzilishi,  ular  tarkibida 
yuqumli  kasalliklar  q o ‘zg‘atuvchi  mikroorganizmlar  va  gijja 
tuxumlarining  hamda  turli  kimyoviy  m oddalar  miqdorining 
ko'payib ketishi albatta inson salomatligiga ziyon yetkazadi. Xavfli 
yuqumli  kasalliklar ichburug4,  gepatit, qorin  tifi,  paratif, diarreya 
kabi  kasalliklarning  kelib  chiqishiga  suv  asosiy  rol  o'ynaydi. 
Tarixdan m a’lumki, bir qator mamlakatlarda suv orqali tarqalgan 
vabo va turli oshqozon-ichak kasalliklaridan ko'plab odamlarning 
yostig‘i  qurigan.  Masalan,  1971-yilda  Meksikada  ichterlama 
epidemiyasiga  100  ming  kishi  chalingan,  ichburug'  kasalidan  esa 
15 ming kishi halok boMgan.  Suv havzalarida vabo vibrioni, vabo, 
ichterlama, ichburug' mikroblarining ko'payishi aholi orasida aynan 
shu  kasalliklarning  tarqalishiga  sabab  boMadi.  Keyingi  paytlarda 
ichak  kasalliklari,  sariq,  polimilit  va  boshqa  kasalliklarning 
tarqalishida  suv  tarkibidagi  viruslarning  roli  k a tta   ekanligi 
aniqlangan.  Chunki,  ular suv  muhitida  uzoq  muddat  yashashlari 
mumkin (13-jadval).
13-jadval
Baktcriyalarning suv manbalarida yashash muddatlari (kunlar)
Bakteriyalar nomi
Vodoprovod
suvida
Daryo
suvida
Quduq
suvida
Ichak  tayoqchalari
2 - 2 6 2
21  -   183
-
Ichlerlanm  baktcrivalari
2 - 9 3
4 - 4 8 3
1 5 - 1 0 7
D izenteriva  mikrobi
1 5 - 2 6
1 9 - 9 2
-
V abo  v ibrioni
4 - 2 8
0 5 - 9 2
1  - 9 2
Tulyarcm iya  (kuydirgi) 
mikrobi
92  к ungacha
731
12  6 0
Brusellvoz
2 -8 5
-
4 -1 2 2
www.ziyouz.com kutubxonasi

A ja b la n a r l i s i   s h u n d a k i,  ich a k   k a s a l l ik l a r i n i   k e ltir ib  
chiqaruvchi  m ikroblar  tashqi  muhitning  m urakkab   omillari 
t a ’sirida  o ‘z g a rib ,  o 'z i n i n g   k a s a llik   k e ltir ib   c h iq a r is h  
xususiyatlarini  yanada  orttirmoqda.  O'zbekistonda  suv  orqali 
tarqaladigan ichak kasalliklarining 70—80%i hovuz, ariq va kanal 
suvlarini ichish, 8-13% i kanal va katta ariq suvlarida cho'milish, 
5—8%i  ifloslangan  quduq  suvlaridan  iste’mol  qilish  natijasida 
s o d ir   b o 'l m o q d a .   B u n d a y   k a s a l l ik l a r   g o h o   y e ta r li c h a  
zararsizlantirilm agan  vodop ro v od   suvlarini  ichishdan  ham 
yuqishi mumkin. Juda k o'p kanalizatsiya suvlari tozalanmasdan, 
axlatlar  zararsiz  holga  keltirilmasdan  ochiq  suv  havzalariga 
tash lan ishid an  daryo  suvlari  m ik ro b la r  m ak on iga  aylanib 
bormoqdaki, bu hoi tegishli shoshilinch choralar ko'rishni taqozo 
etadi.
Xullas,  suv  orqali  bir  qancha  xavfli  yuqumli  kasalliklar 
tarqalishi  mumkin.  Ichimlik  suvlarini  zararli  oqava  suvlardan, 
chiqindilardan  va  boshqa  iflosliklardan  tadb irk orlik  bilan 
himoya  qilish,  suv  orqali  yuqadigan  ko'p lab  kasalliklarning 
oldini olish imkonini beradi.
T o za   ich im lik   suviga  q o ‘y ila d ig a n   ta la b la r. 
Suv  sifatini 
s ta n d a r tl a s h   suv  iste ’mol  qilish  tufayli  kelib  c h iq a d ig a n  
kasalliklarning oldini olish imkonini beradi. Suv sifatiga bo'lgan 
standart talablarining bajarilishiga sog'liqni saqlash muassasalari 
m a s ’uldirlar.  Suv  sifatiga  b o 'lg an   talab  m e ’yorlarini  ishlab 
chiqish  uzoq  G ip p o k r a t  d a v rid a n   boshlangan.  XYIIT  asr 
o 'r t a l a r i d a   M .L o m o n o s o v   va  L av u aze,  sh u n in g d e k ,  o 'z  
zam on asida  Abu  Ali  ibn  Sino  suv  orqali  kelib  chiqadigan 
kasalliklar to'g'risida o'z fikrlarini bildirib, ichimlik suvi qanday 
bo'lishi  kerak  degan  savolga  jav ob   izlaganlar.  XX  asrning 
o'rtalariga kelib gigiyena va fiziologiya sohasida qo'lga kiritilgan 
fan yutuqlaridan kelib chiqib, ichimlik suvining 28-74-45 raqamli 
davlat standard ishlab chiqilgan.  1945-yilda ishlab chiqilgan bu 
standart  suvning  m urakkab  m oddalar  va  bakteriyalar  bilan 
ifloslanishini  hisobga  olib  1954-yilda qayta  ko'rib chiqildi.  Suv 
tarkibidagi  nitritlar,  tindiruvchi  koogulyantlar,  flokulyantlar,
n Q rcb i  т л Н Н я Ь г   m p ’v n r l a r i n i   t a i п’Ь я 1 я г  v n ‘ li  b il a n
*1“ ' 
------------ ----- ------------ j — ...... - 
j -
  --  ------
hal etilishi, mavjud davlat standartini o'zgartirishni taqozo qildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Shunday qilib,  1973-yilda 28-74-73 raqamli navbatdagi standart 
ishlab  chiqildi.  Hozirgi  k un d a   tu rli  o 'z g a rtir is h la r   bilan 
t o 'l d i r i l g a n   28-74-82 
« I c h im lik   suvi»  va  27-61-84 
«Markazlashgan xo'jalik ichimlik suvi t a ’minoti manbalari» deb 
nom lanadigan  Davlat  standartlari  qabul  qilingan.  28-74-82 
«Ichimlik  suvi»  Davlat  standard  bo'y icha  ichimlik  suvining 
k im y o v iy (1 4 - ja d v a l), 
b a k t e r i o l o g i k ( l  5-ja d va l) 
va 
organoleptik(16-jadval)  tarkibi  ham da  uning  xususiyatlariga 
t a ’sir etuvchi(17-jadval)  me’yorlar  ishlab  chiqilgan.
14-jadval
Ichimlik suvining kimyoviy tarkibi bo‘yicha me’yorlari

Kimyoviy  m oddalar
M e’yo rlar m g/litr(gacha)
1
Qoldiq alyuminiy
0,5
2
Berilliy
0,0002
3
Molibden
0,25
4
Margimush
0,05
5
Nitratlar
45
6
Qoldiq  poliakrilamid
2
7
Q o4rg‘oshin
0,03
8
Selen
0,001
9
Stronsiy
7,0
10
Ftor
0,7-1,5
15-jadval
Ichimlik suvining bakteriologik tarkibi bo‘yicha me’yorlar
Yillar
Suv
sathi,
m etr
Suv
hajm i,
km3
Suv 
egallagan 
maydon- 
ming km2
Dengizning 
qurigan 
maydon i, 
ming km 2
Orol bo4yiga keluvchi 
suvlar miqdori, km 3
Amu­
daryo
Sirdaryo
Umumiy
1960
53,00 1062,00
66.09
-
37,9
21,0
58,90
1989
39.33 354,00
38,40
27,03
1,00
4,40
5,40
1990
38.51 323,00
36,40
29,04
9,00
3,50
12,50
1991
37.75 299,00
34,80
31,32
12,5
4,00
16,50
1992
37,26 286,00
33,90
32,31
28,9
4,60
33,50
1993
36,94 278,00
33.90
33.02
18,8
7.90
26,70
1994
36,94 278,00
33.30
33.02
21,7
8.90
30,60
1995
36,11 250,00
32,30
33,80
5,1
5,20
10,30
1996
35,48 230,00
26,70
34,50
7.46
5,10
12,56
2004
31,0
1 15,0
21,9
45,0
-
-
-
www.ziyouz.com kutubxonasi

16-jadval
Ichimlik suvining orgonoleptik  xususiyatlari bo‘yicha me’yorlari

K o ' r s a t k i c h l a r
Me’yorlar
1
200°C  va 600°C  isitilgandagi  suv  hidi, ball
2  gacha
2
200°C da suvning m azasi,  ball
2  eacha
3
Suvning rangi,daraja
20  eacha
4
S uvning loyqaligi,  slandarl b o ‘yicha  mg/1
1,5  gacha
17-jadval
Ichimlik suvining organoleptik xossalariga ta’sir etuvchi 
ko‘rsatkichlar  bo‘yicha me’yorlari

K o ‘ r s a t k i c h l a r
Me’yorlar
1
rN  ko'rsatkichi
6,0 -9 ,0
о
Tem ir,  mg/1
0?3  gacha
3
Suvning um um iy qattiqligi,  mg/ekvl
7  gacha
4
M arganets.  mg/1
0,1  gacha
5
M is,  mg/1
0,1  gacha
6
Q oldiq  poli fosfat lar (RO   3-4), mg/1
3,5  gacha
7
Sulfatlar
500 gacha
8
X loridlar,  mg/l
350 gacha
9
Q uruq  qoldiq,  m g'I
1000  sach a
10
Rux,  m e/l
5,0 gacha
Ichimlik  suvining jadvallarda  keltirilgan  ko'rsatkichlaridan 
tashqari,  sanoat  korx o nalarid an ,  qishloq  x o'jalik  yerlarini 
sug'orishdan  va  kommunal  xo'jaliklardan  chiqadigan  oqava 
suvlar tarkibidagi  moddalaming  ham  ruxsat  etilgan  m e’yorlari 
ishlab  chiqilgan  va  ro'yxatga  olingan.  Hozirgi  kunda  bunday 
kimyoviy moddalar soni  800  dan  ortiq.
3.5. Oqava suvlar va ularni tozalash usullari
Har qanday ishlab chiqarish korxonasida suvdan foydalanish 
ozmi-ko'pmi ikkita muhim vazifani yechishni taqozo etadi.  Bular 
suv  sarfini  kamaytirish  va  asosiy  texnologik  jarayonga  t a ’sir 
ко  rsaimagan  uuiua  suvniiig  tozcilik  dcirujciSini  oshirishdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ishlab chiqarish  korxonalari  uchun  suvdan  foydalanishning 
oqilona  sxemasini  ishlab  chiqish  suv  t a ’minoti  balansini  analiz 
qilishdan  boshlanadi.  Bu quyidagicha  amalga oshiriladi:
•  texnologik jarayon uchun ishlatiladigan toza suv miqdorini 
aniqlash;
•  foydalaniladigan suv sifatiga qo'yiladigan talablami bilish;
•  oqava  suvlarning  miqdoriy  va  sifat  xarakteristikalarini 
aniqlash;
•  tozalash  qurilmalarining oqava  suvlarni  tozalagungacha 
va  tozalangandan  keyingi  ishini analiz qilish;
•  korxonaning suvdan foydalanish sxemasini analish qilish.
Yuqorida  sanab  o'tilgan  tadbirlar  asosida  ishlab  chiqarish
korxonalari suv ta ’minotining yopiq yoki shunga yaqin sxemasi 
tuziladi.
O q a v a   s u v la rn i  turli  xil  c h i q i n d i l a r d a n   t o z a l a s h d a  
q o 'lla n ila d ig a n   usul,  ish latilad igan  jihoz  va  q u rilm a larn i 
tanlashda  tozalash  qurilmasining  zamonaviy  texnologiyaga 
mutanosibligini va tozalash qurilmasining foydali ish ko'rsatkichi 
darajasini e’tiborga olish muhimdir.  Chunki suvni chiqindilardan 
tozalashda  uning  fizik-kimyoviy  hossalarini,  sifat  va  miqdor 
ko'rsatkichlarini va tozalash qurilmasi ishlaganda oqava suvlar 
sarfini  bilish  m uhim   a h a m iy a tg a   ega.  K o 'p c h ilik   s a n o a t 
korxonalaridan chiqadigan oqava suvlarning tarkibi va ulaming 
tozalash  qurilm asida  tozalash  uchun  uzatiladigan  miqdori 
doimiy,  y a ’ni  o'zgarmasligi  bilan  xarakterlanadi.  Lekin,  b a ’zi 
texnologik  j a r a y o n la r d a   oqava  suvlarning  y u q o rid a   aytib 
o'tilgan  xususiyatlarini  qisqa  vaqt  davomida  o'zgarib  turish 
h o l a t la r i   h a m   b o 'l i b   tu r a d i ,  bu  esa  o 'z   n a v b a t i d a   ish 
ko'rsatkichini keskin kamaytirib yuborishi yoki qurilmaning bir 
m e’yorda ishlashini butunlay izdan chiqarishi mumkin. Masalan, 
m etall  yuzalarga  termik  ishlov  berish,  kimyoviy  sexlardan 
chiqadigan  tasodifiy  tashlandiqlarning  oqava  suvlarga  kelib 
quyilishi oqibatida ular tarkibidagi zararli og'ir metallar miqdori 
keskin oshishiga olib keladi. Shuningdek, yog'in-sochinlar tufayli 
hosil  b o 'lgan  oqava  suvlar  ham  tozalash  qurilmasiga  kelib 
tushadigan  suv  miqdorini  keskin  oshirib  yuboradi.  Bunday 
h o lla rd a   to z a la s h   q u r ilm a s in in g   bir  m e ’y o r d a   ishlashini 
t a ’minlash  uchun, albatta, chiqindi miqdorini yoki oqava suvlar
www.ziyouz.com kutubxonasi

sarfini  o'rtacha  holatga  keltirish  kerak,  b a ’zi  hollarda  ikkala 
k o 4rsatkichdan  ham  foydalanishga  t o ‘g ‘ri  keladi.  0 ‘rtacha 
holatga  keltirish  tarkibi  va  miqdori  turlicha  boMgan  oqava 
suvlarni  m a ’lum  n i s b a tla r d a   a ra la s h tirish   o rq ali  am alga 
o s h irila d i.  B u n in g   u c h u n   a w a l   t o z a l a s h   q u r il m a s ig a  
aralashtirgich  o ‘rnatilib,  uni  tanlashda  va  hisob-kitob  qilishda 
asosan  oqava suvning xususiyatlariga e ’tibor beriladi.
Oqava suvlarni tozalashning bir necha usullari mavjud va ular 
turlicha  tavsiflanadi.  Tozalash  inshootlari  qurishda  avvalo, 
oqava  suvlardagi  m o d d ala r,  ularning  m iqdori  va  agregat 
holatlariga e ’tibor  beriladi.
Oqava  suvlarni  qattiq  zarrachalardan  tozalash. 
Aksariyat 
k o r x o n a la rd a n   c h iq q a n   o q av a  su vla rd a   q a ttiq   zarra ch a li 
moddalar  k o ‘p  boMadi.  Ular  fikrlash,  tindirish  va  to ‘rlardan 
o ‘tkazish usulida tozalanadi. OMchamlari 25 mm. gacha boMgan 
zarrachalar bilan ifloslangan oqava suvlarni tozalash uchun ular 
suzgichdan o ‘tkaziladi. Suzgichlar metall simlardan tayyorlanadi. 
Ulaming teshiklari 25 mm. ga teng boMib, kollektorlarga vertikal 
yoki  60-70°  gorizontal  holatda  joylashtiriladi.  Bunda  oqava 
suvlarning  tezligi 0,8-1,0 m/sekunddan  oshmasligi  kerak.
Tindirish.
  Bu  usul  s u y u q lik la rd a   q a tt iq   z a r r a c h a l a r n i  
tindirishga  asoslangan.  Bunda  bir-biriga  yopishmaydigan,  o ‘z 
shakli va oMchamlarini o ‘zgartirmaydigan zarrachalarning erkin 
cho‘kishi  tushuniladi.  Erkin  cho‘kish  qoidasi  1  m 3  oqava  suv 
tark ibid a  2,6  k ilo g ram m gach a  q a ttiq   z a rra c h a la r  boMgan 
h o lla rd a   ta d b iq   etiladi.  O qava  suvlar  ta rk ib id a g i  q a tt iq  
zarrachalarning cho‘kish tezligini aniqlash tindirish inshootlarini 
qurishda muhim  ahamiyatga  ega.  Oqava  suv  tarkibidagi qattiq 
zarrachalarni  markazdan  qochma  kuch  hosil  qiluvchi  asboblar 
yordamida  tozalash  uchun  ikki  xil  sentrafugadan  foydalanish 
mumkin.  Agar oqava suvlar tarkibida mayda qattiq zarrachalar 
miqdori uncha k o ‘p boMmasa,ular fikrlash yo‘li bilan tozalanadi. 
Suvni fizik-kimyoviy va biologik usul bilan tozalangandan keyin 
ham   ularn i  ayrim   m ex a n ik   a r a la s h m a la r   bilan  ifloslanib 
qolishining  oldini  olish  uchun  filtrlanadi.  Suvlarni  bu  usulda 
tozalashda  ikki  xil  fikrlardan foydalaniladi.  Bunda  donador va 
g‘ovak materiallardan tayyorlangan fikrlar ishlatilishi mumkin. 
Donador  fikr  sifatida  kvarsli  qum,  shag4al  va  mayda  shlak  va
www.ziyouz.com kutubxonasi

boshqalardan  foydalaniladi.  Ular  bir  qavatli  va  k o 4p  qavatli 
b o ‘lishi  mumkin.
Download 3.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling