0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil “28”-maydagi


Download 28.4 Kb.
bet2/5
Sana08.01.2022
Hajmi28.4 Kb.
#238768
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5285536309513816616

1-bob. Umumiy qoidalar
1.Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o‘quvchilari (keyingi о ‘rinlarda jamoa a'zolari deb yuritiladi), ulaming ota-onalari (yoki ularning о‘mini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o‘zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlariga qo‘yiladigan talablami belgilaydi.

Ushbu qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o'rinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeining dahlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.

2.Mazkur qoidalar davlat umumta’lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.

3.Qoidalaming maqsadi ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy

fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘ligini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona ish muhitini yaratishdan iborat.

4.Qoidalar ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to‘plami hisoblanadi.

5.Mazkur qoidalar talablari umumta’lim maktabi jamoa a’zolari, o‘quvchilari va ulaming ota-onalari (ularning о'mini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi.
2-bob. Jamoa a’zolarining ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi
6.Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.

7.Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalarjm chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (“Ovozsiz” holatga o‘tkazishi) shart.

8.Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari lozim:

o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab formasida, maktab rahbariyati va pedagog xodimlar esa maktab Ustavida belgilangan kiyimda kelishlari;

pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari;

rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari;

o‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishlari;

ta’lim muassasasi hududi va yo‘laklarining o‘ng tomonidan yurishlari;

jamoa a’zolari bir-biriga duch kelganda salomlashishlari, bunda, o‘quvchilar o‘qituvchilarga, kichik yoshdagilar katta yoshdagilarga birinchi bo‘lib salom berishlari (ushbu holatlarda qo‘l berib so ‘rashish istisno bo ‘lib, yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina ularga javoban qo‘l uzatishlari tavsiya etiladi);

pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida korporativ kiyinish uslubiga ko‘ra, erkin harakatlanish uchun qulay va kasbga mos holda kiyinishlari;

kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;

kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi;

xodimlarning turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda bo‘lmasligi;

umume’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang ‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shunindek, ta’lim muassasasi hududida о ‘tkaziladigan turli sport va ко ‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi;

erkaklar mavsumga qarab - klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog\ poyabzal (qora rangda bo4ishi tavsiya etiladi) kiyishi;

ayollar mavsumga qarab - klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko(k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani shaffof ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi lozim.




Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling