0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi
ASMda infratuzilma institutlarining tizimli o‘zaro aloqadorligining funksional differensiatsiyasi
Download 1.24 Mb.
|
Qishloq xojalik infratuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shadmanov Sh. Ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi. //0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. №2. 2012. -B. 37.
- 0‘lmasov A.,N.To‘xliyev. Iqtisodiy lug‘at..T.1995. -B. 43. 60
ASMda infratuzilma institutlarining tizimli o‘zaro aloqadorligining funksional differensiatsiyasi
Infratuzilma elementlarining ko‘p rejali tavsifini hisobga olgan holda, ulami yagona belgilari bo‘yicha tasniflash imkoniyati yo‘q. Uning tarkibiga kirgan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga turlicha ta’sir etadi va ijtimoiy takror ishlab chiqarish jar ay onida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra infratuzilma tarmoqlarini asosiy belgilari bo‘yicha tasniflash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bu bizga infratuzilmaning ijtimoiy takror ishlab chiqarishning alohida bir elementi sifatida va butun tarmoqlari bo‘yicha tutgan o‘mini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari uning tarmoqlararo aloqalarini o‘rganish moddiy ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlari o‘rtasidagi optimal fiisbatni belgilashga asos bo‘ladi. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasining barcha elementlarini quyidagi belgilar bo'yicha tasniflash mumkin: ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasi bo‘yicha; mintaqaviy tamoyili bo‘yicha; tarmoq tamoyili bo‘yicha; fixksional yo‘nalishi bo‘yicha. Tizimli yondashuvda asosiy tamoyil bu majmuali tahlildan, ya’ni aniq ijtimoiy-iqtisodiy tizim doirasida ishlab chiqarish infratuzilmasining turli tuzilmalarini o‘zaro bogTiq va o‘zaro bir- birini belgilagan holda rivojlanuvchi jarayon sifatida tadqiq eti- ladi. Bu belgilar tizimida birinchi o‘ringa, moddiy ishlab chiqarish korxonalarining amal qilishi uchun ichki va tashqi shart-sharoit- lami yaratuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasining quyi tizimi sifatida maqsadli funksiya turadi. ASM infratuzilmasini aniqlashga tizimli yondashuvga Shadmanov Sh.Sh. va boshqalar1 tomonidan qator bloklar ko‘rinishidagi yondashuv misol bo Та oladi. Bular: ' Shadmanov Sh. Ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi. //0‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. №2. 2012. -B. 37. mahsulotni sotish, moddiy-texnik ta’minot, ishlab-chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatish, moliya- kredit ta’minoti tizimining tovar ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro munosabatlari. Bu yerda tovar ishlab chiqaruvchi quyi, ikkinchi darajali infratuzilmaviy xizmat ko‘rsatishning markazida, yadrosida turadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi bu yerda an’anaviy ravishda ishlab chiqarish inffatu- zilmasining iste’molchisi sifatida maydonga chiqadi. Qurilish ja- rayonida Ijinolar ko‘rinishida moddiy mahsulot yaratiladi, shunga ko‘ra bu turdagi faoliyat moddiy-ashyoviy ishlab cbiqarishning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra biz moddiy ishlab chiqarish sifatida faqat moddiy predmetlar, ashyoviy qiymatlar bilan bog‘liq ishlab chiqarishni, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurulishni tushunamiz. Ta’kidlash lozimki, infratuzilmaning milliy iqtisodiyotda tut- gan o‘mining muhimligi bajaradigan funksional vazifalari va xizmat turlarida yanada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda infratuzilmaning funksional vazifalari va xizmat turiga qarab nazariyotchi olimlar uni metodologik nuqtayi naz- ardan ikkita guruhga: ishlab chiqarish va ijtimoiyga. Shu jumladan A.O‘lmasov vaN.To‘xliyevlamingyozishlaricha: Ishlab chiqarish infratuzilmasi (bevosita moddiy ishlab chiqarishga xizmat qiladi) va noishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud. Tshlab chiqarish infratuzilmasi yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad yaratadi; ij- timoiy infratuzilma sohalari (maorif, fan, sog‘liqni saqlash va b.) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishga, inson omillarini faollashtirishga xizmat qiladi1. A.Tursunov infratuzilmaning mohiyatini yoritishda aynan shunday yondashuvga suyangan: «Infratuzilma iqtisodiy kategori- ya (toifa) sifatida birinchidan, moddiy ishlab chiqarish xarakteriga egabo‘lmagan (sog‘liqni saqlash, savdo, aholi tashuvchi transport, mehmonxona, oshxona, shahar komunikatsiya inshootlari, xodim- lami tayyorlash masalalari va hk;) ikkinchidan: moddiy ishlab ’ 0‘lmasov A.,N.To‘xliyev. Iqtisodiy lug‘at..T.1995. -B. 43. 60 chiqarish xarakteridagi, (umumiy transport xo‘jaliklari, elektr quv- vatini uzatish liniyalari, tabiiy resurslardan foydalanish tarmoqlari, axborotni uzatish va ishlab berishdagi vositalar va hk.) obyektlari- ning mazmunini o‘zida ifoda etadi»I. Albatta, infratuzilmaning ana shunday ikkita katta guruhga bo'linishi bajaradigan asosiy vazifalar hamda milliy iqtisodiyot- ning moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linishiga asoslanadi. Biroq infratuzilma elementlarining o‘zaro juda jips bog‘langanligi ulaming u yoki bu guruhga mansubligini belgi- lashni mushkullashtiradi. Masalan, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport yoki aholining transport vositalarini ta’mirlash kabi xiz- matlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra birga aholiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning sohasidir, biroq ularda umumiy texnik-ishlab chiqarish xususiyatlari ham mavjud. Shu bilan birga bu sohalar- ning iqtisodiy-fimksional xizmat vazifasi aholining turmush dara- jasini yaxshilashga qaratilganligi bois ijtimoiy chiqarish infratuzil- maga mansub deb topilishi ham tabiiydir. ^ Infratuzilma soha mutaxassislari tomonidan turlicha tasnif- langan. Ayniqsa, islohotlardan oldingi davrda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish (ijtimoiy), xalq xo‘jaligi (yoki magistral), ins- titutsional; mintaqaviy, korxona va sohalar nomi bilan yuritiladi- gan infratuzilma turlari ilmiy adabiyotlarda ko‘p yoritilgan. Lekin hozirgacha infratuzilmaning guruhlarga bo‘linishiga qaramay, uning tarkibiy tuzilishi, mohiyati va bajaradigan vazifalari yuza- sidan yagona fikr shakllanmagan. Masalan, A.Tursunov, infratuzilma quyidagi to‘rt shaklda namoyon bo‘ladi, deb ta’kidlab, ular- ning tarkibini o‘z nuqtayi nazaridan belgilaydi: . Ijtimoiy infratuzilma Bozor infratuzilmasi Institutsional infratuzilma Ishlab chiqarish infratuzilmasi. U. Nigmadjanov infratuzilmani ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor shakllariga bo4ishni tavsiya etib, agrosanoat mahsulotlari va resurslari sotilishini ASM tarkibida alohida bo‘g‘in sifatida ajratish kerakligini taklif qilganI. Fikrimizcha, agrosanoat mahsulotlari hamda resurslari- ning sotilishi ASM tizimida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Chunki, tayyor mahsulot sotil- gandan keyin, tovar-pul shakliga ega bo Madi va ishlab chiqarishning yangilanishi uchun imkoniyat yuzaga keladi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sotilishi o‘ziga xos sharoitlami talab qiladi. Masalan, bir qator qishloq xo‘jaligi mah- sulotlarini iste’molchilarga yetkazib berish maxsus transport va maxsus saqlash sharoitlari hamda qadoqlash vositalarini talab qiladi, ya’ni, bunday mahsulotlaming savdosi ham maxsus infratu- zilma xizmatlarini yaratishni taqazo etadi. Shu bois ASM mah- sulotlarini hamda moddiy-texnik resurslarining sotilishi alohida bo‘gMn sifatida ASM infratuzilmasiga xosligicha qoladi. Shuning uchun ASM mahsulotlari va resurslarining sotilishi infratuzilman- ing elementi sifatida talqin qilinishi metodologik nuqtayi nazari- dan ma’qulroqdir. Darhaqiqat, infratuzilmaning mazkur to‘rt shakli ko‘p adabiyot- larda talqin etilgan va yoritilgan. A.Tursunov infratuzilma shaklla- rining elemenlarini belgilashda kamchilik va qarama-qarshiliklar- ga yoM qo‘ygan. Masalan, u savdoni ijtimoiy infratuzilma turiga kiritadi. Chunki, infratuzilma xizmatlarini ко ‘rsatuvchilaming ak- sariyati (bepul xizmatlar ko‘rsatish hollaridan tashqari) tovar va xizmatlar savdosi bilan shug'ullanadi. Yoki, tadqiqotchi yoM qu- rilishini ishlab chiqarish inffatuzilmasiga mansub deb ta’kidlashi ham unchalik aniq emas. Chunki yoM qurilishi iqtisodiyotning alohida sohasi, qurilish industriyasiga mansubdir. Lekin yoM va undan foydalanish infratuzilmaning tarkibiy qismidir. Mazkur tad- qiqotchining aholi tashuvchi transportning ijtimoiy inffatuzilmaga mansubligini ta’kidlab, keyin transport xo‘jaligining barcha turlari ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiradi deyishi bir-biriga qarama- qarshi fikrlardir. Infratuzilmani guruhlashda Ch.Murodovning nuqtayi na- zari o‘zining chuqurligi va ko‘p qirraliligi bilan alohida diqqatai jalb etadi, Ch.Murodov doktorlik dissertatsiyasida infratuzilma: «... ishlab chiqarish, shaxsiy, ekologik va bozor infratuzilmasi yo‘nalishlarida shakllanib rivojlanadi»,- deb ta’kidlaydi va ulami alohida-alohida tavsiflab, tarkibini aniqlaydi hamda bozor inf- ratuzilmasining tadqiqiga alohida e’tibor qaratadiI. Shunday qilib, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan nomlar bilan yuriti- layotgan infratuzilma xizmatlari turlarining mavjudligini e’tirof etgan holda, infratuzilmani umummilliy (magistral yoki xalq xo'jaligi), institutsional, ijtimoiy, bozor va ishlab chiqarish shakl- lariga bo‘lish mumkin. Ta’kidlash joizki, infratuzilmaning tasnifi juda murakkab iqtisodiy muammodir. Uning o‘rganilishi maxsus tadqiqot mavzusi bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilayotgan infratuzilma majmuining tasnifi shartli ravishda mazkur sohada qilingan ilmiy ishlar asosida hamda infratuzilmaning bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatayotganligini inobatga olgan holda bi- zning tomonimizdan amalga oshirilgan. Infratuzilma majmuining tarkibiy tuzilishi soha mutaxassislarining turli metodologik yon- dashuvlarining sintezlashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, biz ulami o‘z ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida ishlab chikdik. Tavsiya etilayotgan infratuzilma majmui tasnifining farqi shun- daki, unda infratuzilma uchta katta guruhga: ishlab chiqarish, mezoinfratuzilma va ijtimoiy infratuzilmalarga bo‘lingan. Buning asosiy sababi, ba’zi infratuzilma xizmatlari turlari ikki yoqlama xarakterga egaligidir. Masalan, lizing xizmati o‘zining evolyutsi- yasi va mazmuni jihatidan bozor infratuzilmasiga xosdir. Biroq lizing ko‘p hollarda uzoq muhlat xizmat qiladigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishga qoTlaniladi. Birinchidan, lizingga olingan vositalar ishlab chiqarish jarayonidabevosita ishtirok etadi. Ikkinchidan, lizing shartnomalariga ko‘ra, lizing obyektini lizing- ga olgan «shaxs» sotib olishi yoki shartnoma muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining ixtiyoriga qoldirilishi mumkin. Bu holda lizittg moddiy-texnik ta’minot, ya’ni ishlab chiqarish in- fratuzilmasi sifatida namoyon bodadi. Yana bir misol: umumiy temir yo‘l tarmog‘idan yo‘lovchi tashuv- chi va yuk tashuvchi korxonalar birdek foydalanadi. Shuningdek, huquq tartibot institution ham ishlab chiqarish korxonalariga va aholiga teng ravishda xizmat ko‘rsatishi mumkin. Bunday misol- lami ko‘plab keltirish mumkin. Misollardan ko‘rinib turibdiki, umummilliy, bozor va institutsional infratuzilma shakllarining ba’zi obyektlari ko‘rsatadigan xizmatlari, ham ishlab chiqarish ham ijtimoiy tavsifga ega ekan. Shu tufayli ulami mezoinfratuzil- maga mansub deb topdik. Milliy iqtisodiyotning barcha tadbirkorlik subyektlarini rivoj- lantirish va mamlakat ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti uchun umumiy sharoit yaratish esa umummilliy infratuzilmaning asosiy vazifasidir. Mazkur infratuzilma milliy temir, avtomobil, havo va suv yo‘llari hamda transport! ari, suv, gaz va neft quvurlari, sug‘orish inshootlari, elektr tarmoqlari, milliy va xalqaro alo- qa hamda komunikatsiya tizimi va boshqa milliy maqomga ega bo‘lgan inshootlari hamda infratuzilma obyektlari kabilardan tash- kil topgan. Institutsional infratuzilma esa jamiyat boshqaruvining uzluk- siz faoliyatini, iqtisodiy-ijtimoiy adolat, mamlakat xavfsizligini, demokratik va siyqsiy jarayonlaming barqarorligini ta’minlash orqali ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanishi va rivoj- lanishi uchun tegishli sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. Bu infratuzilma: davlatning boshqaruv organlari va tashkilotlari, sud, prokratura, mudofaa, milliy xavfsizlik tizimi, demokratik, siyosiy, diniy, gumanitar tashkilotlar, hukumatning turli darajadagi milliy va xalqaro institutlaridan iborat. Ijtimoiy infratuzilma aholi sog‘ligini saqlash va tiklash, ta’lim- tarbiya, madaniyat, maorif, maishiy-hordiq, umumiy ovqatlanish tizimlari, aholini ijtimoiy himoyalash, gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash, kommunal hamda ekologik xizmatlar va boshqalami qamrab oladi. Ta’kidlash lozimki, mazkur infratuzilma xizmat- larining ko‘p qismi aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga bevosita qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish sohalariga (ikki yoqla- ma xarakterdagi xizmatlar turidan tashqari) bilvosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasiga quyidagilar kiradi: moddiy- texnik ta’minot, turli ta’mir servis xizmatlari, ishlab chiqarish sohalariga xos (yuqoridagi infratuzilmalarga kirmaydigan) tovar harakati tizimi, yo‘l transporti, suv inshootlari, aloqa elektr tar- moqlari, mahsulot tayyorlash, uni saqlash, qadoqlash, sotish, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalar. Ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarida ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlarining roli juda kattadir. Ayniqsa, to‘yinmagan va raqobatsiz bozorda aholining tovarlarga bo‘lgan talabini qondirish uchun tovar ishlab chiqarish hajmini oshirishga zarurat tug‘iladi. Bunday hollarda ishlab chiqarish tavsifidagi xizmatlarga nisbatan boshqa turdagi xizmatlarga talabning oshishi tabiiydir. Chunki, bunday bozorlarda mahsulot hajmini ko‘paytirish uchun ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarini kengaytiradi. Natijada ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish ja- rayoniga ko‘proq miqdorda jalb etila boshlanadi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan xizmatlar uchun talabning o'sishiga asos bo‘ladi. ASMda ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalari bilan fer- mer xo‘jaliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rganish mazkur hamkorlik aloqalarining iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy pas- ayishlarga ta’siri mohiyatini tushunib yetishda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Bu nisbatan barqaror faoliyat uchun institutsional maydonni shakllantiruvchi, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita qo‘llab -quwatlanuvchi va ulaming rioya etilishini davlat tomonidan tartibga solinuvchi umumiy ijtimoiy me’yorlardir. In- stitut tushunchasi ijtimoiy me’yor sifatida insonlaming ijtimoiy munosabatlari va ulaming namoyon bo‘lish shakllari bilan uzviy bog'liqdirI. Ishlab chiqarish infratuzilmasi barcha korxonalarini funksional belgisi bo‘yicha ham tasniflash mumkin. Ulaming ma’lum bir qis- mi ishlab chiqarish infratuzilmasi va fermer xo‘jaliklarining asosiy va yordamchi quyi tizimlari faoliyatini tashkillashtirish, barpo etish, rivojlantirish va ayni paytda ulaming faoliyatini nazorat qi- lishga bevosita javob beradi. Д5М<За ishlab chiqarish inffatuzilmasini shakllantiruvchi, rivoj- lantiravchi va amal qilishini ta’minlovchi iqtisodiy, atributiv va boshqa belgilarini, shuningdek mazkur jarayonga bevosita ta’sir etuvchi bir qator tashqi omillami hisobga olgan holda rivojlantirish va mazkur infratuzilma korxonalarining o‘zaro uyg‘unligini ta’min etish agrosanoat ishlab chiqarishining barqaror faoliyat ко‘rsati shiga va istiqbolda rivoj topishiga imkon beradi. Agrosanoat majmui va ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining faoliyati bir biri bilan uzviy bog'liq. Har bir korxo- naning о‘mi va vazifalari alohida holatda, uning ishlab chiqarish faoliyati va ta’sir ko‘rsatish doiralari bilan cheklangan bo'ladi. Bir necha korxonalaming salohiyatini, nazorat funksiyalarini va maj- buriyatlarini yagona tuzilmaga birlashtirish ulaming ishlab chiqarish unumdorligi va samaradorligini oshiradi. Infratuzilmaning amal qilishi, bir tomondan, moddiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi inson, inson kapitali, uchin- chi tomondan insonlar hayot faoliyati tabiiy muhitini qayta tiklash- dir. Bunda ishlab chiqarish (butlovehi qismlami bir korxonadan ikkinchisiga yetkazib berish), ijtimoiy (oyoq kiyim, kiyim-kechak ta’miri) va atrof-muhit muhofazasi (suv, havo, tuproq va shu kabi- lami tozalash) infratuzilmalari sohalarida xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan iqtisodiy ne’mat sifatida tovar qiymatining o‘zgarishi amalga oshadi. Mazkur infratuzilmalami shakllantirish va rivoj- lantirish ko‘p jihatdan qishloq aholisining to‘lov qobiliyatiga, qishloq hududlarida investitsion faollik darajasiga va ayni paytda agrosanoat ishlab chiqarishini tashkil etish xususiyatlari, omillari va shart-sbaroitlariga bog‘liqdir'. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalaming o‘zaro hamkor- lik sikli, hamkorlik aloqalari jarayoniga tobora ko‘proq xo‘jalik yurituvchi subyektlami qamrab oluvchi zanjimi vujudga keltiruv- chi doiraviy aylanishni ifoda etadi. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalaming o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashning respub- lika va mahalliy institutlar ko‘rinishidagi tizimi mavjud. Bozor uchun muhim bo'lgan iqtisodiy axborotlami tarqatuvchi axborot agentliklari, ommaviy axborot vositalari, Internet- agentliklari - bu res- publika institutlari hisoblanadi. Mintaqa boshqaruv organlari to- monidan tashkil etiluvchi tadqiqot markazlari, mahalliy axborot agentliklari, marketing markazlari, uyali va boshqa aloqa tizim- lari; infratuzilma subyektlarini axborot bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi muassasalar; u yoki bu tumanda mavjud bo‘lgan mahalliy me’yor va qoidalar, urf-odatlar va boshqalar mahalliy institutlar sifatida e’tirof etiladi. Infratuzilma korxonalarining hatti-harakatlarini bir korxona- ning faoliyati qisman bo'lsada ikkinchi bir korxonaning faoliyat- iga bog'liqlikda bo‘lgan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektla- rining halqasimon faoliyati sifatida ко‘rib chiqish mumkin. Ya’ni bir infratuzilma obyektining tayyor mahsuloti yoki xizmati boshqa bir infratuzilma obyekti uchun xomashyo bo‘lib hisoblanadi uning asosida mutlaqo yangi ko'rinish va sifatdagi mahsulot yoki xizmat ishlab chiqariladi. Mazkur holatda ishlab chiqarish va infratuzilma sohalari korxonalarining o‘zaro xatti-harakatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olish muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qayta ishlovchi korxonalar qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarsiz, asbob-uskunalami ta’miriash xiz- matlarisiz, ta’minotchi va yuk tashuvchi firmalarsiz, sotish bozor- I larisiz, faoliyatni tartibga soluvchi davlat organlarisiz tola qonli faoliyat ko‘rsata olmaydilar. Sanitariya - veterenariya stansiyalarining ish faoliyati ma’lum darajada o‘simlik va hayvonlami himoyalovchi vaksina va vosi- talami ishlab chiqaruvchilar hamda ta’minotchilar, bu xil xizmat- laming asosiy iste’molchilari bolgan atrof-muhitmuhofazasi sub- yektlari va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaravchilari; suv tar- moqlari va tozalash inshootlari ulaming ustidan nazorat qiluvchi stansiyalhr faoliyati bilan bevosita bogliqdir. ASMning samarali va barqaror rivojlanishining muhim sharti majmua sohalari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, uning baf- cha tashkil etuvchilari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat va muvofiqlikni ta’minlashdan iboratdir. Mos ishlab chiqarish infratuzilmasi mav- jud bolmagan ko‘pchilik vaziyatlarda qayta ishlovchi korxonalar xarid narxlarini pasaytirish va sotish narxlarini oshirish maqsadida o‘zlarining monopol mavqelaridan foydalanadi1. Bu qishloq tumanlarida ommaviy tarzda go‘sht, sut, moyli ekin- lar urug‘i (juvoz), don (un tegirmonlari) va boshqa mahsulotlami qayta ishlash bo‘yicha kichik sexlaming shakllanishiga olib keldi. Unchalik katta bolmagan qayta ishlovchi korxonalami qurish fer- mer xo‘jaliklaridan katta hajmdagi kapital qo‘yilmalami talab eta- di, lekin kompleks qayta ishlash imkoniyatlari yetarli bolmagan hollarda xomashyolami asossiz ravishda nobud bolishiga olib kel- moqda. Qayta ishlovchi korxonalar o‘zlarining xomashyo hamkor- larini yo‘qotaborib, ishlab chiqarish quvvatlaridan tola foydalan- mayapti, quvvatlardan foydalanish koeffitsientining 20 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranib turishi xomashyoni qayta ishlash nar- xining qimmatlashuviga, ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat tovar- lari raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda. Ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali modeli raqobat- bardoshlik muhitida va kooperatsion aloqalarni rivojlantirishga I yo‘naltirilgan holda mavjud bo‘ladi. Yirik korxonalar ularning atrofida mayda va o‘rta ishlab chiqarish, innovatsion, huquqiy va maslahat xizmatlarini taklif etuvchi servis korxonalarining sama- rali tizimi shakllangan holdagina raqobatbardosh bo‘lib boradi. Shu tariqa, yaxlit tarmoq klasteri shakllanadi. Faqatgina shunday sharoitdagina bosh korxonaning egiluvchanligi o‘sib boradi. U to- bora yakuniy mahsulotga nisbatan bozor talablarining o‘zgarishiga moslashib boradi. Bunday yondashuv innovatsiyalarni tezkor joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash va shu kabi bir qator afzalliklar- ga ega bo‘lish imkonini beradi. Infratuzilma institutlari tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash borasidagi muhim vazifa ko‘p sonli tarmoqlaming o‘zaro kelishilgan hamkorlikdagi faoliyatini ta’min etishdan ibo- ratdir. Agrosanoat majmui tarmoqlari barcha bo‘g‘inlarini mu- vozanatlashgan holda rivojlantirish - mamlakatni oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi xomashyosi bilan ta’minlash muammosini hal etishning muhim shartidir. Iqsodiyot tarmoqlarining o'zaro muvo- fiqlashgan hamkorlikdagi faoliyatida infratuzilmaning katta o‘rin tutishi shunday muhim bir holat bilan belgilanadiki, u ijtimoiy tak- ror ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida: (ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol) ishtirok etadi. Unda ASMning har bir instituti o'ziga xos funksional vazifaga ega: biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarsa, boshqa- lari ulami qayta ishlash bilan mashg'ul bo‘ladi, uchinchisi uni iste’molchilarga yetkazib beradi, to‘rtinchisi servis funksiyalarini bajaradi, beshinchisi esa butun tizimni mehnat vositalari va pred- metlari bilan ta’minlaydi. Har bir tarmoqning korxona va tashki- lotlari faoliyati davomida o‘zlarining xo‘jalik manfaatlaridan kelib chiqib ish ko‘radi va tovar ishlab chiqaruvchi sifatida alohidalash- gan bo‘ladi. Ular bir asosiy holatda o‘zaro bog‘langandir, ya’ni ularning har biri takror ishlab chiqarish siklining awalgi bos- qichida ishlab chiqarilgan resurslaming iste’molchisi bo‘lganlari holda, bir vaqtning o‘zida yangi mahsulotni ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichida iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan resurs- laming ishlab chiqaruvchisi ham hisoblanadilar. ASM ishlab chiqarish infratuzilmasi institutlari ti^mi murak- kab ko‘rinishdagi funksional, xo‘jalik va ijtimoiy tuzilmaga ega. U ko‘plab agroservis, fan sohasi, ta’lim muassasalari tashkilot- lari va birlashmalari kabi ko‘p sonli korxonalardan iborat bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish xizmatlari ko‘rsatish soha- sidagi koixona va tashkilotlaming faoliyati ko‘plab iste’molchilar, qjshloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qaratilgan bo‘lsa, agrosanoat majmuining yakuniy mahsulotlari savdo tashkilotlari orqali individual (chakana) iste’molchilarga yetib keladi. Bu pir- ovard mahsulot ishlab chiqarish tuzilmasini ijtimoiy ehtiyojlar ko‘lami va tuzilmasiga yaqinlashtirish maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantirishda alohida elastiklik va moslashuvchanlik bo‘lishini talab etadi. ASM tuzilmasida quyidagi eng muhim sohalami ajratib ko‘rsatish mumkin: qishloq xo‘jaligi, engil, oziq-ovqat va go‘sht-sut sanoati ham- da taiyorlov tizimi korxonalarini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari; bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi: chorvachilik va o‘simchilik; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat; infratuzilma xizmatlari: qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsa- tuvchi ishlab chiqarish-texnik, agrokimyoviy, meliorativ, atrof- muhit muhofazasi, veterinar xizmatlar; qishloq xo‘jaligi xomashyosini saqlash, tashish, tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarishlar hamda agrosanoat majmui mahsulotlarining ulgurji va chakana savdo bozorlari. Olimlaming ASM tarkibiga informatsion, ilmiy-tadqiqot, moli- yaviy, joriy etish markazlari, konsalting xizmatlari kabi bozor tuzilmalarini ham kiritish lozimligi to‘g‘risidagi qarashlari asosli bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida tovar va xizmat- lami mustaqil ishlab chiqaruvchilar hamda ishlab chiqarisb - qay- ta ishlash- sotish - iste’mol siklining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qilayotgan barcha subyektlar endilikda, to‘liq, haqqoniy va o‘z vaqtida zarur bo‘lgan axborotlarga ega bo‘lmasdan turib, bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata olmasligi hech kimga sir emas. Boshqaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, va kutilayot- gan iste’molchilarga butlovchi qismlar va texnologiyalar, xom- ashyo ta’minotchilari, tovar va kapital bozorlaridagi vaziyat va narx-navo, biznes olamidagi holat, umumiy iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, iqtisodiyot rivojlanishining uzoq muddatli tendensi- yalari, xo‘jalik yuritishning huquqiy shart-sharoitlari va shu kabi- lar to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda ham zarur. To‘laqonli axborot moliyaviy xavf-xatami pasaytirish evaziga aniq ustunlikka ega bo'lish, iste’molchilaming xohish-istaklarini o‘z vaqtida ilg‘ab olish, tashqi muhitni kuzatib borish, strategiyani muvofiqlashtirib borish, faoliyatni haqqoniy baholay olish, reklamaga ishonch- ni oshirish, samaradorlikni oshirish kabi imkoniyatlami beradi. Boshqarish axborotni olish va qabul qilishdan boshlanib tegishli axborotlar asosida boshqaruv qarorlari bajarilishi nazoratini amal- ga oshirish bilan tugallanadiI. U yoki bu servis xizmatining mavjudligi va uning individual, hududiy yoki ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlashdagi o‘mini yaqqol tasavvur etish amaliyotda “faktor-minimum”ning cheklovchi ta’sirini bartaraf etish va agrosanoat majmuida ijobiy tarkibiy siljishlami ta’minlashga qaratilgan investitsion siyosat chora-tadbirlarini qo‘llash borasida ASM ishlab chiqarishi tizimi- dagi cheklovchi bo‘g‘inlami tezda aniqlab olish imkonini beradi. Bozoming rivojlanishi, talab va taklif oritasidagi o‘zgarishlar natijasida ASM ishlab chiqarish infratuzilmasi quyi tizimlari funksiyalarini ajratishga zarurat tug‘ildi. Shunday qilib, pirovard mahsulotning sifati ishlab chiqarish butun texnologik zanjiri- ning ishonchli faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liqdir. Ammo insonning ishtirokisiz yuqori sifatli mahsulot olish amalda mumkin emas. Shuning uchun ASMga tegishli yuqori malakali kadrlar salohiyati- ning mavjud bo'lishi takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida mashina va uskunalardan samarali foydalanish va texnik ta’mirlashning optimal xizmatlarini tashkil etish orqali ishlab chiqarishda minimal yo‘qotishlami ta’minlash mumkin. JCulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, tashkiliy-tuzilmaviy yo‘sindagi ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlaming ishlab chiqarishga yoki muomala sohasiga mansubligi, funksional belgi- lari esa ASM takror ishlab chiqarish tizimidagi o‘mi bilan tavsif- lanadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlari faoliyatini mod- diy-texnik ta’minot va texnik-ta’mirlash xizmatlariga bo‘lishimiz mumkin. Bunday yondashuv ishlab chiqarish va muomala sohasiga mansub bo‘lgan infratuzilma turli quyi va yuqori tizimlarining ASM takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zaro bog‘liq tarzda amal qilishini kuzatib borish imkonini beradi. ASM ishlab chiqarish infratuzilmasi korxonalarining mustaqil holda boshqa korxonalar bilan cheklangan faoliyatining samaradorligi darajasi past bo‘ladi. Barcha korxonalaming yagona vazifani bajarishlari va ulami nazorat qilishini yagona tuzilmaga birlashtirish ishlab chiqarish infratuzilmasining imkoniyatlari va samaradorligini oshiradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling