1- amaliy ish Mavzu: Risk modeli. Ishdan maqsad
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usulni qо‘llanilish sohasi
HODISA
1-Sabab 2-Sabab 3-Sabab 1-OQIBAT 2-OQIBAT 3-OQIBAT Hodisa sabablarini oldini olish choralari Hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralari 2.1-rasm. Risklarni baholashning “Galstuk-babochka” usuli Ushbu usul o‘rganilayotgan salbiy hodisaning sababdan oqibatga qadar rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu usulning asosiy yo‘nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan. Usulni qо‘llanilish sohasi 1. Bо‘lishi mumkin bо‘lgan sabab va oqibatlarni diapazonini namoyish etish asosida risklarni tadqiq etishda. 2. Rad etish daraxti tahlilini о‘tkazish murakkab bо‘lganda. 3. Har bir rad etish yо‘llari uchun tо‘siqlar yoki boshqarish vositalarini yaratish bо‘yicha tadqiqod о‘tkazishga yо‘naltirilganda; 4. Rad etishga olib boradigan mustaqil yо‘llarni aniq о‘rnatish mavjud bо‘lganda. Amaliy qism 1. “Galstuk-babochka” markazlashgan uzuli sifatida kо‘rsatilgan xavfli hodisani aniqlash. 2. Xavf-xatar(yoki xavf) manbalarini tadqiq qilish yordamida hodisa sabablarining rо‘yxatini tuzish. 3. Kritik hodisagacha xavflarning rivojlanish mexanizmini aniqlash. 4. Hodisa sababini ajratuvchi chiziq chizish(Babochkaning chap tomonini hosil qilish). 5. Kiruvchi ta’sirlarni oldini olish uchun tо‘siqlar о‘rnatish. 6. Xavfli hodisaning oqibatlarini о‘ng tomonga akslantirish va hodisadan oqibatlarga olib keladigan chiziqlarni chizish. 7. Oqibatlarga yо‘naltirilgan chiziqlarga tо‘siqlarni akslantirish. Ma’lumot turlari: Chiquvchi ma’lumotlar - “galtuk-babochka” diagrammasini va ishlov berilgan ma’lumotlarni о‘z ichiga oladi. Kiruvchi ma’lumotlar – tо‘siqlar, xavf-xatarlar hamda xavfli hodisa oqibatlari va sabablari haqidagi ma’lumotlardir. Usulning afzalligi: - muammoga qaratilgan fikrni beradi; - xavfli hodisalarni oldini olish va /yoki oqibatlarini kamaytirish hamda ularni samaradarligini baholashga qaratilganligi; - foydali oqibatlar uchun qо‘llanilishi mumkinligi; - yuqori malakali mutahasislarga ehtiyoj yо‘qligi. Usulning kamchiligi: - bu usulda bir vaqtning о‘zida yuzaga keladigan va noxush oqibatlarga olib keladigan sabablar yig‘indisini kо‘rsatib berish imkoni yо‘qligi; - ushbu usulda murakkab vaziyatlar haddan tashqari soddalashtirilgan bо‘lishi mumkinligi 2.2-rasmda gasltuk-babochka usuliga misol keltirilgan. 2.2-rasm. Galstuk-babochka usuliga miso Yuqoridagi misolda hodisa sifatida kompyuter qurilmasiga virus tushish hodisasi olingan. "Galstuk-babochka" tahlilini o‘tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning oqibatlarning oldini olish, yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish, tezlashtirishga yo‘naltirilgan xavfli voqealar va to‘siqlarning asosiy yo‘llarini aniq ko‘rsatadigan oddiy diagramma hosil qilish orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf- xatarlardan yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Topshiriq Ushbu ishda talaba bо‘lishi mumkin bо‘lgan ixtiyoriy xavfli hodisani sabablari va oqibatlarini “Galstuk-babochka” tahlili usulida aniqlaydi. Ularni oldini olish va oqibatlarini kamaytirish choralarini ishlab chiqadi. Berilgan nazorat savollariga javob yozadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling