0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet123/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

KAPSULALAR VA MIKROKAPSULALAR.
TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN KAPSULALAR
(CAPSULAE MEDICINALES)

Kapsulalar aniq dozalarga bo'lingan dori turidir. Ular suyuq, kukunsimon, bo'tqa va donador shakldagi dorilar bilan to'Idirilgan jelatina qobig'idan iborat. Kapsulalar ichishga. yo'g'on ichakka va vaginal usulda ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Kapsulalar ikki xil: qopqoqchali qattiq (Capsulae operculatae - Capsulae qelati- nosae) va butun qobiqli yumshoq (Capsulal qelatinosae molles) bo'ladi. Qattiq jelatina kapsulalarining shakli silindrsimon, uchi yarim sharsimon-dumaloq bo'lib, ikki qismdan iborat. Tanasi va qopqoqchasi tirqish qoldirmasdan bir-biriga oson kirishi kerak. Qattiq jelatina kapsulalarida „qulf‘ vazifasini bajaruvchi burama shakldagi chuqurcha bo'lishi mumkin.
Qattiq kapsulalar sig'imiga qarab - 000 (eng kattasi) dan. 5 gacha (eng kichigi) 8 o'lchovda tayyorlanadi (25-jadval). Yum- shoq jelatina kapsulalarining o‘lchovi har xil bo'lib. sig‘imi 1,5 gacha bo‘ladi.
25-jadval

Tartib raqami

000

00

0

1

2

3

4

5

Kapsulaning o'rtacha sig'imi. ml

1.37

0.95

0,68

0.5

0.37

0,3

0.71

0.13


Ularning qobig'i tarkibidagi plastifikatorlar miqdoriga qarab qattiq yoki qayishqoq - elastik bo'ladi.
Yumshoq jelatina kapsulalari dumaloq, o'rtasida choki bo'lib. sig'imi 0,1-0,2 ml bo'lsa, „dur“lar (perlae qelatinosae) deb atala-
230
di. Agar yumshoq jelatina kapsulalarining bir tomoni cho'zinchoq boMsa. tubatinalar (tubatinae) deb ataladi va bolalarga ishlatiladi (55-rasm).


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling