01 умичт ўқув қул


  9.3.Ekstraktsiyalash qurilmalari


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

130 
9.3.Ekstraktsiyalash qurilmalari 
Moyli xom ashyolardan ekstraktsiya usulida moy olishda asosiy texnologik 
qurilma ekstraktorlar hisoblanadi, ular turli belgilariga ko’ra guruhlanadi.
Ekstraktsiyalanadigan xom ashyo bilan erituvchini ta’sir etishi va 
ekstraktsiyalash usuliga ko’ra ekstraktsiyalash qurilmalari quyidagi uchta turga 
bo’linadi: 
- ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo erituvchiga botib turadigan hamda erituvchi 
va xom ashyo bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan ekstraktorlar; 
-ekstraktsiyalanayotgan xom ashyoni erituvchi bilan ko’p bosqichli qarama-
qarshi sug’orish usulida ishlaydigan ekstraktorlar; 
-aralash usulida, ekstraktsiyalashning birinchi bosqichida xom ashyo 
kontsentrlangan mistsellaga botiriladi va ikkinchi bosqichda ko’p bosqichli sug’orish 
usulida mistsella va toza erituvchi bilan moysizlantirish usulida ishlaydigan 
ekstraktorlar. 
Ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo va erituvchi bir xil yo’nalishda yoki qarama-
qarshi yo’nalishda harakatlanadi. 
Ishlash rejimiga ko’ra ekstraktorlar:
-uzluksiz ishlaydigan;
-yarim uzluksiz ishlaydigan; 
-uzlukli ishlaydigan. 
Ekstraktsiyalash jarayonini gidrodinamik xarakteriga asosan: 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo qo’zg’almasdan turadigan; 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo harakatlanadigan; 
-ekstraktsiyalanadigan xom ashyo mavhum qaynash qatlamida turadigan 
qurilmalar. 
Qurilmadagi bosimning holatiga asosan: 
-atmosfera bosimida; 
-vakuumda; 
-atmosfera bosimidan katta bosimda ishlaydigan qurilmalar. 


131 
Korpusining tuzilishiga asosan: kolonna tipidagi va kamera tipidagi 
ekstraktorlar. 
Transport elementiga asosan: 
-shnekli; 
-kurakli; 
-zanjirli; 
-korzinali; 
-cho’michli; 
-tasmali (lentali); 
-rotorli qurilmalar. 
Qurilma korpusining joylashishiga asosan: gorizontal va vertikal ekstraktorlar 
bo’ladi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling