0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


TA'SIRl UZAYTIRILGAN, TANANING MA'LUM A'ZOLARIDA TA'SIR QILADIGAN DORI TURLARI


Download 1.46 Mb.
bet117/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

TA'SIRl UZAYTIRILGAN, TANANING MA'LUM
A'ZOLARIDA TA'SIR QILADIGAN DORI TURLARI

Dorilar qabul qilingandan keyin ma'lum vaqtgacha qonda tera- pevtik konsentratsiyasi tanaga ta'sir qilib turadi. Qonda dori kon- sentratsiyasining me'yorida ushlab turish maqsadida uni kuniga 3-4 marta qabul qilib turish lozim.
Hozirgi vaqtda dorilarga nisbatan organizmning sezgirligi ortib ketayotganligi allergik kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar dori qabul qilingandan keyin uning qondagi konsentratsiyasini uzoq vaqt me'yorida ushlab tura- digan dorilar ustida chuqur izlanishlar olib borilishini taqozo etadi. Ikkinchi tomondan. qabul qilingan dori qonga so‘rilgandan so'ng tanada qon bilan aylanib, kerak a'zoga juda oz qismigina yetib boradi. Bu esa tananing kasallangan qismiga dori turining iloji boricha ko'proq miqdorini yetkazib berish (transportirovka) kabi yangi muammoni tug'diradi.
Hozirgi vaqtda dorilarga ehtiyojning yil sari ortib bori- shi dori ta'minotini tang ahvolga solib qo'ymoqda. Yuqorida- gi fikrlarning isboti uchun quyidagi statistika ma'lumotlarini ko'rsatib o‘tish lozim. Dunyo aholisining 15 % i allergiyaga chalingan. ayrim rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 25 % ni tashkil etadi. XXI asrga borib har ikki kishidan biri allergiya kasalligiga chalinishi mumkin. Asab kasalliklari ham tez o'sib bormoqda. Hozirgi kunga kelib bu kasallik 24 mar- ta ko'paydi. 300 million aholi esa kasallanish arafasida turib- di. 10 % aholi revmatizmga, har sakkiz kishidan biri qon tomir
kasalliklariga chalingan. Maktabni bitiruvchi yoshlarning 80 % i shartli ravishda sog‘ deb ataladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga qaraganda dunyoda 500 million odam parazitar kasalligiga, 270 million kishi isitma kasalligiga cha- ’ lingan. Yer shari aholisining 50 % dan ortig'i me'yoridan ortiq og'irlikka ega.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, o‘z vaqtida aholini dori-darmon bilan ta'minlash, uzoq muddatli ta'sir etadigan va tananing kerak a'zolariga ta'sir ko'rsatadigan dorilar yaratish hozirgi kunning eng dolzarb muammolari bo'Iib qolmoqda.
Ta’siri uzaytirilgan dori tayyorlash muammosi birinchi marta penitsillin va insulinning inyeksiya uchun ishlatiladigan dori turi yaratilishi bilan amalga oshirildi. Keyinchalik tablet- ka. kapsula, surtma dori kabi shakllarda ham qo‘llanila bosh- landi. Dorilarning ta'sirini uzaytirish quyidagi usullarda amal- ga oshiriladi:

  1. dori modda so'rilishini susaytirish;

  2. biotransformatsiyani kamaytirish;

  3. tanadan chiqib ketishini sekinlashtirish.

Ta'siri uzaytirilgan dorilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. tanada ma'lum vaqtgacha dorivor moddalar konsentratsiyas- ini bir me'yorda ushlab turishi;

  2. ta'sirini uzaytirish uchun ishlatiladigan kimyoviy, fiziologik. texnologik jarayonlar organizmga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi;

  3. ishlatiladigan yordamchi moddalar tanadan to'la chiqib keti- shi kerak. Ta'siri uzaytirilgan dorilami ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan arzon, ishlatilishi qulay va sodda bo‘lishi кегак.


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling