1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)
-§. MAQOLLAR. TOPISHMOQLAR
Download 251.93 Kb.
|
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM
2-§. MAQOLLAR. TOPISHMOQLAR
MAQOLLARDAN NAMUNALAR. XALQ OG‘ZAKI IJODI TUSHUNCHASI. TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR. MAQOL VA TOPISHMOQ TUSHUNCHALARI. (Darslikda 9–20 betlar) 1. «Zarbulmasal»da qancha maqol keltirilgan? A) 300 ga yaqin B) 400 dan ortiq C) 600 ga yaqin D) 500 dan ortiq 2. «Zarbulmasal»da qaysi qushlarning quda-andachilik mojarolari tasvirlangan? A) Yapaloqqush va Ko‘rqush B ) Ko‘rqush va Kulonkir C) Kordon va Boyo‘g‘li D) Yapaloqqush va Boyo‘g‘li 3. «Al», «ochun», «bitik» so‘zlarining ma’nosini toping. A) barmoq, olam, so‘z B) qo‘l, dunyo, kitob C) olam, qo‘l, kitob D) qo‘l, dunyo, barmoq 4. «Ona yurting omon bo‘lsa, rang-u ro‘ying somon bo‘lmas» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan? A) ichki qofiya B) tashqi qofiya C) ichki va tashqi qofiya D) och qofiya 5. Maqolga xos belgi-xususiyatlarni aniqlang. 1) fikrning aniq bo‘ladi 2) xulosaning tugal bo‘ladi; 3) ifoda lo‘nda bo‘ladi; 4) ibratli fikr hukm shaklida bo‘ladi; 5) she’riy shaklda bo‘ladi; 6) nasriy shaklda bo‘ladi. A) 2, 3, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 6. Maqol va topishmoqlarning o‘xshash tarafi nima? A) Maqol ham topishmoq ham qofiyadosh bo‘lib kelishi mumkin. B) Maqolda ham topishmoqda ham xulosa tugal, mazmun aniq, ifoda lo‘nda bo‘ladi. C) Maqol va topishmoqlarda sirlilik bor. D) Har ikkalasida ham xulosa bor. 7. M aqollarda ibratli fikrlar qanday shaklda bo‘ladi? A) nasriy shaklda B) ibrat shaklida C) hukm shaklida D) she’riy shaklda 8. Bir necha predmetli topishmoq berilgan qatorni toping. A) Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi. B) Qoziq ustida qor turmas. C) Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi. D) Bir qop un, ichida ustun. 9. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa,…». A) unmaganni undirar B) tepadagini endirar C) to‘lmaganni to‘ldirar D) tegmaganni tegdirar 10. O‘z ma’nosida ishlatiladigan maqolni toping. A) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan. B) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. C) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. D) Olmaning tagiga olma tushadi. 11. Ko‘chma ma’noda ishlatiladigan maqollarni toping. 1) Olmaning tagiga olma tushadi. 2) Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi. 3) Qazisan, qartasan – axir aslingga tortasan. 4) Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda. A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4 12. Maqolni davom ettiring. «Chin so‘z mo‘tabar, … ». A) yolg‘on so‘z muxtasar B) yolg‘on so‘z zahar C) shirin so‘z zahar D) yaxshi so‘z muxtasar 13. Quyidagi maqol nima haqida? Oltovlon ola bo‘lsa, Og‘zidagin oldirar. To‘rtovlon tugal bo‘lsa, Tepadagini endirar. A) do‘stlik, birodarlik B) qadrdonlik, mehr-oqibatlilik C) do‘stlik, birdamlik D) birlik, o‘zaro ittifoq 14. Maqolni davom ettiring. «O‘g‘li borning o‘rni bor, qizi borning...» A) o‘rni bor B) sepi bor C) izi bor D) qadri bor 15 . Maqolni davom ettiring. «Tikansiz gul bo‘lmas, Mashaqqatsiz – … ». A) ish B) hunar C) boylik D) rohat 16. Maqolning tushirib qoldirilgan so‘zlarini toping. «… – dilning chirog‘i, … – ilm chorbog‘i». A) Bola, ona B) Bilim, ustoz C) Ilm, ustoz D) Ilm, maktab 17. Topishmoqlar mumtoz adabiyotda qanday nomlangan? A) jumboq B) tarjeband C) matal D) chiston 18. Maqolni davom ettiring. «Kishining hurmati ... ». A) mehnati bilan B) qilgan ishi bilan C) hunari bilan D) o‘z qo‘lida 19. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l-atvori, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zguni aniqlang. A) musiqa B) haykaltaroshlik C) xalq og‘zaki ijodi D) maqol va matallar 20. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. Adabiyotshunoslar fikricha: «… – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at». A) maqol va topishmoqlar B) musiqa san’ati C) xalq og‘zaki ijodi D) she’riyat 21. «Chiston» qanday ma’nolarni anglatadi. 1) topishmoq; 2) jumboq; 3) masal; 4) savol-javob. A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 4 22. Og‘zaki so‘z san’ati qanday atamalar bilan ifodalanadi? A) folklor, lirika B) xalq donoligi, xalq qudrati C) xalq og‘zaki poetik ijodi, epopeya D) folklor, xalq og‘zaki poetik ijodi 23. Topishmoq yana qanday nomlar bilan yuritiladi? 1) chiston; 2) topmacha; 3) matal; 4) masal; 5) jumboq. A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5 24. T opishmoq janri haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping. 1) Avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi. 2) O‘xshatishlar, taqqoslashlar savollar vositasida ifodalanadi. 3) «Topmacha», «jumboq», «masal» deb ham yuritiladi. 4) Ko‘chma belgilar xayolda mantiqan solishtiriladi. 5) Tasavvurni va tafakkurni o‘stiradi. 6) She’riy shaklda yoziladi. 7) Nasriy shaklda yoziladi. 8) Ko‘ngilochar o‘yin. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 5 25. Chistondagi narsa-hodisalar ko‘chma ma’noda tasvirlanib, qanday shakllarda yoziladi. 1) qit’a; 2) fard; 3) to‘rtlik; 4) ruboiy; 5) g‘azal; 6) bayt; 7) tuyuq; 8) masnaviy. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 8 D) 1, 2, 3, 4, 5 26. She’riy topishmoq fors adabiyotida qanday nomlanadi? A) topmacha B) topishmoq C) chiston D) lug‘z 27. Agar topishmoq ertak ichida kelsa, bunday topishmoqlar qanday ataladi? A) ertak-topishmoq B) sirli ertak C) topishmoqli ertak D) topmacha 28. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra zamonaviy va an’anaviy topishmoq kabi turlarga bo‘linadi? A) tuzilishiga ko‘ra B) yaratilishiga ko‘ra C) shakliga ko‘ra D) zamonaviyligiga ko‘ra 29. Topishmoq qatnashadigan ertaklarning qaysi turida asar voqealari topishmoq asosiga qurilgan bo‘ladi? A) ertak-topishmoq B) sirli ertak C) topishmoqli ertak D) topmacha 30. Adabiyotimiz tarixida chiston janrining go‘zal namunalarini qaysi ijodkorlar ijodida uchratishimiz mumkin? A) Uvaysiy, Lutfiy B) A. Navoiy, Nodira, Lutfiy C) A. Navoiy, Uvaysiy D) A va C 31 . Maqolga xos bo‘lgan xususiyatlarni toping. 1) Insonni axloq-odobga o‘rgatadi. 2) Nutqni bezaydi. 3) Topqirlikka, hozirjavoblikka undaydi. 4) Tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida keladi. 5) Pand-nasihat sifatida keladi. 6) Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi. 7) Ibratli fikr aytiladi. 8) Yashirin ma’noni topishga undaydi. 9) Har doim qofiyadosh bo‘lib keladi. A) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 9 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5, 8, 9 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8 32. Nuqtalar o‘rniga mos javobni tanlang. Maqolda ham, topishmoqda ham qofiya unsurlarining mavjud bo‘lishi … . A) tashqi shaklidagi o‘xshashlik B) ichki shakldagi o‘xshashlik C) ma’nodagi o‘xshashlik D) to‘g‘ri javob yo‘q 33. «Maqol» so‘zi qanday ma’noni anglatadi? A) forscha «so‘z» B) arabcha «so‘z» C) arabcha «nasihat» D) forscha «gap» 34. Maqol topishmoq janri bilan qaysi jihatiga ko‘ra o‘xshashlikka ega? A) xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib kelishiga ko‘ra B) qofiyaga egaligi bilan C) ibratli fikr aytilishiga ko‘ra D) ifoda lo‘nda bo‘lishi bilan 35. Topishmoq va maqol o‘rtasidagi farqni toping? A) Topishmoqda ibratli fikr aytiladi, maqolda hukm ifodalanadi. B) Maqolda hukm bo‘ladi, topishmoqda xulosa tugal bo‘ladi. C) Maqol ibratli fikrni anglatsa, topishmoq yashiringan ma’noni topishga undaydi. D) Maqol she’riy, topishmoq nasriy bo‘ladi. 36. «Bilgan o‘zar, bilmagan to‘zar», «Aql – yoshdan, odob – boshdan» maqollaridagi va «Bir parcha patir, olamga tatir» topishmog‘idagi qofiyadosh so‘zlarni toping. A) «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va «boshdan», «parcha» va «olamga», «patir» va «tatir» B) «bilgan» – «bilmagan», «yoshdan» va «boshdan» C ) «bilgan» – «bilmagan», «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va «boshdan», «patir» va «tatir» D) «o‘zar» – «to‘zar», «yoshdan» va «boshdan», «patir» va «tatir» 37. «O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l» maqolida qofiyaning qaysi turi qo‘llangan? A) ichki qofiya B) tashqi qofiya C) ichki va tashqi qofiya D) och qofiya 38. Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) nasriy, she’riy B) sodda, murakkab C) bir yoki bir nechta predmetli D) zamonaviy, an’anaviy 39. «O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) bir predmetli topishmoq B) bir nechta predmetli topishmoq C) ko‘p predmetli topishmoq D) sodda topishmoq 40. «Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq – bir yog‘i qora, bir yong‘oq» topishmog‘i topishmoqning tuzilishiga ko‘ra qaysi turiga kiradi? A) bir predmetli topishmoq B) bir nechta predmetli topishmoq C) murakkab topishmoq D) to‘g‘ri javob yo‘q 41. Topishmoqlar qaysi xususiyatiga ko‘ra bir va bir necha predmetli topishmoqlarga bo‘linadi? A) savoldagi o‘xshatilgan predmedlar soniga ko‘ra B) ularning javobiga ko‘ra C) tuzilishiga ko‘ra D) mazmuniy boyligiga ko‘ra Download 251.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling