08 oktyabr 2022 yil Qarshi shahri
Download 22.32 Kb.
|
очиқ маъруза Баённома 27.12.2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdilar
- SO’ZGA CHIQDILAR
- QAROR QILINDI
- Tashqi ekspert O.Hayitov.
- F.A.Salohiddinov. I.E.Abdiraximov. A.X.Samadov. A.T.Kurbanov. B.S.Kamolov. G’.B.Raximov. M.X.Samadova.
- Majlis raisi Qatnashdilar
“Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti G.Х.Djurayevaning “Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan «Rektifikatsiya. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari» mavzusidagi ochiq darsi BAYONNOMASI 08 oktyabr 2022 yil Qarshi shahri
Kun tartibi “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti G.Х.Djurayevaning “Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan «Rektifikatsiya. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari» mavzusidagi o’tkazilgan ochiq darsi muhokamasi. Kun tartibiga qo’yilgan masala bo’yicha “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri F.E.Bo’ronov so’zga chiqib, dotsent G.X.Djurayevaning “Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan «Rektifikatsiya. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari» mavzusida o’tkazilgan ochiq darsi “Texnoligik mashinalar va jihozlar” yo’nalishining TMJ-132-20, TMJ-133-20 guruhlarida joriy yilning 08 oktyabr kuni soat 1330 да 2-315 xonada o’tganligi va darsni muhokama etishlarini taklif qildi. SO’ZGA CHIQDILAR “TMJ” kafedrasi prof.v.b. X.K.Eshkabilov so’zga chiqib, ochiq darsning yutuq va kamchiliklari bo’yicha quyidagi fikrlarni bildirdi. O’tilgan darsning yutuqlari: Ochiq darsni o’tish davomida dotsent G.X.Djurayeva tomonidan fan asosida ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy majmua mavjudligi, dars reja asosida tashkil etilganligi, mavzuga oid slaydlar tayyorlanganligi va dars o’tish vaqtida samarali foydalanilganligi, ma’ruzada mazmunan maqsadga erishilganligi, mashg’ulot yakunida talabalar bilan munozarali savollar olib borilganligi to’g’risida o’z fikrini bildirdi. O’tilgan darsning kamchiliklari: Darsda mavzu bo’yicha taqdimot slaydlaridan va kerak bo’lganda doskadan foydalanildi, ammo bu ikkalasini uyg’unligi ta’minlanmadi. Xulosa: dars qoniqarli o’tildi, deb o’z fikrini yakunladi. “TMJ” kafedrasi dots. E.S.Mirzayev, ochiq darsning yutuq va kamchiliklari to’g’risida gapirdi. O’tilgan darsning yutuqlari: “Texnoligik mashinalar va jihozlar” yo’nalishining TMJ-132-20, TMJ-133-20 guruhlarida olib borilgan ma’ruza mashg’uloti kalendar rejaga mos ravishda bo’lib, ochiq dars o’z vaqtida boshlanganligi, ma’ruza matni, tarqatma materiallar tayyorlanganligi, mavzuga oid qurilmalar turlari, qurilmalarning qo’llanilish maqsadi keng ma’noda tushuntirilganligi to’g’risida o’z fikrini bildirdi. O’tilgan darsning kamchiliklari: 1. Har bir rejaga mos tushunchalarni talabalarning daftarlariga qayd etib borishlari nazorat qilinmadi, faol talabalarni baholanishi kerak deb, xulosa berildi. “Texnoligik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti G.X.Djurayeva tomonidan Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan «Rektifikatsiya. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari» mavzusidagi o’tkazilgan ochiq darsida tashqi ekspert– “Sho’rtanneftgaz” qazib chiqarish boshqarmasi “Oltingugurt olish” sexi boshlig’i O.Hayitov so’zga chiqib, ochiq darsning yutuq va kamchiliklari bo’yicha quyidagicha fikrlarni bildirdi: O’tilgan darsning yutuqlari: Ma’ruza darsini o’tkazish davomida talabalar bilan o’qituvchi orasidagi munozara faol ishtiroki ta’minlandi. Dars so’nggida talabalar mavzu bo’yicha tushuncha hosil qilganliklari o’qituvchi bilan birgalikda xulosaga qo’shillb gapirganliklaridan ko’rinib turdi, ma’ruzada mavzuga oid tushunchalar ishlab chiqarishdagi bog’liq jarayonlar bilan uzviyligi tushuntirildi. O’tilgan darsning kamchiligi: Reja asosida videorolikli tushunchalarni tavsiya etish kerak; Mavzuga oid innovatsion apparatlar aitib o’tilmadi. Xulosa so’nggida dars qoniqarli o’tilganligi aytildi. Shuningdek, yig’ilishda kafedraning boshqa o’qituvchilari fikrlari ham tinglandi. Tajribali professor-o’qituvchilar kerakli maslahatlarni berishdi, jumladan, muntazam ravishda ishlab chiqarishdagi mutaxassislar bilan tajriba almashishi kerakligi haqida aytildi . Kafedra yig’ilishi muhokamasidan so’ng QAROR QILINDI: 1. “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi dotsenti G.Djurayevaning “Texnologik mashina va jihozlardagi jarayonlar” fanidan « Rektifikatsiya. Rektifikatsiya jarayonining moddiy va issiqlik balanslari » mavzusida o’tkazilgan ochiq ma’ruza qoniqarli, deb topilsin. 2. Ma’ruza darsi sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish yutuqlari ma’lumotlaridan foydalanish kerakligi belgilab olinsin. Tashqi ekspert O.Hayitov.
Qatnashdilar Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling