01 умичт ўқув қул
Konsentratsiyalarning farqi va berilgan erituvchi miqdorining ekstraktsiya
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki strukturasi buzilish darajasining ta’siri.
Konsentratsiyalarning farqi va berilgan erituvchi miqdorining ekstraktsiya
jarayoniga ta’siri. Ekstraktsiya jarayonining tezligiga berilgan erituvchi miqdori ta’sir etadi. Erituvchi qancha kо’p bо’lsa, ekstraktsiyaning tezligi shuncha katta va tо’liq bо’ladi, lekin erituvchining miqdori me’yoridan kо’p bо’lsa, olinayotgan mistsellaning konsentratsiyasi past, hajmi esa kо’p bо’ladi. Bu esa distillyatsiya jarayonida issiqlik sarfini oshiradi. Shuning uchun erituvchi miqdori va ekstraktsiya qilinayotgan mahsulot о’rtasida aniq bir nisbat, ya’ni gidromodul qabul qilinadi: miqdori Yanchilma miqdori Erituvchi Gidromodul = 129 Ekstraktsiyalash usuliga ko’ra bu ko’rsatkich turlicha bo’ladi. Chо’ktirish usulida erituvchi miqdori va ekstraktsiya qilinayotgan mahsulotning о‘zaro nisbati (1,0...0,6):1 tashkil etadi, shrot moyliligi 0,8...1,0 % teng. Kо’p bosqichli sug’orish usuli bilan ishlaydigan ekstraktorlar uchun bu nisbat (0,6...0,3):2 teng. Oraliq bosqichlarda erituvchi mahsulot ichidan ko’p marta o’tishi natijasida bu ko’rsatkich (6...8):1 tashkil etadi. Ichki strukturasi buzilish darajasining ta’siri. Ekstraktsiya qilinayotgan mahsulot ichki strukturasining qanchalik tо’liq о’zgarishiga yoki buzilganligi olinayotgan moyning miqdoriga va jarayonning tо’liqligiga katta ta’sir etadi. Ekstraktsiya jarayoni ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda moddaning qattiq zarrachalari ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziyalanishi jarayon samaradorligini aniqlaydi. Shu sababli ekstraktsiyalanadigan materialni optimal ichki va tashqi strukturasini vujudga keltirilib unda kerakli mexanik-strukturaviy xossalari hosil qilinadi. Materialni tashqi strukturasi zarrachalarning o’lchami va shaklini xarakterlaydi. Ekstraktsiya jarayoni to’liq va yaxshi borishi uchun zarrachalarning tashqi strukturasi bir qator talablarga javob berishi kerak. Zarrachalarning o’lchamlari 0,5 mm dan kichik bo’lsa, xom ashyo qavatining o’tkazuvchanligi va zarrachada erituvchining yutilishi kamayadi, shrotning qoldiq moyliligi esa oshadi. Mayda zarrachalar erituvchi oqimi bilan harakatlanib mistsella tarkibida loyqa miqdori oshadi, filtrlash jarayoni qiyinlashadi. Ekstraktsiya jarayoni normal borishi uchun zarrachalar o’lchamlari 0,5 mm dan 8...10 mm cha bo’lishi kerak. Ekstraktsiyalanadigan xom ashyo zarrachalarning ichki strukturasi ham ba’zi talablarga javob berishi kerak. Erituvchi zarracha ichiga tez o’tishi uchun uning ichki g’ovakligi katta bo’lishi kerak. Xom ashyo tuqimalari maydalangan bo’lib buzilmagan hujayralari qolmasligi kerak. Demak, materialning ichki strukturasi ekstraktsiyalanadigan xom ashyo zarrachalarning o’lchamlariga va ichki holatiga ham bog’liq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling