022 yil mavzu: Dilshodi Barno hayoti va ijodi


Ey, pari, gulistonni sayr etib, tomosha qil


Download 351.61 Kb.
bet7/32
Sana03.01.2023
Hajmi351.61 Kb.
#1075806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Yusupova G. o\'zb adab tarixi mustaqil ishi

Ey, pari, gulistonni sayr etib, tomosha qil,

Pardani olib yuzdin husning olam aro qil.

Yuzlaringga bulbulni aylab oshiqi nolon,

Qomatingni sarviga qumrilarni shaydo qil.

3 mavzu: Zavqiy. Biografiyasi. G'azallari tahlili.

Reja:

1 Shoirning hayot yo'li

2 Hajv ortiga yashirgan achchiq haqiqatlari

3 Shoirning g'azallari

Zavqiy – XIX asr ikkinchi yarimi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qoʻqon shahrida Usta Solih maxsidoʻz oilasida tugʻildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga qaramay avval mahalliy maktabda, soʻng Madrasai Oliy va Madrasai Chalpakda oʻqitadi.

Zavqiy – XIX asr ikkinchi yarimi va XX asrning birinchi choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qoʻqon shahrida Usta Solih maxsidoʻz oilasida tugʻildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga qaramay avval mahalliy maktabda, soʻng Madrasai Oliy va Madrasai Chalpakda oʻqitadi.

Madrasa taʼlimi va shaxsiy tinimsiz mutolaa Ubaydullo isteʼdodini kamol topishiga, fors va arab tillarini egallashiga, Sharq adabiyotining buyuk namoyandalari ijodiy meroslarini chuqur oʻrganishiga mustahkam zamin boʻladi. Madrasada oʻqib yurgan davrida birinchi sheʼriy mashqlarini yozgan Zavqiy tez orada Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Muhyi, Furqat kabi ilgʻor shoirlari davrasiga kelib qoʻshildi, ular bilan mustahkam ijodiy hamkorlik oʻrnatdi.

Oʻz ijodiy faoliyatini ishqiy gʻazal, muxammaslar yozishdan boshlagan Zavqiy tez orada ijtimoiy mavzularda, davrning dolzarb muammolariga diqqatini qaratdi, mehnatkash xalq hayotidan, shahar va qishloqning ezilgan tabaqasi turmushidan lavhalarni badiiy tahlil etishga kirishdi. Mustamlaka voqeligiga va ijtimoiy hayotdagi salbiy hodisalarga tanqidiy baho yondoshuv, shaxslar faoliyati va tabiatidagi yaramaslik, pastkashlik, nopoklik, firibgarlik kabi belgilariga hajviy munosabat shoir asarlarining yetakchi gʻoyaviy mazmuni darajasiga koʻtarildi. Davr milliy adabiyotimizda Muqimiy bosh boʻlgan hajviy yoʻnalishning keng taraqqiy topishida koʻplab hajviy asarlar yozgan Zavqiyning xizmatlari juda katta boʻldi.


Download 351.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling