01 Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari 02
Download 1.58 Mb.
|
javlonbek. makroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Boshqarish strukturasining mazmuni
Tayyorladi: Sharipmurodov Javlonbek Fan: Menejment va marketing. Mavzu:Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari. Reja: Boshqarish strukturasining mazmuni 01 Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari 02 Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari. 03 l 04 Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega. 1. Boshqarish strukturasining mazmuni1. Boshqarish strukturasining mazmuni"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob'ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi. Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo`g’inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma`lum bo`g’inlar yig’indisidir. Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan o`zaro bog’langandir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling