1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)
Download 251.93 Kb.
|
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM
«Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat
qilgan bo‘lur». A) Ammor, muhaddis B) Abdulloh ibn Amr, sahoba C) Abu Hurayra, sahoba D) Anas ibn Molik, sahoba 26. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, «Salom berish islom amallaridandir» hadisida uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lishi kimning tilidan aytiladi? A) Ali B) Sahl ibn Sa’d C) Ammor ibn Yosir D) A va C 27. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Ammor ibn Yosir kim? A) Alining yordamchilaridan, sahoba B) Hazrat Usmonning yordamchilaridan, sahoba C) Muhammad alayhissalomning yordamchilaridan D) Abubakrning yordamchilaridan, sahoba 28. Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» … A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik». B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom bermoq». C) «Insofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq». D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq». 29. Hadisni to‘ldiring. «Birovni kurashib, yiqitgan polvon emas, balkim ... polvondir». A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam 30 . Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi va yana kimlarni yaxshi ko‘radi? 1) odamlarning gunohlarini o‘tuvchilarni; 2) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni; 3) g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni; 4) yetimning kafilini oluvchilarni; 5) g‘azabini yutuvchilarni; 6) gunohi azimlardan o‘zini olib qochuvchilarni; 7) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni. A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7 31. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, payg‘ambarimiz ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonmayon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan? A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni D) yetimning kafilini olgan odamni 32. Al-Buxoriy hadislarida keltirilgan «qavl» so‘zining ma’nosi nima? A) gap B) so‘z C) naql D) va’da 33. Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi? A) unumdor yerlarga, mo‘min B) qurg‘oq yer, fosiq C) tekis yer, kofir D) unumdor yer, fosiq 34. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani (ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi? A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga 35. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim? «Avval onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ngra otangga yaxshilik qil!» A) sahoba Ammor, muhaddis B) Yosir ibn Ammor, sahoba C) Abu Hurayra, sahoba D) Sahl ibn Sa’d, sahoba 36. Hadislarda aytilishicha, qaysi xislatlarni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi? 1) Insofli va adolatli bo‘lmoq. 2) Barchaga sadaqa bermoq. 3) Kambag‘allikda ham sadaqa berib turmoq. 4) Ochlarga taom bermoq. 5) Barchaga salom bermoq. A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) l, 2, 4 37. Quyidagi hadis roviysini toping. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Alloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqaradi!» A) Sahoba Ammor B) Ammor ibn Yosir C) Abu Muso D) Abu Hurayra 38. Mehmonning mezbonga: «Sen yemaguningcha men ham yemayman», – deb aytmog‘i haqidagi hadisning roviysi kim? A) Abdurahmon ibn Abu Bakr B) Abu Bakr C) Anas ibn Molik D) Baniy Firos 39. Imom Buxoriy hadislarida keltirilgan «riyo» nima? A) tovlamachilik B) ikkiyuzlamachilik C) firibgarlik D) yolg‘onchilik 40. Hadislarda keltirilishicha, zolim kim? A) Alloh taolo nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar B) yomonlikka ko‘mak beradigan kishilar C) birovga azob beradiganlar D) yolg‘onchilar 41. Soxta hadislarning paydo bo‘lishiga sabab nima edi? A) roviy bo‘lib mashhur bo‘lishga intilish B) dindagi ichki g‘oyaviy kurashlar C) yolg‘onchilarning ko‘payib ketishi D) roviylarni obro‘sizlantirish 42. «Al-jome’ as-sahih» asari yana qanday nom bilan ham mashhur? A) «Tafsiri Buxoriy» B) «Buxoriy hadislari» C) «Ishonchli hadislar to‘plami» D) «Sahihi Buxoriy». 43 . O‘z umrlarini hadis to‘plash va ularni o‘rganishdek muqaddas ishga bag‘ishlagan olimlar berilgan qatorni aniqlang. 1) Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy; 2) Najmiddin Kubro; 3) Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad-Dorimiy as- Samarqandiy; 4) Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy; 5) Naqshbandiy. A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4 44. Nima sababdan Imom Buxoriy umrining so‘nggi yillarida Samarqandga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi? A) Samarqand hukmdori bilan oralari buzilgani uchun B) Buxoroda turishi qiyin bo‘lib, sog‘ligi yomonlashgani uchun C) Nasrulloning farzandlariga ta’lim berishni xohlamagani uchun D) Xolid ibn Ahmad bilan oralari buzilgani uchun 45. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadigan, ammo o‘zi amal qilmaydigan kishi nimaga o‘xshatiladi? A) tekis yerga B) hosilsiz daraxtga C) yog‘insiz bulutga D) qattiq, qurg‘oq yerga 46. Hadislardagi o‘xshatishlarga mos javoblarni tanlang. 1) suvni o‘zida tutib turmaydigan, ko‘kat ko‘kartirmaydigan yer; 2) unumdor yer; 3) suvni shimmaydigan, o‘zida to‘playdigan yer. a) kofir; b) mo‘min; s) fosiq. A) 1-b, 2-a, 3-s B) 1-a, 2-b, 3-s C) 1-s, 2-b, 3-a D) 1-s, 2-a, 3-b 47. Hadis ilmi bilan shug‘ullanuvchi olimlar… A) roviylar B) muhaddislar C) sahobalar D) faylasuflar 48. «Roviy» kim? A) ma’lumot beruvchi B) aytuvchi, rivoyat qiluvchi C) hadis to‘plovchi D) A va C 49. Hadis haqidagi noto‘g‘ri fikrni toping. 1) Hadis payg‘ambarimizning so‘zlari. 2) Qur’oni karimdagi oyatlarni tushuntiradi, sharoitga tatbiq etadi. 3) O‘z ahamiyati jihatidan Qur’oni karimdan keyingi eng muhim qo‘llanma. 4) Hadislarni yig‘ish sahobalar davridan boshlangan. 5) Hadislar sanaddan iborat. A) 1, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 4, 5 50. Nuqtalar o‘rniga Imom Buxoriy hayotiga oid ma’lumotlarni topib qo‘ying. « … erta vafot etganidan tarbiyasida … ning xizmati katta bo‘ldi». A) Otasi, onasi B) Onasi, otasi C) Ota-onasi, tog‘asi D) Otasi, bobosi 51. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Imom Buxoriy … yoshida … hadislarni yod bilar, ularning «sahih», «nosahih»ligini birma-bir isbot qilib bera olar edi». A) o‘n, minglab B) o‘n olti, minglab C) o‘n olti, o‘n minglab D) olti, yuzlab 52. Rasululloh yetimning kafilini olgan odam bilan o‘zini jannatda yonma-yon yashashini bashorat qilgan hadisning roviysi kim? A) Abdulloh ibn Amr B) sahoba Ammor C) Sahl ibn Sa’d D) Abu Hurayra 53. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviylari kimlar? «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzun bo‘lsin desa, qarindoshurug‘ lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!» A) sahoba Ammor, Sahl ibn Sa’d B) Ammor ibn Yosir, Abu Hurayra C) Anas ibn Molik, Abu Hurayra D) Abu Hurayra, Sahl ibn Sa’d 54. Imom Buxoriyning asl ismi nima? A) Muhammad B) Imom C) Buxoriy D) Ismoil 55. Imom Buxoriyning qabri qayerda? A) Xorazm viloyati Yanggiariq tumani Olmaliq qishlog‘ida. B) Samarqand viloyati Ulug‘bek tumani Olmaliq qishlog‘ida. C) Jizzax viloyati Zomin tumani Xarsang qishlog‘ida. D) Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘ida 56. Imom Buxoriy qachon tug‘ilgan? A) 810-yil 21-iyulda B) 870-yil 31-avgustda C) 810-yil 21-iyunda D) 780-yil 21-iyunda Download 251.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling