221
GLOSSARIY
Aerodinamik xususiyatlari – urug’larning havo oqimida harakatlanish
xususiyatlari.
Adsorblanish (lot. ad –ustida, yonida va sorbeo – yutaman) – bu suyuqlik yoki
qattiq jism sirtida boshqa moddalarning yig’ilish xossasidir. Suyuqlik yoki qattiq jism
sirtida
boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari yig’ilishi adsorblanish
deyiladi. Umuman moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbtsiya
deyiladi.
Adsorbent (sorbent) – o’z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yo’tadigan
moddadir. Barcha g’ovak moddalar adsorbent vazifasini bajara oladi. (Masalan,
faollantirilgan ko’mir, silikagel va bosh.).
Adsorbentlar – yuqoridispersli tabiiy yoki su’niy moddalar bo’lib,
ularning
yuzasida adsorbtsiya hodisasi – gaz yoki suyuq aralashmalarni atrof muhitdan
yutilishi ro’y beradi.
Adsorber – adsorbtsiya o’tadigan qurilmaning asosiy apparati.
Agent – sistemaga kiritiladigan va unda
muayyan jarayonni keltirib
chiqaradigan oddiy modda, kimyoviy birikma yoki moddalar aralashmasidir;
-isituvchi agent – qizdirish uchun ishlatiladigan agent;
-sovituvchi agent – sovitish uchun ishlatiladigan agent;
Agregat – bir necha struktur yoki texnologik birlikka ega bo’lgan qurilma.
Agregativ holat – moddalarning gazsimon, suyuq va qattiq holatlariga aytiladi.
Apparat deb – xom ashyoga ta’sir etib unda kimyoviy, fizikaviy, biokimyoviy
va agregat holatini o’zgartiradigan qurilmaga aytiladi.
Apparat – texnologik jarayonni amalga oshirishda qo’llaniladigan qo’rilma.
Aktivlangan ko’mir
- qazib olingan toshko’mir yoki pista ko’mirdan smolali
moddalarni
ketkazib, tarmoqlangan g’ovak to’r hosil qilish yo’li bilan olinadi.
Aktivlangan ko’mir gazlarni tozalashda, adsorbent va eltuvchi katalitik qo’shimchalar
sifatida, sanoatda moylar, sharbat va boshqa mahsulotlarni
zararli moddalardan
tozalashda ishlatiladi.