0‘zbekiston respublikasi qishloq уа suv xo‘jaligi vazirligi
Download 3.51 Mb.
|
portal.guldu.uz-QISHLOQ XO‘JALIK MELIORATSIYASI FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- XLOR IONI BO‘YICHA TUPROQ ERITMASINING KONSENTRASIYASINI HISOBLASH.
Topshiriq: Hisobiy qatlam 10 sm, tuproqning hajm massasi
1,40 t/m3 boisa, 1 ga maydondagi tuproq ogirligi quydagicha topiladi: 107
108
burg‘u, alyumin stakanchalar,thermostat, elektr tarozi, suvli so‘rim analizi natijalari va boshqalar. Takrorlash uchun savollar: Tuproq tarkibidagi tuz va suv miqdorini aniqlashning qanday ahamiyati bor? Laboratoriya sharoitida tuz va suv miqdorini aniqlash uchun nima qilinadi? Tuproq og'irligi nima maqsadda aniqlanadi? XLOR IONI BO‘YICHA TUPROQ ERITMASINING KONSENTRASIYASINI HISOBLASH. 0’simliklarning tuproqdan oziqlanishi awalo undan mavjud bo‘lgan mineral va organik moddalarning eruvchanligiga bog'liq. Erish jarayoni tuproqda mavjud bo'lgan suv miqdori bilan xarakter- lanadi. Tuproqda yetarli nam boiganda organik va mineral modda- lar yaxshi erib, tuproq eritmasini hosil qiladi, aksincha bu modda- lar o'simlikiar o'zlashtirishi qiyin boigan formaga o‘tib ketadi. Tuproq eritmasi tarkibida o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur boigan juda ko‘p ximiyaviy elemenlar mavjud boiib, ularning miqdorlari doimiy emas-vaqt mobaynida o‘zgarib turadi. O'simliklar hayotida tuproq eritmasi muhim rol o‘ynaydi. Sho‘r- langan yerlarida tuproq eritmasining tarkibidagi ko'plab С1 va SO4 ionlari uchraydi. Tuproq eritmasining konsentratsiyasi uning osma- tik bosimini belgilaydi. Tuproq osmatik bosimi 2-5 atm.dan osh- magan sharoitda o‘simlik yaxshi o‘sib rivojlanadi. Agar tuproq erit- masining osmatik bosimi, 0‘simlik xujayrasi surishi kuchidan yuqori bo‘lsa, 0‘simlik tuproqdan kerakli elementlarni o‘zlashtira olmaydi va buning natijasida u 0‘sishdan to‘xtaydi, ayrim holatda nobud ham bo'ladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning osmatik bosimi shuncha yuqori bo‘ladi va o‘simlikda so'lish holati vujudga kelib, u nobud bo'ladi. Tuproq eritmasining konsentrasiyasi undagi moddalarning miqdori va tarkibi bilan bir qatorda uning namligiga ham bog‘liq- dir. Tuproq namligi qanchalik kam bo‘lsa, tuproq eritmasi osmatik bosimi shunchalik yuqori bo'ladi va aksincha. Shu sababli sho'rlan- gan yerlarda o'simlikiarni sug'orish rejimi sho'rlanmagan yerlarida- giga qaraganda birmuncha “yumshoq” qilib belgilanadi. 109
110 Takrorlash uchun savollar: Tuproq eritmasining kontsentratsiyasi nima? Tuproq eritmasining kontsentratsiyasini o'simlik uchun qanday ahamiyati bor? Tuproq eritmasining kontsentratsiyasi qaysi formula yordamida aniqlanadi? TUPROQLARNING SHO‘RLANGANLIK DARAJASI, SIZOT SUVLARNING JOYLASHGAN CHUQURLIGI VA ULARNING MINERALLASHGANLIK DARAJASINI 0‘SIMLIK QOPLAMIGA KO‘RA ANIQLASH Tuproqlar va sizot suvlarning sho‘rlanganlik darajalari odatda tegishli dalalarda olingan tuproq namunalarni kimiyaviy tahlil qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usul juda aniq boTib xisoblanadi. Lekin, ko‘p mashaqqatli ish, (ko‘p vaqt va moddiy xarajatlar talab qiladi). Madaniy va yowoyi o‘simliklarning tuzga chidamligi har xil va ular tuproqdagi tuzga turlicha munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun ham tuproq va sizot suvlarning sho‘rlanganlik darajalarini o‘simlik qoplamiga ko‘ra tezkor aniqlash usuli B.F.Fedorov (1964) tomonidan 0’zbekiston sharoitida (Mirzacho‘l va Farg‘ona vodiysi) ishlab chiqilgan. Ushbu tezkor aniqlash usuli ayrim kamchiliklardan holi emas, ammo zarurat va vaziyatlardan kelib chiqib mazkur usul bilan dalalarning holatiga meliorativ baho berish mumkin (23-24-rasm). Uzoq evolyusiya jarayonida har xil sho‘rlangan tuproqlar va sizot suvlar sharoitlariga turlicha moslashgan o‘simlik turlari kelib chiqqan. Ayrim o‘simliklar kuchsiz sho'rlangan va botqoqlangan, boshqalari - o‘rtacha, uchinchilari esa kuchli sho‘rlangan va bot- qoqlangan tuproqlarda o‘sib-rivojlanishi mumkin. Birinchi gruppa o'simliklari sho‘rlangan va botqoqlanish jarayonlari me'yorl bo‘lgan tuproqlarda yaxshi moslashgan bo'lsa, ikkinchilari esa bir oz qiy- nalib usib-rivojlanadi, uchinchilari umuman o‘smasligi va rivojlan- masligi mumkin. Tuproqlarni sho'rlanish va botqoqlanish sharoitlariga bunday moslashishi ma'lum bir o'simlik gruppalarini shakillanishiga olib keladi. Bu jixatdan o‘simlik gruppalarini o‘rganish ularga ko‘ra tuproqlarni sho‘rlanishi va botqoqlanish darajalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Bu usulni aniqligi va ishonchligi amaliy tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, yangitdan o'zlashtiriladigan quruq va bo‘z yerlarni melio- rativ jixatdan baholashda keng qo‘llanilmoqda (25-26-rasm.). 111
23-rasm. Kurmak. Sizot suvlari 0-1 m da joylashgan o‘tloqi-botqoq tuproqlarda o‘sib rivojlanadi. 25-rasm. Zubturum. Sizot suvlari 0-1 m da joylashgan o‘tloqi-bot-qoq tuproqlarda o‘sib rivojlanadi. 24-rasm. Olabo‘ta. Sizot suvlari 3-4 m da joylashgan tuproq-larda o‘sib rivojlanadi. 26-rasm. Kakra. Kuchsiz sho‘r!angan yerlar- da (xlor 0,01-0,04) o‘sadi. 112
Ma’lumki ayrim o'simliklarni har xil sho'rlangan tuproqlarga moslashganlik darajalari turlicha bo‘ladi. Shu sababli bu o‘simlik- laga ko‘ra tuproqni sho'rlanganlik darajasi va sizot suvlarini joyla- shish chuqurliklairni aniqlash mumkin emas. Ana shuni hisobga olib ma’lum sharoitga moslashgan o‘simlik gruppasi aniqlanib, ulardan eng yaxshi moslashgan (o‘sib rivojlanishiga ko‘ra) o‘simlik turlarini ajratib olinadi va ularga ko‘ra tuproqga meliorativ jihatdan baxo beriladi. Quyidagij jadvalda tuproqni va sizot suvlarni sho'rlanganlik darajalari hamda sizot suvlar chuqurligini aniqlashga imkon beruv- chi asosiy o'simliklar gruppalari keltirilgan. Bu yerda: o'simliklar tuproq tiplariga (o‘tloqi-botqoq, o'tloqi, o‘tloqi bo‘z va bo‘z) ko'ra gruppalarga bo‘lingan (50-jadval). Shuni aytib o‘tish kerakki, ayrim o‘simliklar o'zining tuzga chidamliligi bilan har xil darajada sho'rlangan tuproqlarda uchrashi mumkin. Masalan: qamish va yantoq sho'rlanmagan va sho'rlangan yerlarda o‘zini juda yaxshi his etadi. 113 Tuproqlarning sho'rlanganlik darajasi va sizot suvlarning minerallashganligi bilan bir qatorda sizot suv satxini ham o‘simlik qoplamiga ko‘ra aniqlash mumkin. Chunki, sizot suvlarining uzoq vaqt tasiri natijasida shu teritoriyada ayrim o'simlik gruppalarini shakllanishi vujudga keladi. Mazkur daladagi o‘simlik qoplamiga qarab faqat sizot suv sathini aniqlabgina qolmay, balki uning' minerallashganlik darajasiga xam baxo berish mumkin. Malumki, sizot suvlari yer betiga qanchalik yaqin joylashgan va minerallashgan bo‘lsa, tuproqda sho‘rlanish jarayoni shunchalik tez boradi. Sizot suvlarning minerallashganlik darajasi va tuproqning sho'rlanish darajasi orasidagi bu bog‘liqlik sizot suvlari yer betiga 3-4 metrdan yaqin joylashgan bir xil gruntli tuproqlarda yaqqol kuzatiladi (27-28-rasm.). 27-rasm. Qamish. Sizot suvlari 0-1 m da joylashgan o‘t!oqi- botqoq tuproqlarda o‘sib rivojlanadi 28-rasm. Qoraajriq. Tarkibida 0,03-0,04 % xlor bo‘igan tuproqlarda o‘sib rivojlanadi. 114
Download 3.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling