0‘zbekiston respublikasi oliy va 0‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-Rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi


Download 1.24 Mb.
bet7/78
Sana31.01.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1143365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
Qishloq xojalik infratuzilmasi

2-Rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi

Qishloq xo‘jaligida mehnat taqsimotining chuqurlashuvi nati- jasida yuzaga kelgan ixtisoslashuv, tabiiyki, uning ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishiga turtki beradi. Shunday ekan, ixti- soslashuvning takomillashuvi ASMda ishlab chiqarish infratuzil- masi yanada yangi ixtisoslashgan fimksional guruhlarga bo‘linib rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining mohiyati bajaradigan ko‘p qirrali fimksional vazifalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi yaxlit mehnat jarayoni uchun shunday iqtisodiy-ish- lab chiqarish sharoitlarini yaratadiki, unda ishlab chiqarish vosi- talari normal amal qilib o‘zlarining ishchanlik qobiliyatlarini uzoq muddatga saqlab qoladilar. Ishlab chiqarish infratuzilmasining bosh vazifasi milliy iqtisodiyotning samarali amal qilishi uchun korxonalararo aloqalami ta’minlash va ulami yaxlit xo‘jalik sub- yektiga aylanish uchun moddiy sharoit yaratishdir.


Shunga ko‘ra qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasiga berilgan ta’riflarga asoslanib uning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligida ish­lab chiqarish jarayonini bozor talablariga mos ravishda yangilash hamda sohaning raqobatbardoshligini oshirish uchun tegishli sha- roitlami yaratishdan iborat deb ta’kidlash mumkin. Qishloq ish­lab chiqarish infratuzilmasi o‘zining moslashuvchanlik, tezkorlik, bog‘lanuvchanlik va optimallik tamoyillari orqali ASM tizimida- gi korxonalaming bir-biri bilan iqtisodiy aloqalari uzluksizligini ta’minlash hamda xizmatlarini xo‘jalik subyektlarining talabiga muvofiq zamon, makon va zaruriy me’yorda, bozor sharoitiga mos ravishda etkazish orqali korxonalaming samaradorligini oshiradi.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi yer tarkibini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, soha mahsulotlarining nest-nobud bo‘lishining oldini olish va sifatini oshirish va ishlab chiqarishni modemizatsiyalash, orqali iste’molchilaming talabini qondira- di. ASM tizimidagi korxonalar bilan turli aloqalar uzluksizligini ta’minlash hamda infratuzilma xizmatlarini xo‘jalik subyektlarin- ing talabiga muvofiq yetkazib berish orqali fermer xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi qishloq xo‘jaligiga asosan texnik-texnologik, moddiy-texnik ta’minot, urug‘chilik va s^leksiya, ilmiy-tadqiqot, axborot-kommunikatsiya, mellio- ratsiya-irrigatsiya, agromarketing va agroservis kabi xizmatlami ko‘rsatadi. Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining maqsadi va bajaradigan funksional vazifalariga binoan uni turlicha tasni-
flash mumkin. Bundan tashqari, bu infratuzilmaga o‘simliklami himoya qilish, agrotexnik, veterenariya, sun’iy urug‘lantirish, texnik - ta’mirlash, huquqiy, ilmiy va axborot kabi maxsus xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari ham kiradi1.
2.-rasmda B.Salimov tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqa- rish, ijtimoiy va atrof muhitni muhofaza qilish institutsional-tar- moq tarkibiga ega boTgan xalq xo‘jaligi kompleksining uch so- hasini tashkil etadigan qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi kat- egoriyalan"va institutlari ajratib ko‘rsatilgan.
Afsuski, xozirgi vaqtgacha iqtisodiy adabiyotlarda infratuz- ilmani rivojlantirish masalalari yetarlicha o‘rganilmagan. Aynan ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarlicha taraqqiy etmaganligi iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi eng katta to‘siqlardan biri bo‘lib qolmokda. Rus olimi A.R. Belorusovning fikricha: «Ros- siya iqtisodiyoti shunday holatga keldiki, uning barqaror rivoj- lanishini ta’minlash va investitsion jozibadorligini oshirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasiga: energetika, gaz tarmog‘i, trans­port va aloqa uchun yalpi tarzdagi kapital qo‘yilmalari zarurdir»2. Bunday yalpi tarzda kapital qo‘yihnalami jalb etishga faqatgina, inftatuzilmaning ishlab chiqarish-iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari xususiyatini hisobga olgandagina erishish mumkin.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘plab omil- lar ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlan- ishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tabiiy-geografik, iqtisodiy, texnika-texnologik, siyosiy- huquqiy va ijtimoiy-madaniy. Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillami ta’sir etish yo‘nalishlariga ko‘ra, ikki: rag‘batlantiruvchi va cheklovchi jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Tabiiy-geografik omillar bloki o‘ziga ishlab chiqarish infratuz- ilmasi tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko'rsatuvchi tabiiy-


  1. Download 1.24 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling