0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy moder- nizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi


Loyiha doirasida imtiyozli kreditlami berish quyidagi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi


Download 0.55 Mb.
bet39/42
Sana25.09.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1687610
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Halqaro valyuta

Loyiha doirasida imtiyozli kreditlami berish quyidagi tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi:

  1. Xalq banki.

  2. Qishloq Qurilish bank.

  3. Turon bank.

  4. Ipoteka bank.

  5. Davrbank.

  6. Aloqabank.

  7. Aziya Alyans bank.

  8. O'zsanoatqurilishbank.

  9. Asaka bank.

Loyiha doirasida imtiyozli kreditlar berish shartlari:
Loyihalar uchun imtiyozli kreditlar:

  • 10 yilgacha beriladi (shundan 5 yilgacha imtiyozli davr);

  • kredit mablag'lari AQSH dollarida beriladi;

  • foiz stavkasi - 1,25% + bazaviy tuzatish (1,38 %);

  • liniya uchun xizmat haqi - 1,25%;

  • liniyaning o‘zlashtirmagan qismi uchun - 0,50 %;

  • bir mijoz uchun maksimal kredit miqdori 2 mln. AQSH dollargacha;

  • mijozning loyihadagi ulushi eng kamida 20 foiz ekvivalentida pul yoki xizmat, ish, ya’ni natura ko'rinishida;

  • chetdan xarid qilinadigan tovar, asbob-uskuna, chorva mollari 100% kredit hisobiga moliyalashtiriladi.

Aylanma mablag'lar uchun kreditlar:

  • 18 oygacha beriladi (shundan 9 oygacha imtiyozli davr);

  • kredit mablag'lari AQSH dollarida beriladi;

  • bir mijoz uchun maksimal kredit miqdori 150 ming AQSH dollarigacha;

  • mijozning loyihadagi ulushi eng kamida 20 foiz ekvivalentida pul yoki xizmat, ish, ya’ni natura ko'rinishida.

4-ilova
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish” loyihasi
Ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan tijorat banklari va lizing kompaniyalari operatsion, moliyaviy va boshqaruv mezonlari bo‘yicha moliyaviy barqaror bo'lishlari lozim.
Mazkur loyiha doirasida jalb qilinadigan kredit liniyalari hisobidan qishloq xo‘jaligidagi quyidagi tadbirlar moliyalashtiriladi:

  • qishloq xo‘jalik ekinlarini diversifikatsiya qilish, urug‘liklar/ko‘chatlaming intensiv sortlarini ekish yo‘li bilan sabzavot va bog‘ ekinlarining hosildorligini oshirish;

  • suv resurslarini ichki xo‘jalik boshqaruvini yaxshilash va uning samaradorligini oshirish;

  • agroo‘rmonchilik va yaylovlami samarali boshqarish yo‘li bilan yerlaming holatini yomonlashishiga qarshi kurashish;

  • qishloq xo‘jalik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;

  • ratsional va resurs tejovchi qishloq xo‘jaligini shakllantirish tadbirlari;

  • mahsulotlar ishlab chiqarishni yaxshilash;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash;

  • energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish;

  • qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llashni kengaytirish.

“Orol dengizi havzasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish” loyihasi doirasida jalb qilinadigan kredit liniyalarining shartlari:

  • AQSH dollarida beriladigan subsidiar kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi bazaviy stavkaga teng bo‘ladi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi 2 foizdan kam bo‘lmagan spred oladi;

  • o‘zbek so‘mida qayta kreditlash bo'yicha beriladigan kreditlaming foiz stavkasi bazaviy stavkaga teng bo'ladi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi 7 foizdan kam bo‘lmagan stavkada spred oladi;

  • 0‘zbekiston Respublikasining ishtirokchi moliyaviy tashkiloti

  • tomonidan subsidiar kredit bo‘yicha foizlami to*lash har 6 oyda amalga oshiriladi;

  • jarima va penyalar o‘zbek so'mida to‘lanadi;

  • subsidiar kreditlar bo‘yicha asosiy qarz summasini qaytarish 20 yil davomida amalga oshiriladi va bunda imtiyozli davr 5 yildan oshmaydi;

  • bitta mijozga beriladigan sub-kreditlaming jami summasi 500 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmasligi kerak;

  • O‘zbekistondan ishtirok etuvchi moliya tashkilotining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishda ishtiroki kredit liniyasi hisobidan beriladigan jami kreditlaming 25 foizidan oshmasligi lozim;

  • benefitsiaming ulushi sub-loyiha qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kredit liniyalari hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Tijorat banki sub-kreditni olish uchun Qishloq xo‘jaligi korxonalarini restrukturizatsiya qilish agentligiga hujjatlami topshirgandan so‘ng, Agentlik sub-kreditni ma’qullashidan oldin Agentlikning ekologi sub-kredit oluvchini va uning hududini borib ko‘radi hamda loyihaning atrof-muhitga ta’sirini baholash va uni yumshatish choralarini ko‘rish maqsadida maxsus shaklni to‘ldiradi. Keyin esa, atrof-muhitga ta’simi yumshatish choralarini amalga oshirish uchun sub-kredit oluvchi bilan kelishiladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling