01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Yog’larni gidrogenlash – suyuq moylardan qattiq yog’ olish jarayoni bo’lib, 
bunda, suyuq moy katalizator (nikel, mis, palladiy)lar ishtirokida vodorodni biriktirib, 
to’yingan kislota qoldiqlarini hosil qiladi va qattiq yog’ga aylanadi. Gidrogenlangan 
yog’larga sut, tuxum, sariyog’ va boshqa mahsulotlar qo’shib margarin olinadi. 
Filtr – qattiq va suyuq fazali har xil jinsli sistemani g’ovak to’siqlar (filtrlash 
to’siqlari)dan o’tkazib tarkibiy qismlarga ajratadigan, quyo’ltiradigan yoki 
tindiradigan qurilma. 
Filtr-press – eruvchan filtrlash to’siqqa ega bo’lgan, ortiqcha bosim ostida 
ishlaydigan filtr. 
Forsunka – suyuqliklarni sachratib beruvchi qurilma. 
Gidratlanish – moddalarinng suv bilan birikishidir. Gidratlanishga ionlar 
ko’proq moil bo’ladi. ionlar qutbli molekulalarni biriktirib oladi, natijada 
gidratlangan ionlar hosil bo’ladi. 
Gidrolizparchalanish, bu tuz ionlari bilan suv orasida bo’ladigan va odatda 
kuchsiz elektrolit (kuchsiz kislota, kuchsiz asos va asosli yoki kislotali tuz) hosil 
bo’lishiga olib keladigan o’zaro ta‘sirlardir. Gidroliz apparat – o’simlik xom ashyosi 
gidrolizini o’tkazish uchun vertikal silindrik apparat. 
Gomogenlash – sistemaning bir jinsliligini ta’minlovchi jarayonlar va uslublar 
to’plamidir. Gomogenizator- bu jarayonni amalga oshirish uchun qurilma. 
Injektor – maxsus nasos bo’lib, gaz va bug’larni siqish uchun mo’ljallangan 
bo’ladi, hamda suyuqliklarni apparatlar va rezervuarlarda siqish uchun qo’llaniladi. 
Jihozlar 
– 
texnologiyaviy 
sxemani 
tashkil 
etuvchi 
apparatlar 
va 
kommunikatsiyalardir. 
Kamera – maxsus ish uchun belgilangan yopiq hajmli qurilma. 
Kondensator (lot. condenso – zichlayman, quyuqlashtiraman), issiqlik 
texnikasida – moddalarni gaz (bug’) holatdan suyuq yoki kristall holatga 
o’tkazadigan issiqlik almashtirgich. 



Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling