01 умичт ўқув қул


ETP-20 rusumli ekspeller pressining tuzilishi va ishlash


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

 
ETP-20 rusumli ekspeller pressining tuzilishi va ishlash. 
ЕТP-20 presslash 
qurilmasi moyli xom ashyolardan dastlabki va oxirigacha presslash usulida moy 
olishda ishlatiladi. Bu qurilma (60-rasm) 5 ta’minlagich, 6 shnekli val, 7 zeyer, 8 
kunjara qalinligini rostlovchi mexanizm, 9 shnekli valni isituvchi - sovituvchi 
sistema, 3 uzatma, 4 ta’minlagich uzatmasi, 1 elektrodvigatel va 2 shkivdan tashkil 
topgan.
Ta’minlagich tik o’rnatilgan shnekdan iborat bo’lib, variator yordamida uning 
aylanish tezligini o’zgartirib turish mumkin. Agar pressda mezga ko’payib ketsa 
aylanish soni kamaytiriladi. 


119 
Pressning o’qi uzatmaga ulangan. Qurilma forpress usulda ishlaganda shnekli 
o’qning yettita o’rami bo’ladi, aylanish tezligi 22 min
-1
, ekspeller rejimida ishlaganda 
o’ramlar soni sakkizta, aylanish tezligi 12 min
-1
tashkil etadi. 
Pressni ishga tushirishda bug’ bilan isitish va ishlab turganda suv bilan sovutib 
turish uchun maxsus moslama mavjud. Kunjara qalinligi konusni siljitish orqali 
rostlab turiladi. Zeyerning ikkinchi va beshinchi sektsiyalarining ichki diametri bir xil 
bo’ladi.
Pressni forpresslash yoki ekspeller rejimida ishlatishda uning detallari 
o’zgartiriladi. Uzatmaning uch juft tishli g’ildiragi almashtirilib uning soni 45 dan 
180 gacha o’zgartiriladi. Shnekli o’qida forpresslash uchun 6 parrakli № 2, 3, 4, 5, 6, 
7 shneklar, ekspeller rejimida presslash uchun yetti parrakli № 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 
shnekga almashtiriladi. Sektsiyalar bo’yicha kolosniklar orasidagi masofa va 
zeyerning pichoqlari ham o’zgartiriladi.
60-rasm. ETP-20 rusumli press. 
1-elektrodvigatel, 2-uzatma, 3-reduktor, 4- 5-ta’minlovchi, 6-shnekli val, 7-zeyer, 8- kunjara 
qalinligini rostlovchi mexanizm, 9- shnekli valni isituvchi - sovituvchi sistema. 
ETP-20 pressining texnik tavsifi 
Unumdorligi, t/sut 
forpresslash rejimida...............................................60...70 
ekspeller rejimida...................................................30...40 


120 
Zeyerdagi sektsiyalar soni..............................................5 
Shnekli valning aylanish tezligi, min
-1 
forpresslash rejimida.................................................7 
ekspeller rejimida......................................................8 
Pressning elektrodivigatel quvvati, kVt.........................55 
Ta’minlovchining elektrodivigatel quvvati, kVt............4 
Kunjaraning moyliligi, % 
forpresslash rejimida................................................15...18 
ekspeller rejimida.....................................................5...6 
Zeyerning plastinkalari orasidagi tirqishlar (bosqichlar bo’yicha), mm: 
I II III IV V 
1,35 0,7 0,5 0,25 0,15 
Gabarit o’lchamlari, mm.......................................5000x950x2340. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling