224
Manometr – bosimni o’lchash asbobidir.
Mashina deb – xom ashyoga mexanik ta’sir etib, uni shakli, o’lchami va boshqa
fizik parametrlarini o’zgartiradigan va bunda mahsulotni xususiyatlari o’zgarmay
qoladigan qurilmaga aytiladi.
Nasos - dvigatelning mexanik energiyasini suyuqlik oqim energiyasiga
aylantiruvchi uskuna.
Neytrallash – kislota (erkin yog’ kislotalari) va asoslarning (NaOH yoki KOH)
ta’sirlashib tuz va suv hosil qilishi bo’lib, Н
+
va ОН
-
ionlari o’rtasida boradigan
neytrallash reaktsiyasiga asoslangan. Neytrallizator- o’simlik moylarni ishqor bilan
rafinatsiyalash qurilma.
Oqartirish–o’simlik moylarni oqartiruvchi tuproqlar bilan rafinatsiyalash
(tozalash) jarayon.
Plastiklik (yunon. plastikos – haykalga yaroqli, yumshoq) – mexanik kuch
ta‘sirida qattiq jismlarning qaytmas deformatsiyalanish xossasi.
Pnevmotransport – truboprovodda materiallarni gaz oqimi yoki siqilgan gaz
vujudga keltiradigan bosim ta’siri ostida harakatlanishidir.
Quvvat – ishning shu ish bajarilgan vaqt oralig’iga nisbatiga teng bo’lgan
energetik tavsif.
Rafinatsiyalash – oziq–ovqat mahsulotlarini qo’shimchalardan tozalash.
Reaktor – muayyan sharoitda reagentlarning kimyoviy o’zgarishlarini amalga
oshirish uchun apparatdir.
Regeneratsiya (tiklash, qayta tug’ilish) – texnik materiallar (surkov moylari,
erituvchilar, katalizator)ni dastlabki xossalarini tiklash.
Separatsiya - dispers sistemalarni fazalarga ajratish jarayoni. Separator –
separatsiya o’tkazish uchun apparat bo’lib, masalan, sutdan moy ajratishda
qo’laniladi.
Shrot - ekstraktordan chiqayotgan yog’sizlantirilgan mahsulot.
Sochiluvchanlik – alohida urug’lar va urug’ qatlamlarini qiya yuzada
ko’chirishda harakatchanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |