01 Operatsion faoliyat Investitsion faoliyat


Download 1.29 Mb.
bet2/5
Sana06.10.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1693930
1   2   3   4   5
Bog'liq
MBR 58 Xalqaro Moliyaviy Xisobot

Pul oqimlari turi

Kirimi va chiqimi

Operatsion faoliyat

– Tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;

– Royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;

– Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib byeruvchilarga pul to‘lovlari;

– Xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

– Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

– Soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar, agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa;

– Savdo yoki dillerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

– Boshqalar

Investitsion faoliyat


Investitsion faolivat - bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, hamda ulardan olingan daromadlarni aks ettirish bilan bog'liq faoliyatdir. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo'ladigan pul mablag'larining kirimiga quyidagilar misol bo'lishi mumkin:
  • asosiy vositalarni, nomoddiy va o'zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi;
  • boshqa sub'ektlarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo'shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari ;
  • uzoq muddatli moliyaviy qo'yilmalardan olingan dividend va foizlar ko'rinishidagi pul tushumlari ;
  • boshqa taraflarga berilgan bo'naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari(moliyaviy muassasalarga berilgan bo'naklar va kreditlardan tashqari);
  • flyuchers va forvard bitimlari, svop bitimlar bo'yicha pul tushumlari, ular diller yoki savdo maqsadlariga mo'ljallangan holatlar bundan mustasnodir yoki to'lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
  • boshqalar ;

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling