1-§. Amaliy geometriya fanining maqsadi va vazifalari Magistrlar uchun o’qitiladigan amaliy geometriya fani umum
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mashg\'ulot
1-§. Amaliy geometriya fanining maqsadi va vazifalari Magistrlar uchun o’qitiladigan amaliy geometriya fani umum geometyriyanig bir shahobchasi bo’lib, u buyumlarning geometric xususiyatlarga asoslangan holda tasvirlash usullari yordamida ularning proyeksiyalari o’lchamlari va o’zaro joylashishlari, shuningdek, ularga tegishli pozitsion metrik va konstruktiv masalalarini yechish algortimlarini o’rganadi. Amaliy geometriya chizma geometriya fani va matemetika fanlarida analitik, proektiv, va differensial geometriyalar bilan uzviy bog’liq bo’lib umumiy texnika fanlaridan hisoblanadi. Chunki undagi qonun va qoidalar muhandislik amaliyotida juda ko’p qo’llaniladigan fan hisoblanadi. Amaliy geometriya boshqa fanlaridan o’zining asosiy usuli shakllarini to’g’ri burchakli proyeksiyalash usullari bilan farq qiladi. Amaliy geometriya fani o’zining bu tasvirlash usullari bilan o’quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalagan tasvirlarni o’qiy bilish hamda muhandislik masalalarni yechishga yordam beradi. Bu fan yordamida uning qonunlari bilan bor narsani emas, balki tasavvur qilinadigan narsalar ham tasvirlanadi. Amaliy geometriyaning asosiy mazmuni fazodagi shakllarning tekislikdagi umuman sirtlardagi tasvirini yasash usullarini hosil qilish yoki shakllarning berilgan tasviriga asosan unga tegishli fazoviy masalarni yechish va tekshirish ularni o’rganish hisoblanadi. Amaliy geometriya usullari bilan ma’lum qonun qoidalar asosida tekislikda buyumlarning chizmalari hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o’lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki har arxitektor va muhandislar o’z ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to’liq bayon eta oladilar. Chizmalar ishlab chiqarishda muhandislarga, texniklarga va ishchilarga ishlash jarayonida asosiy qo’llanma sifatida qo’llashga beriladi. Chizmalar bo’yicha barcha muhandislik inshootlari, mashina mehanizmlarini yaratish, meditsina asboblarini va hokazo buyumlarni ishlab chiqaradi. Shakllarning bizga ma’lum bo’lgan barcha geometrik hossalari ularning chizmalaridan olingan ma’lumotlardan aniqlab, ularning geometrik hususiyatlarni o’zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin. Amaliy geometriya fani quyidagilarni o’rganadi. Fazoviy shakllarning tekislikdagi to’g’ri burchakli proyeksiyalash usuli orqali ularni tekis shakllarni yasash va ularni amaliyotda qo’llanish usullarini o’rganadi. Shakllarning berilgan tekis modellari bo’yicha ularning fazoviy ko’rinishlarini va ularni vaziyatini tasavvur qilish usullarini o’rganadi . Shakllarning grafik va analitik modellari hamda ularning biridan ikkinchisiga o’tish usullarini o’rganish, hozirgi zamon ishlab chiqarishni qanoatlantiruvchi kompyuter grafika fani yordamida chizmalarni bajarishni avtomatlashtirshga yordam beradi. 2-§. Asosiy geometrik tushunchalar va shakllar Geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri shakl (figura) lardir. Ta’rif. Har qanday tartibda joylashgan nuqtalar to’plami geometrik shakl (figura) deyiladi. Geometrik shakllarni tashkil qiluvchi nuqtalar to’plami bir nechta va cheksiz ko’p nuqtalardan tuzilgan bo’lishi mumkin. Geometrik shakllar juda ko’p. Ammo shulardan eng asosiylari to’g’ri chiziq va tekislikdir. Nuqtalar, to’g’ri chiziqlar va tekisliklar orasida ma’lum munosabat o’rnatilgan bo’lib, buni yotishlilik yoki tegishlilik deb yuritiladi. Masalan, A nuqta a to’g’ri chiziqqa tegishli – A ∈a; A nuqta P tekislikka tegishli – A∈P; a to’g’ri chiziq l tekislikka tegishli – a ∈l va xokazo. 2.1. Nuqta. Nuqta eng boshlang’ich geometrik tushuncha bo’lib, u hajmsiz, yuzasiz, uzunlikka ega bo’lmagan geometrik element deb qabul qilingan. Nuqta chizmalarda shartli ravishda kichkina aylanacha ko’rinishida belgilanadi. 2.2. To’g’ri chiziq. Berilgan ikki nuqtadan o’tgan yagona geometrik shakl bu faqat to’g’ri chiziq bo’ladi. To’g’ri chiziqni bitta nurda yotuvchi nuqtalar to’plami deb ham qarash mumkin. To’g’ri chiziqning uzunligini haqiqiy miqdor bilan o’lchash mumkin emas. To’g’ri chiziq uzunligi cheksiz (∞) miqdordir. To’g’ri chiziq ikki nuqta bilan chegaralansa, to’g’ri chiziq kesmasi hosil bo’ladi. To’g’ri chiziq kesmasi haqiqiy miqdor o’lchoviga egadir. To’g’ri chiziq ustidagi nuqtalar to’plamini ikki qismga – xos (chekli) va xosmas (cheksiz) nuqtalarga ajratish mumkin: Xos A 1 , A 2 , A 3 ,… nuqtalarni berilgan a to’g’ri chiziq ustida belgilab yoki tanlab bo’ladi (1-rasm). Cheksiz uzoqlikda joylashgan xosmas A ∞ nuqtani a to’g’ri chiziq ustida belgilab yoki tanlab bo’lmaydi. Har bir to’g’ri chiziqda faqat bitta xosmas nuqta mavjuddir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling