Operator Abonentga ko‘rsatiladigan Aloqa xizmatlari ro‘yxatini Operator Tarmog‘ining
Texnik
imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti,
O’zbekiston Respublikasi fuqarosining
identifikatsiya ID-kartasi, xorijiy davlat fuqarosining pasporti,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son Qaroriga muvofiq berilgan
yangi namunadagi
haydovchilik guvohnomasi, fuqaroligi yo‘q shaxsning guvohnomasi,
harbiy
xizmatchining pasport ma’lumotlarini va u doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilni tasdiqlovchi
belgilangan shakldagi ma’lumotnoma ilova qilingan harbiy bilet.
GPRS – (General Packet Radio Service)
– ma’lumotlarni radiokanal orqali to‘plam tarzida jo‘natish
aloqa xizmati.
SMS (Short Message Service)
– Abonentga qisqa matnli xabarlarni Abonent qurilmasi orqali (undan
foydalangan holda) yuborish va olish imkonini beruvchi Aloqa xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: