02. Mavzu. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi Reja
Download 73.76 Kb.
|
02 Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. O`zbekictonda kichik biznesni rivojlantirish borasida jahon tajribalaridan foydalanish.
Janubiy Koreya. 1995 yilda kichik va o'rta tadbirkorlik mahsuloti eksportining salmog'i mamlakat umumiy eksport hajmining 30%ni tashkil qilgan va 50 mlrd AQSH dollariga yetgan. Bunga katta bank kreditlari yordam bergan.Kredit-pul siyosati shunday qurilganki, tijorat banklari o'z qarzlarining 30% ni kichik va o'rta tadbirkorlikka berishga majburlar. Mamlakatdagi kichik biznes federatsiyasi, Kichik va o'rta tadbirkorlik banki, texnologiyalarni sug'urta qilish federatsiyasi, savdo va sanoat vazirligi kichik va o'rta tadbirkorlikning rivojlanishiga yordam beradi.
Frantsiya. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadi – bandlikning ko'payishi va raqobatbardoshlikning o'sishidir. Buning uchun quyidagilar qilinadi: to'g'ridan-to'g'ri yordam, axborotlarga kirish, ma'muriy to'siqlarni kamaytirish, soliqlarni kamaytirish va boshqalar. Frantsiyada kichik va o'rta tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha har xil tashkilotlar tashkil qilingan: - Kichik va o'rta tadbirkorlik konfederatsiyasi; - savdo palatasi; - hunarmandlik ishlari bo'yicha palata; - qishloq xo'jaligi palatasi; - investitsion xavf-xatarni sug'urtalashning frantsuz jamiyati; - biznesni tashkil qilish markazi va boshqalar. 3. O`zbekictonda kichik biznesni rivojlantirish borasida jahon tajribalaridan foydalanish. Respublikada kichik biznesni takomillanishi va rivojlanishida chet el tajribalarni har tomondan o‘rganish, yaxshi kuzatish va xulosa chiqarib, to‘g‘ri qarorga kelish va xususiy tadbirkorlar tomonidan o‘z shaxsiy ishini tashkil etish jarayoniga muvofiqlashtirish lozim. Kichik biznesning davlat tomonidan ko‘llab-kuvvatlanishi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi kerak: budjet orqali bevosita yordam puli (masalan, AQSHda yordam puli yiliga 300 ming dollarga yaqin miqdorni tashkil qiladi). Pul hajmi kichik biznes sug‘urta qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovatsiyaning xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit olish ancha yengilrok; kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak (Masalan, AQSHda soliqlar umumlashtirilganda foydaning 44 foizini tashkil etadi: 36 foizi milliy, 8 foizi - shtat solig‘i). Agarda firma ijtimoiy tarmoqka yoki ishlab chiqarishning rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ni ko‘paytirsa, soliq solinadigan ulush qisqartirilishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada yosh tadbirkorlar yuqori chegirish bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va davom ettirishi haqida, shuningdek bozorga qanday chiqish mumkin, ishbilarmon sheriklarini qanday topishi haqidagi maslaxatlarni tekinga olishi mumkin. Bundan tashqari u o‘zini qoniqtiradigan narxga ijaraga imorat va xususiy biznesni boshlash uchun kerakli asbob uskuna olib, amaliy ishda sinab ko‘rishi mumkin. Germaniyada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturi amalga oshiriladi. Unga muvofiq, tadbirkorlarga faoliyatning dastlabki ikki yilida foizsiz kredit beriladi. Keyingi yillarda esa juda past stavkalarda yillik foizlar undiriladi. Shu tariqa tadbirkorlar bepul boshlang‘ich sarmoya bilan ta’minlanadi. Kichik biznesning shakllanishi va rivojlanishida olingan tajribani umumlashtirish va ma’lum xulosa qilish va takliflar kiritish uchun ma’lum bir vaqt kerak.Biroq hozirdan kichik biznesning rivojlanish muammolari aniq. Bu muommolarni xal qilish maqsadida 2005 yilning o‘zida bir qancha me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Bu qarorlardagi ko‘rsatmalarning bajarilishi kichik biznes korxonalari faoliyatini yanada samarali amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Download 73.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling