01 умичт ўқув қул
Chaqilmani qobiq va mag’izga (fraktsiyalarga) ajratish
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalari (semenoveyka).
5.4.Chaqilmani qobiq va mag’izga (fraktsiyalarga) ajratish Chaqish mashinadan chiqayotgan mahsulot - rushanka bir necha fraktsiyalardan iborat: mag’iz, po’choq (luzga, sheluxa), butun urug’, chala chaqilgan urug’ (nedorush), sechka. Shu sababli rushanka tarkibiy qismlarga – fraktsiyalarga ajratiladi. Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalarini tanlashda aralashmaning tarkibi va fizik xossalari e’tiborga olinadi. Rushankani separatlashda tarkibiy qismlari o’lchamlarning farqi, elektrofizik xossalari, zichligi, ishqalanish koeffitsienti, aerodinamik xossalariga asoslangan usullar qo’llaniladi. Chaqilmani fraktsiyalarga ajratish uskunalari (semenoveyka). Kungaboqar rushankasi tarkibiy qismlarga elash va havo oqimi yordamida mag’izni ajratadigan M1C-50 va M2C-50 tipidagi aspiratsiya qurilmasida (38-rasm) ajratiladi. Bunday mashina alohida uzatma yordamida ishlaydigan qismlardan: elak (rassev) ( 37-rasm) va aspiratsiya kamerasidan tashkil topgan. Elaklar kamerasining korpusi 1 yog’och quti shaklida bo’lib, u ikkita qismga bo’lingan. Har bir qismida ikki qatorli uchtadan 3…5 0 qiyalikda 4 elaklar joylashgan bo’lib, ularning tagida 3 po’lat tagliklari o’rnatilgan, 7 ekstsentrik mexanizmi yordamida elaklar aylanma harakatga keltiriladi. Elak ko’zlarini o’lchamlari 37- rasmda keltirilgan. Qurilmaning ikkinchi qismida aspiratsiya kamerasi bo’lib, u oltita alohida kameralarga (А,Б,В,Г,Д,Е) bo’lingan. Har bir kamerada havo oqimini boshqaradigan 23 shiber va mag’izni luzgadan ajratadigan 14 plastinalar bor. 80 Kameraning ustki qismiga ta‘minlovchi o’rnatilgan, undan pastga beshta novalar joylashgan bo’lib, ular yordamida havo oqimi boshqariladi. Novalarni holati va uning alohida plastinkalari orasidagi oraliqni o’zgartirish orqali rushankaning harakat tezligi boshqariladi, bu o’z navbatda qobiqdan mag’zini yaxshi ajralishini ta‘minlaydi. Novi ustiga tushgan rushanka sochilib ikkinchi novga o’tadi, shu vaqtda ventilyator tomonidan so’rib olnayotgan havo oqimiga duch kelib uning tarkibidagi nisbatan yengil bo’lgan qobiq havo oqim tomon harakatlanib og’irligi va o’lchami bo’yicha cho’ktirish kameralariga tushadi va qurilmadan chiqariladi. Shunday harakatlanishi natijasida rushanka tarkibidan ajralgan mag’iz pastga tushib qurilmadan chiqariladi. Chaqilgan urug’lar ustki elaklarga tushib luzga va chaqilmagan urug’lar elakda qoladi va 12 engdan birinchi A kameraga yig’iladi. Elakdan o’tgan yadro va luzga ikkinchi Б kamerada yig’iladi. Ikkinchi qator elaklarda mayda mag’iz, luzga va yadroning yirik bo’laklari qoldiq bo’lib uchinchi В kamera, o’lchamlari 4,5 mm kam bo’lgan aralashma to’rtinchi Г kameraga yig’iladi. Uchinchi qator elaklarda o’lchamlari 3 mm dan katta aralashma (luzga va yadroning mayda zarrachalari) beshinchi Д kameraga, eng maydalari esa (3 mm dan kichik luzga va yadroning zarrachalari) oltinchi E kamerada yig’iladi. Luzga havo yordamida 17 va 18 bunkerga, luzga va yadro bo’laklari 15 bunkerga, rushankaning eng og’ir fraktsiyasi 16 kanal orqali shnekga tushadi. Qurilmadan chiqayotgan mag’iz tarkibidagi qoldiq qobiq miqdori 1,6...3,0% dan, qobiqning qoldiq moyliligi 0,5 % dan oshmasligi kerak. Qurilmaning ish unumdorligi 50...60 t/sut ga teng. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling