0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rtacha og‘irlikni aniqlash
- Dori inoddalar miqdorining bir xilligini aniqlash
Kapsulalar sifatini tekshirish Kapsulalar yuzasi silliq, shi- kastlanmagan boMishi. ko'zga ko'rinadigan havo pufakchalari va mexanik aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Kapsulalarda o'rtacha og'irlikni aniqlash, dori moddalar miqdorining bir xilligini, par- chalanishi va erishini tekshirish lozim.
O‘rtacha og‘irlikni aniqlash Buning uchun ochilmagan 20 ta kapsulabirgalikdatortiladi va o‘rtacha og‘irligi aniqlanadi. So'ngra har bir kapsulani alohida tortib. o'rtacha og‘ irligi bilan solishtirila- di. Har bir kapsulaning o‘rtacha og'irligidagi farqi ±10 % dan osh- masligi kerak. keyin o‘sha 20 ta kapsula ochilib. ichidagi modda- dan iloji boricha tozalanadi va har bir qobiq tortiladi. Suyuq yoki xamirsimon (пастообразньгй) massalar bilan to‘ldirilgan yumshoq kapsulalar qobig‘ini tortishdan oldin efiryoki boshqa mos keladigan erituvchi bilan yuvilib. erituvchi qoldig‘i havo yordamida o‘chiriladi. Kapsula ichidagi moddaning og'irligi aniqlanadi. Xususiy moddalarda boshqa ko'rsatma bo'lmasa, har bir kap- suladagi moddaning o'rtacha og'irligidagi farqi ±10 % dan osh- 236 masligi кегак. bunda faqat 2 kapsula og‘ irligidagi farq ±25 % gacha bo'lishiga ruxsat etiladi. Agar 2 tadan 6 tagacha kapsulaning o'rtacha og'irlikdagi farqi ±10 % dan ±25 % gacha bo'lsa. har bir kapsuladagi modda miqdori aniqianadi va yana qo'shimcha 40 ta kapsulani olib. hammasi bo'lib 60 kapsuladagi moddaning o'rtacha og'irligi aniqlanadi. Bunda 6 tadan ko‘p bo‘lmagan kapsuladagi moddaning o'rtacha og'irligidagi farqi ±10 % dan oshmasligi kerak va birorta kapsula- dagi moddaning o‘rtacha og'irlikdagidan farqi ±25 % dan oshmas- ligi lozim. Kapsulalarga ta'sir qiluvchi moddaning miqdori va xususiy moddada keltirilgan boshqa ko'rsatkichlami aniqlashda 20 ta yoki 60 ta kapsula olinadi. Dori inoddalar miqdorining bir xilligini aniqlash 0.05 g va undan kam dori moddasi saqlagan kapsulalarda ulaming miqdori- ni bir xil taqsimlanganligi. ,.Tabletka‘‘ (xususiy moddalarda boshqa ko‘rsatmalar bo'lmasa) mavzuida bayon qilinganidek tekshiriladi. Parchalanish. Ichishga mo‘ljallangan kapsulalar oshqozon- ichak yo'lida parchalanib yoki erib ketishi kerak. Kapsulalarning parchalanishini aniqlash „Tabletka" mavzuida bayon qilingan usulda olib boriladi. Agar xususiy moddalarda boshqa ko'rsatmalar bo'lmasa. kap- sulalar 20 daqiqagacha vaqtda parchalanishi kerak. Erishi. Xususiy moddalarda boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, kapsulalarning erishi „Tabletka" mavzuida bayon qilingan usul bo'yicha olib boriladi. Nijniy Novgorod kimyo-farmatsevtika zavodida kapsulalar qattiqligi ТУ-169-61 bo‘yicha tekshiriladi: to'ldirilgan yumshoq jelatina kapsulasi ustiga 1 kg yuk qo‘yib, 1-2 soniya kuzatilganda kapsula shakli o'zgarmasligi kerak. Qattiq jelatina kapsulasi esa 2 kg yukka bardosh berishi kerak. Kapsulalar 16-22 °C da, nisbiy namligi 30—40 % bodgan xona- larda, lozim bo‘lsa salqin joyda saqlanadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling