128
qilinadigan xom ashyoning namligi optimal qiymatga ega bо’lishi lozim. Masalan,
kungaboqar kunjarasi uchun namlik 7…9% atrofida bо’lishi kerak, paxta chigiti
kunjarasining 1-3 navlari uchun 6…7%, 4-navlar uchun 4,5…5,5 % bо‘lishi kerak.
Haroratning ekstraktsiya jarayoniga ta’siri.
Harorat oshganda moyning
qovushqoqligi pasayadi, molekulalarning kinetik
energiyasi ortib boradi, natijada
ekstraktsiya jarayonining tezligi ham ortadi. Lekin
ekstraktsiya jarayonining
haroratini cheksiz oshirish mumkin emas. Yuqori haroratda ekstraktsion benzin
qaynab ketishi oqibatida katta miqdorda benzin bug’i hosil bо’lishi mumkin. Shuning
uchun ekstraktsiya jarayonining harorati erituvchining
qaynash haroratiga yaqin
bо’lishi kerak. Masalan, A markali benzin ishlatilganda erituvchi va mahsulotning
harorati 50…55
0
C
atrofida, B markali benzin ishlatilganda – 55…60
0
C bо‘lishi
kerak.
Erituvchining harakatlanish tezligi va rejimi molekulyar
va konvektiv
diffuziya jarayoniga ta’sir etadi. Erituvchi tez harakatlanganda ekstraktsiyalanadigan
material ichidagi mistsellaning va tashqi muhitdagi mistsellaning kontsentratsiyalari
orasida farqi ortadi. Natijada ekstraktsiya jarayoni tezlashadi.
Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo erituvchiga botib turishi hamda erituvchi va
xom ashyo bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan usulida ekstraktsiya qilinganda
mistsellaning kontsentratsiyalari orasida farqi yuqori bo’ladi.
Erituvchini harakatining tezlashishi mistsellaning kontsentrasiyaga teskari ta’sir
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: