Icliiladigan preparatlarning ta'sirini uzaytirish usullari. lchiladigan dorilar ta'sirini uzaytirish yordamchi moddalar va tex- nologiya jarayonlariga bog'liq bo'lib. ular ikki guruhga bodinadi:
vaqti-vaqti bilan ta’sir etuvchi moddalarni ajratib chiqarib turadigan yoki qayta ta'sir qiluvchi dori turi;
uzluksiz ravishda ta'sir etuvchi modda ajratib turuvchi dori turi.
Birinchi guruhga kiruvchi dorilar tabletka va draje shak- lida bo'ladi. Tabletka tayyorlash jarayonida ta'sir qiluvchi modda ikki qismga bo’linadi. Bir qismi taxtakachlanib tablet- ka - yadro tayyorlanadi. Uning ustiga kislotali sharoitda eri- maydigan tarkibli qobiq qoplanadi. Qolgan ikkinchi qismi qoplangan tabletka ustida taxtakachlanadi. Bunday tabletka- larning ustki qismi oshqozonda, ichki qisrai esa ichakda ta'sir ko‘rsatadi.
Tayyorlash jarayoni ,,Draykota“ tipidagi mashinalarda amal- ga oshiriladi. Shu yo'sinda dorilami draje va kapsula holida ham chiqarish mumkin.
Ikkinchi guruhga kiruvchi dorilar birinchi guruhga nisbatan faolroq hisoblanadi. chunki bunda doimiy ravishda ta'sir qiluvchi modda ajralib, qondagiga terapevtik me’yorini ta'minlab turadi. Buni amalga oshirish uchun quyidagi dori turlaridan foydalanish mumkin.
Spansulalar (Spansulae). Bular qattiq jelatina kapsulalariga joylashtirilgan mikrokapsula yoki mikrodrajelardan tashkil top- gan. Mikrokapsulalar har xil qalinlikdagi qobiqdan tashkil topgan kapsulalar yig'indisi bo'lganligidan bir vaqtda erimasdan, uzluk- siz ravishda ketma-ket erishi bilan so‘rilib, dori moddaning qonda- gi konsentratsiyasini bir xilda ushlab turadi.
Medulalar (Medulae). Bular ham spansulaga o'xshash dori turi bo'lib. jelatina kapsulasiga joylashtirilgan mikrokapsulalar stearin va oloip kislotalaming polimerdoshlari bilan qoplangan bo'ladi. Ayrim holiarda mikrokapsulalar suspenziya holida ham ishlatili- shi mumkii.
Do'stlaringiz bilan baham: |