0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
53-rasm. „Sarong 2005 „ avtomatlashgan asbobning chizmasi.
214 Bu liniyaning ishlash prinsipi quyidagicha: ikkita rulondan (1) aluminli folga kelib tushadi va u kesuvchi asbob (2) yordamida vertikal yo'nalishda kesiladi. Ikkita rulondagi tasmalarda yarim sharsimon shakl hosil qilina- di (3) va ushbu shakllar issiqlik yordamida bir-biriga o'zaro pay- vandlanadi (4). Bunda har bir hosil bo'lgan qolipni to'ldirish uchun yoriq joy qoldiriladi. Bu yoriq orqali qoliplar shamcha massalari bilan to'ldiriladi. Bunda jihoz turi quyish qolipi sifatida xizmat qiladi. Avtomat asbobning rezervuari (5) taxminan 30 1 massa saqlay- di. Shamcha massasi isitiladi va uzluksiz ishlovchi aralashtirgich yordamida aralashtiriladi. Dozalash nasos yordamida bajariladi. To'ldirilgan qoliplar zichyopiladi (6) va ular alohida tayyorlan- gan shamchalar bilan to'ldiriladi. So'ngra tasmadagi shamchalar soniga qarab chiziqlar qirqiladi (8), (9). Kesilgan chiziqlar sovuti- ladi (10) va avtomat asbob tayyor qadoqlangan shamchalarni itarib chiqaradi. Folganing yuzasi (qalinligi 40 mk) polipropilen plyonkasi bilan qoplanadi. ichki yuzasi esa yuqori bosimda polietilen bilan qop- langan bo'ladi. Moslama soatiga 1000-2000 dona shamcha ishlab chiqaradi. Shakllangan shamchalar tashqi ko'rinishi bo'yicha saralanadi va yaroqlilari tahlil qilinadi. Shamchalami 10-15 °C haroratda 2-3 soat davomida quritiladi. Bunda qadoqlangan shamchalar yuzasi- dagi sovutuvchi va sirpantiruvchi modda qoldiqlari havo oqimi yordamida yo'qotiladi. Tayyor shamchalar yarim avtomat yordamida qadoqlanadi va jihozlanadi. Konturli jihozlar karton korobkaga joylanadi va unga yorliq varog‘i solinadi. Yorliqda seriya raqami va saqlanish mud- dati ko'rsatiladi. Tayyor mahsulot quruq. qorong'i joyda 20 °C haroratda saqla- nadi. Shamchalar texnologiyasini takomillashtirishda ularni harorat 215 ta'siri bo'lmagan usullardan foydalanib. masalan. taxtakachlash usulida olish muhim bo'lib hisoblanadi. Bu usulning yutug'i shun- daki. issiqlikka chidamsiz bo'lgan dori moddalarning parchala- nishini va sedimentatsiyasining oldini olish imkoni bo‘ladi. Taxtakachlangan shamchalami tayyorlash jarayonida ulami itarib chiqarish uchun kuch kerak boTadi. Gidrofob yog'li asoslar moylovchi xossaga ega bo'lib. shamchani qolipdan itarilib chiqishi- ni yengillashtiradi. DF shamchalarga quyidagi talablarni keltiradi: bir xil jinsli boTishi, bir xil shaklga ega boTishi va xona haroratida qattiq bo lishi kerakligini. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling