01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
НОГШ
-325 gorizontal uzluksiz tindirgichli sentrifuga (98-rasm). Sentrifugalarning asosiy qismi bо’lib 3 korpusga gorizontal holda joylashgan kesik konus shaklidagi 4 rotor hisoblanadi. Rotor ichida qattiq chо’kmani bо’shatuvchi 1 teshiklarga uzatish uchun 2 shnek joylashgan. Tozalash uchun moy 5 ta’minlash trubasi orqali kirib keladi, keyin esa 8 oynalar orqali rotorning ichki bо’shlig’iga chiqarib tashlanadi. Markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq chо’kma rotor devorlariga chо’kadi va shnek orqali rotorning tor qismidagi 1 bо’shatish teshigiga uzatiladi. Chо’kma 9 qabul bо’limda yig’iladi. Tozalangan moy konusning asosiga harakatlanadi va 6 tuynuk orqali 7 moy yig’ish bо’limida yig’iladi. Qattiq chо’kmani ajratish, tushurish, moyni bо’shatish jarayonlari uzluksiz davom etadi. Shnek rotor bilan bir tomonga aylanadi, lekin uning aylanish tezligi rotornikidan 1% ortda qoladi. Bu esa chо’kmani rotor barabanining ichki yuzasi bо’ylab majburiy harakatlanishiga sharoit yaratadi. Shnekli tindirgich sentrifugalarning kamchiliklariga chо’kmani harakatlantirish uchun elektroenergiya sarfining yuqoriligi, chо’kmani maydalanib ketishi va moyni havo bilan kontaktining mavjudligi kiradi. 212 98-rasm. НОГШ-325 gorizontal uzluksiz tindirgichli sentrifuganing texnologik sxemasi. 1-bо‘shatish teshigi, 2-shnek, 3-korpus, 4-rotor, 5-ta’minlash trubasi, 6-tuynuk, 7-yig‘ish bо‘limi, 8- oynalar, 9-chо‘kmani qabul qilish bо‘limi. НОГШ -325 gorizontal uzluksiz tindirgichli sentrifuganing texnik tavsifi Unumdorligi, t/soat......................................................2,0 Elektrodvigatel quvvati, kVt.........................................7 Rotorning aylanish tezligi, min -1 ...................................2500;3000;5500 Shnekning nisbiy aylanish tezligi, min -1 ........................16,5; 20; 23,5 Gabarit o’lchamlari, mm..............................................1512x1465x320 Og’irligi,kg..................................................................722 Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling