Bazaviy stavka - (base rate) - kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini belgilashda qo'llaniladi. Odatda, banklararo ssuda kapitallari bozorining stavkasi yoki Markaziy bankning hisob stavkasidan bazaviy stavka sifatida foydalaniladi.
Banknotlar (banknote; bill; note) - bank biletlari - Markaziy banklar tomonidan chiqariladigan pul belgilari. Ular Markaziy banklaming aktivlari bilan ta’minlanadi.
Valyuta birjasi (currency market) - xorijiy valyutalar oldi-sotdi qilinadigan birja bozori.
Valyuta interventsiyasi (currency intervention) - Markaziy bank tomonidan milliy valyutaning favqulodda yuzaga keladigan keskin tebranishlariga barham berish maqsadida xorijiy valyutani sotib olinishi yoki sotilishi. Odatda, bitta xorijiy valyuta interventsiya vositasi hisoblanadi. O‘zbekistonda AQSH dollari valyuta interventsiyasi vositasi hisoblanadi.
Valyuta zaxirasi (currency reserves) - biror-bir mamlakatning xorijiy valyutalardagi mablag‘lari.
Valyuta siyosati (foreign currency policy) — valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish tadbirlarining yig‘indisi.
Bar’yerli optsion (barrier option) - optsion tugash muddati qisqaradigan yoki uzaytiriladigan optsion bo‘lib, unda belgilangan kurs etib kelishi kutiladi.
Bermud optsionlari (Bermuda options) - amerika va yevropa optsionlarining birlashmasidir.
Giperinflyatsiya (hyperinflation) - tovarlar bahosi va pul massasining yuqori sur’atlarda oshib ketishi. Giperinflyatsiyada baholaming oylik o‘sish sur’ati 50% va undan yuqori bo'ladi.
Davlat qarzi (national debt; public debt) - davlatning to‘lanmagan zayomlar va ulaming berilmagan foizlarini aks ettirgan barcha qarzlarining umumiy summasi. Davlat qarzi ikki xil bo'ladi: ichki va tashqi qarz.
Devalvatsiya (devalvatsiya, devalua tjon) - milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan qadrsizlanishi.
Denominatsiya (denomination) - yangi pul birligini ma’lum nisbatda eski pul birligiga almashtirilishi. O‘zbekistonda milliy valyuta 1994-yilning 1-iyulidan boshlab muomalaga kiritilganda yangi valyuta so‘m eski valyuta-so‘m - kuponga Iga 1000 nisbatda almashtirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |