0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet130/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

MALHAMLAR (EMPLASTRA)
Malhamlar qadimgi dori turi bo'lib, o'z davrida keng ko4amda ishlatilgan. Keyinchalik farmatsiyaning taraqqiyoti va yangi dori turlarining yaratilishi natijasida bu dori turiga bo'lgan ehtiyoj qis- man bo'lsada kamaydi. Sirtga ishlatiladigan dori turi bo'lgan mal- hamlar teriga yopishish va undan ko'chish xususiyatiga ega. Ishla- tilishiga qarab ular uch guruhga bo‘linadi:
Epidermatik malhamlar yaralami tashqi muhit ta'siridan saq- lash. jarohatlangan yuzalami bir-biriga yaqinlashtirish va matoni ushlab turish maqsadida ishlatiladi.
Endermatik malhamlar tarkibida terapevtik ta’sir ko'rsatuvchi moddalar bo‘lib. teri osti to‘qimalariga mahalliy ta'sir ko‘rsatadi.
Diadermatik malhamlar tarkibida terapevtik biofaol modda bo'lib. tanaga umumiy ta'sir ko'rsatadi.
Epidermatik malhamlar yetarli darajada yopishqoq bo'lishi va terini qitiqlamasligi kerak. Endermatik va diadermatik malham- iar yumshoqroq bo'lib, dori moddalarning teriga singib o'tishini ta'minlashi iozim.
Malhamlar tarkibida tabobatda foydalanishga ruxsat etilgan tabiiy yoki sun'iy kauchuklar, ularning aralashmasi. polimerlar, yog‘simon moddalar. tabiiy moylar. to'ldiruvchilar. antioksidant- lar va dori moddalari bo'ladi. Ushbu moddalar kerakli miqdorda qo‘shilganda malham tana haroratida yumshaydi va teriga yopishib. terapevtik ta’sir ko'rsatadi. Ular silindrsimon yoki konussimon shakldagi qattiq massa holida. idishlarda surtma dori, matoga yoki qog'ozga surkalgan holda va suyuq eritma ko'rinishida chiqari- ladi. Malhamlar tarkibi bo‘yicha oddiy va kauchukli. tayyorlash bo'yicha massa holida va matoga surkalgan,kimyoviy tarkibi-
ga ko'ra yuqori moy kislotalarining og'ir metall tuzlari (sovunlar) bilan birikkan holda va mexanik aralashmalar ko'rinishida bo'ladi. Malhamiarga qovushqoq eritmalar ham kiradi. Bunday malhamlar tarkibidagi erituvchi uchib ketgach, terida yupqa qayishqoq parda hosil bo'Iadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling