01 Informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi faniga kirish 02


informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli


Download 1.4 Mb.
bet3/4
Sana22.10.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1715886
1   2   3   4
Bog'liq
fxf6UuYYIHRPtMRJyznIUr9vhglNjf01oazPJe4Z

informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;
informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;

Informatika o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni.

Informatika o‘qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni.


Informatika va axborot texnologiya fanlarni o‘qitishda ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilaridan tinimsiz o‘qish, izlanish va o‘z ustida ishlash talab qilinadi. Qolaversa, har qanday darsning samarasi uning natijasi, ya’ni o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi, lekin bu natija ko‘p jihatdan dars o‘tuvchi shaxs-o‘qituvchining tayyorgarligiga va uning qo‘llayotgan texnologiyalariga ham bog‘liq.
Dars o‘tuvchi o‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’limning samarasini ta’minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‘qituvchi ham psixologik, ham fani bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim.

O‘qituvchi auditoriyani ko‘rishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerak

O‘qituvchi auditoriyani ko‘rishi, his qilishi, u bilan birga ishlashi kerak


Ana shunda o‘zini kamchiliklari, dars o‘tishda qo‘llayotgan uslubi to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini tez ilg‘ab oladi. O‘z ishiga ijodiy yondashish, undan tashqari o‘quvchilar hayotini yaxshi bilish, ularni qiziqtiradigan masalalarni yechishga yordam beradi
Bir so‘z bilan aytganda, metodika o‘qituvchi uchun chuqur, qiziqarli, tushunarli tarzda bilim berish asosidir
O‘qituvchi darsni zerikarli bo‘lmasligiga harakat qilishi, o‘z ma’ruzasiga o’quvchi ko‘zi bilan ham qarashi lozim.
METODIKA VA UNING VAZIFASI.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta’lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Metodologiya esa (yunon. metod va logiya so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limotdir.
Metodika, qisqacha qilib aytganda, ma’lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish metodlari to‘g‘risidagi ta’limot.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling