Oav matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi. Matbuot


Download 19.96 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.96 Kb.
#218738
Bog'liq
1-20 oav


OAV

Matbuot deb ommaviy axborot vositalarining bosma shakllariga aytiladi. Matbuotga gazeta, jurnal, almanaxlar kiradi.

Matbuot — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi – pressa). M. ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. M. jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, ilmiytexnikaviy va boshqalar) yoʻnalishlarda yoritadi.

M. 15-asrning oʻrtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va televideniye paydo boʻlguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning , bilim va gʻoyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat boʻlgan, 17-asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa jur.lar tashkil topdi; 19-asrning oʻrtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (qarang Informatsiyey agentlik). 20-asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo boʻlishi va taraqqiy qilishiga qaramay, M. hamon kishilik jamiyatidagi oʻz oʻrni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali taʼsir koʻrsatayapti. Butun dunyoda M.ning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.

Tarixiy rivojlanish jarayonida M.ning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-maʼmuriy tashkilotlar va boshqalar), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va boshqa tomonidan taʼsis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. M. qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targʻib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat maʼnaviy hayotiga cherkov taʼsirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy M. tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilgʻor ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar oʻrnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar M.ning xizmati katta boʻldi.

Oʻzbekistonda M. 19-asrning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870 yilda oʻlkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan "Turkestanskiye vedomosti" va "Turkiston viloyatining gazeti" Markaziy Osiyodagi M.ning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gazetalar 1905–07 yillardan faoliyat koʻrsata boshladi ("Taraqqiy", "Xurshid", "Shuhrat" va boshqalar). Ularning yoʻlini 20-asrning 2-oʻn yilligida chop etilgan "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot" gazetalari, "Oyina" jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, maʼrifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish gʻoyalarini targʻib qildilar.

1917 yildan soʻng , sobiq SSSR tarkibidagi barcha ittifoqdosh respublikalarda boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham yangi siyosiy yoʻnalishdagi partiyasovet matbuotining koʻp tarmoqli tizimi qaror topdi. Umumdemokratik qoidalarga zid ravishda M.ning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yakkapartiyaviylik – kommunistik partiyaning mutlaq yakkahokimligi sharoitida kechdi. Gaz., jur.lar, kitoblar qiyofasi, yoʻnalishi shu hukmron partiya rahbariyati koʻrsatmalari asosida belgilandi.

Istiqlol tufayli Oʻzbekiston M.i taraqqiyotida ham sifat jihatidan butunlay yangi – demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar, uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham M. nashrlarini taʼsis etish huquqiga ega boʻldilar. Mamlakatda matbuot erkinligitl taʼminlashga imkoniyat yaratila borildi. Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bogʻliq moliyaviy va texnik masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun amaliy yordam koʻrsatish maqsadida OʻzR ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasi tashkil qilindi (1996 yil 30 avgust). Bu jamgʻarma ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil, oʻzoʻzini boshqaruvchi, hukumatga qarashli boʻlmagan tashkiloti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining "[[Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" (1996 yil 30 avg .), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997 yil 26 dek.), "[[Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida" (1997 yil 24 apr.), "Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida" (1997 yil 24 apr.) qonunlari qabul qilinishi Oʻzbekiston M.i taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.

Oʻzbekiston M.i ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida" farmoni (2002 yil 3 iyul) ga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, viloyat hokimliklari xuzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi. Mazkur islohot mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashtirish va erkinlashtirish sharoitida respublika aholisining axborotga boʻlgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng koʻlamda rivojlantirishga koʻmaklashish, axborot xizmatlarining zamonaviy bozorini shakllantirish yoʻlida oddinga tashlangan katta qadam boʻldi.

Oʻzbekiston M. mahsulotlari (bosma nashrlar) davriy va davriy boʻlmagan nashrlarga boʻlinadi. Davriy nashrlar ga gazeta, jur., jurnal tipidagi nashrlar (byulletenlar, ilmiy axborotlar va boshqalar); davriy boʻlmagan nashrlarga kitob, risola, bosma fafik mahsulotlar va shahrik. kiradi. Bular ham, oʻz navbatida, bir qancha turlarga – umumsiyosiy va ixtisoslashgan; muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, xalq harakatlari, partiyalar, uyushmalar, jam-gʻarmalar.tijorat, diniy tashkilotlar va boshqalarning gazetalari; hududiy yunalishga qarab – markaziy (mamlakat miqyosida), viloyat, shahar, tuman, quyi M. organlari (qarang Kup tirajli gazeta) boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida reklamatijorat, xususiy gazetalar yuzaga keldi (yana q. Gazeta).

Jur.lar mohiyatiga koʻra – ijtimoiysiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy, adabiybadiiy, tabiiy-ilmiy, qishloq xoʻjaligiga oid va shahrik.; yunalishiga qarab – bolalar, yoshlar, xotinqizlar va boshqa nashrlarga boʻlinadi. Muassisligiga koʻra – hukumat idoralari, nodavlat tashkilotlar, xususiy jur.lar ham chiqmoqda (yana. q. [[Jurnal).

Kitob mahsulotlari maqsadiga qarab – ommaviysiyosiy adabiyot, badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot, ilmiy-ommaviy adabiyot, darslik, maʼlumotnoma adabiyoti va shahrik.ga boʻlinadi (yana q. Kitob). Mamlakatda bozor iktisodiyoti talablaridan kelib chiqib, keng ommaga zarur boʻlgan, haridorgir kitoblar nashr etadigan nashriyotlar tizimi yuzaga keldi (yana q. [[Noshirlik).

"Taraqqiy" gazetaning 1soni chiqqan 27 iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanib keladi (1993 yildan).



Oʻzbekiston M.iga doyr masalalar asosan "Oʻzbekiston matbuoti" jur. ida yoritiladi.

Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. O’zbekistonda ham siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan bir vosita ham ommaviy axborot vositalaridir. Shu nuqtai  nazardan olib qaralganda, unga to’rtinchi hokimiyat darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. Hozirgi kunda OAV nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi  sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat  faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni  amalga oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi  demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. Xususan,  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida “Har  kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga  ega” deyilgan. Shuningdek O’zbekiston Respublikasi “Axborot olish  kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida ham “Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi.  Har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va  tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi” deyiladi. Hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston aholisining ko’p millatli  ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir  necha tilda teleko’rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. Buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning  eng ta’sirchan vositasi – matbuot, radio, televideniye va Internet bo’lib qolaveradi. Shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo’lgan davlatda OAV jamoatchilik nazoratining asosiy sub’yektlaridan biriga aylanadi. Mamlakatimizda ham qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi Qonunida OAV jamoatchilik nazoratining sub’yekti sifatida e’tirof etilgan. Zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo’yicha ommaviy axborot  vositalari tipologiyasiga ko’ra 5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari.  Bugun ko’pchilikning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etib kelayotgan,  to’g’rirog’i, ommaviy axborotning o’ziga xos vositasi sifatida namoyon bo’layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o’zaro ijtimoiy muloqotida ham OAV muhim vosita sifatida yetakchi  o’rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham OAVda sog’lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. Sababi OAV jamiyat hayotining turli-tuman yo’nalishlarida qabul qilinayotgan  huquqiy-me’yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi  organlarining faoliyati to’g’risida xolis, tezkor va to’la-to’kis  xabardor  qiladi,  fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlashga  xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga  oshirish hizmat qiladigan vositadir. 
Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling