0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.24 Mb.
bet10/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

lx = K(m)/Mx(so‘m) (1)
Bu yerda: lx -ishlab chiqarish infratuzilmasiga qilingan xara­jatlaming qoplanishi, K(m) - qishloq xo‘jaligi pirovard mahsulo- tining qiymati, Mx-ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishga sarflangan moddiy xarajatlarI.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini yaratishga sarflangan sarf- xarajatlar 6-8 yil davomida o‘zini qoplaydiII III. Qishloq xo‘jaligi bi-
Ian qayta ishlash o‘rtasidagi faol integratsiyalashuvni ta’minlash agrosanoat majmuini samarali rivojlantirishning muhim omillari- dan biri sanalib, lining tarkibiga nafaqat ixtiyoriy tarzda kirgan, balki yuridik jihatdan mustaqil korxonalaming kelishilgan holdagi iqtisodiy va ilmiy-texnik siyosatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlami yaratib beradi. Yirik agrosanoat birlashmasi kor- xonalarining ustunligi barqaror yuqori sifatli mahsulot va xom- ashyo yo‘qotilishining past darajasi, mahsulotlami chuqur qayta ishlash, yuqori ekologik xavfsizlik, mahsulot tannarxining yetarli- cha pastligida ifodalanadi. Yagona texnologik jarayonning tarqoq bo‘g‘inlarini birlashtirish, ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengay- tirish hisobiga erishiladigan iqtisodiy samara iqtisodiyotdagi biri- kish jarayonlari uchun rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi. Bun- ing natijasidahamkorlikdagi jarayonlarda ishtirok etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarishlarining barcha bosqichlarini yagona tarzda boshqarishni tashkil etishga ishtiyoq paydo bo‘ladi. Oqilona kooperatsiya va integratsiya mehnat unumdorligi va sotish hajmini oshirishning qo‘shimcha manbalarini ochib beradi va turli xil tayyor mahsulotlami yaratish bo‘yicha hamkorlikda samarali ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.!
Fermer xo‘jaliklarining past xarid qobiliyati agrosanoat maj- mi^ida muhandislik sohasini isloh qilishni talab etadi. Fermer xo‘jaliklarining texnika bilan ta’minlanishidagi tanqisliklami qop- lash mavjud MTPlami rivojlantirish va yangilarini tashkil etish va ular tasarrufidagi mashina va texnikalardan yuqori samara bilan foydalanilish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlami davom etti- rishni ta’lab etadi.
Fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli va ulaming amalda yer- dan unumli foydalanish boras ida tarkib topgan vaziyatidan kelib chiqqan holda, yaqin yillar ichida quyidagilami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 1

  1. yerdan foydalanuvchilarga iqtisodiy va ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni kuchaytirish maqsadida yerdan foydalanish borasida- gi qonunchilikka rioya etilishini to‘liq nazorat qilish;

  2. yerdan foydalanish tizimi tavsiyanoma va ko‘rsatmalariga monand ravishda agrotexnika va almashlab ekish texnologiyalari- ga amal qilish;

  3. yer unumdorligining pasayishi va uning muomaladan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ygan, qonunchilikka rioya etmagan yerdan foy- dalandVchilami yerdan foydalanish borasidagi huquqlaridan mah- rum etish.

Turli faoliyat turlarining ixtisoslashuvi nafaqat, xo’jalik tuzil- masining u yoki bu bo‘g‘ini, hududlaming turli tuzilmalari doira- sida ham amalga oshadi. Mahsulot va xizmatlami ishlab chiqarish borasida ixtisoslashuvga turli yo‘nalish va tavsifga ega bo‘lgan quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  • qishloq xo‘jaligi uchun ayniqsa xos bo‘lgan mahsulot turlari ishlab chiqarish yo‘nalishlarini belgilab beruvchi tabiiy-iqlim sha- roitlari;

  • yoqilg‘i-xomashyo va energetika resurslarining hududiy joylashuvi;

  • ishchi kuchi qiymatiga, ishlab chiqarishning transaksion xara- jatlari va tavakkalchilikka bog‘liq tarzda uning barqaror faoliyatini amalga oshirishda shaffoflik va boshqarilishga moyillik darajasi (norasmiy tuzilmalar ulushi) ga ta’sir ko‘rsatuvchi siyosiy va ijti- moiy-iqtisodiy omillar;

  • transport -ekspeditsiya va bojxona xizmatlari sohasida ixtisos- lashuv va savdoda vositachilik tavsifini belgilab beruvchi, mint- aqaning geosiyosiy maydondagi o‘mi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarining alohidalashuvi bevo- sita iste’molchidan oraliq yoki pirovard mahsulot, xomashyoning uzoqlashuvida namoyon boladi va yil sayin yuk tashishlaming o‘rtacha uzoqligining ortib borishida aks etadi. Iste’molchilarga oraliq yoki pirovard mahsulotlami o‘z vaqtida yetkazib berish ular uchun ishlab chiqarishni yo‘iga qo‘yish talab etiladi.
52
Bundan tashqari, tnahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste’mol qilishning mavsuraiylik omili ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, fermer xo‘jaliklari bug‘doy va donni faqatgina ba- hor-yoz oylarida etishtirishsa, ular qayta ishlash sanoati tomonidan butun yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu sohada mahsulot so- tish va ishlab chiqarishning tartibi va maromiyligi, quvvatlaming mos tushmasligi ishlab chiqarish va iste’molning moddiy oqimla- rini joy, vaqt va yetkazib berish hajmlari bo‘yicha muvofiqlashti- rish zarurligidan dalolat beradi. Bu vazifa infratuzilma institutlari zimmasiga yuklanadi.
Har qanday u yoki bu darajada rivojlangan iqtisodiy tizim o‘z oldiga tizimning yashovchanligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator uzoq muddatli global maqsadlami qo‘yadi. Bar- cha faoliyat turlari, shu jumladan moddiy ishlab chiqarishning asosiy qismi, u yoki bu darajada tizimga xizmat ko'rsatadi, yoxud tizimning yakuniy maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi yordamchi tavsifdagi moddiy va ij- timoiy ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi.
O.C. Белокрылова va boshqa qator olimlar xizmat deyilganda mehnatning o‘ziga xos iste’mol qiymatini tushunish lozimligini ta’kidlaydilar, zero, xizmat buyum sifatida emas, balki faoliyat si- fatida ko‘rsatiladi, ya’ni, u bu borada aytaylik biror bir mashina ' yoki uskunadan deyarli farq qilmaydiI.
Yuqorida keltirilgandan shunday xulosa qilish mumkinki, korx- ona uchun iste’mol qiymatini nafaqat moddiy tavsifga ega bo‘lgan texnik vositalaming xizmati, balki, reklama, marketing xizmatlari, injiniring, investitsion siyosat va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatlar berish kabi nomoddiy ko‘rinishdagi xizmatlar ham yaratadi. Ular moddiy-texnik ta’minot va ishlab chiqarishga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari kabi yordamchi tavsifga ega bo‘lgani holda, bevosita yoki bilvosita asosiy ishlab chiqarishning pirovard mahsulotiga ta’sir ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqarish va
iste’molning bir vaqtning va bir joyning o‘zida amalga oshishi ko‘plab ishlab chiqarish tavsifidagi xizmatlarning o‘ziga xos xu- susiyati hisoblanadi. Наг qanday tizimning amal qilishi ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi, agar ishlab chiqarish infratuzilmasi tizimining amal qilishi qonimlari zaruriylik va etarlilik nuqtayi nazaridan bayon etiladigan bo‘lsa, u holda, aytish mumkinki, iqti- sodiy zaruriyat korxonaning ehtiyoji bilan, yetarlilik esa transak- sion yoki o‘zaro ta’sir ko'rsatish xarajatlarini tejash bilan belgi- lanadi. *
Amaldagi qonunlarga ko‘ra, ishlab chiqarish infratuzilmasining ichki holatini ko‘p jihatdan tashqi muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lgan tizimlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Bu iqtisodiyot institutsional tuzilmasining ishlab chiqarish infratuzilmasiga ta’sirida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, transport korxonalarining faoliyatiga yuk va yo‘lovchi tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga sol- ish katta ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ko‘plab korxonalaming qarzga botishiga, narxli raqobatning yo‘qolishiga va sohaga davlat sub- sidiyalarining ajratilishi zarurligiga olib keladi. Ammo mazkur vaziyatda yuzaga keladigan salbiy holatlar bilan bir qatorda, ijobiy jihatlar ham kuzatilishini unutmasligimiz lozim. Transport tari­flarini davlat tomonidan tartibga solish subyektlariga yuk tashish narxlarining keskin o‘sishidan qutulish, transport korxonalariga esa davlat subsidiyalari, subvensiyalari va dotatsiyalarini olish im- konini beradi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish infratuzilmasi xizmatlarida alohida talablami qo‘yadi, chunki bunga barcha korxona va tashki- lotlaming iqtisodiy faoliyati, bilvosita aholining turmush darajasi ham bogTiqdir. Normal faoliyat ko‘rsatuvchi bozor iqtisodiyoti uchun barcha turdagi resurslar zaxirasi bo‘lishi talab etiladi, in- fratuzilma quvvatlari ham bundan mustasno emas. Ba’zi mutaxas- sislaming fikriga ko‘ra, ishlab chiqarish infratuzilmasi quvvatlar- ining zaxirasi iste’mol qilinayotgan quwatlaming 30-35 foizi atro- fida bo‘lishi kerak, aks holda, xo‘jalik shartnomalarining bajarilishi qiyinlashadi, kontraktlar bo‘yicha yuk yetkazib berish muddatlari barbod bo‘ladi, takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlarining
54
o‘zaro aloqalari, korxonalar ta’rainotining maromiyligi buziladi.
Ishlab chiqarish xizmatlari qiymatga ega bo‘ladi, chunki ular- ni sotish uchun resurslar talab etiladi va ayni paytda ular asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganligi uchun iste’mol qiymatiga ham ega bo‘ladilar. Infratuzilma xizmatla- rini ko‘rsatishda cheklangan resurslardan foydalaniladi, shun- ga mos tarzda xizmatlaming o‘zi ham cheklangan hisoblanadi, ular har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo'lmaydi. Ishlab chiqarish xizmatlarining bu xil barcha sifatlari ulaming navliligi, cheklanganligi va resurs sig‘imkorliligida namoyon bo'ladi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling