1- amaliy ish Mavzu: Risk modeli. Ishdan maqsad


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana20.10.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1713577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Nazorat savollari 
1. Risk, tahdid va zaiflik tushunchalariga ta’rif bering? 
2. Axborot aktivi nima va u qanday obyektlarni o‘z ichiga oladi? 
3. Risklarni tahlil qilishning maqsadini tushuntirib bering? 
4. Risklarni tahlil qilishning qanday bosqichlari bor? 


2-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Riskni “Galstuk-Babochka” usuli yordamida tahlili
Ishdan maqsad: “Galstuk-Babochka” usulidan foydalangan holda axborot 
xavfsizligidagi risklarni baholashni o‘rganishdan iborat 
Qisqacha nazariy ma’lumot 
Ushbu usul o‘rganilayotgan salbiy hodisaning sababdan oqibatga qadar 
rivojlanishini grafik tavsiflash va tahlil qilishdir.
Bu usulda asosiy e’tibor sabablar 
va xavfli hodisalar, xavfli hodisa va oqibatlar orasidagi to’siqlarga qaratilgan. Bu 
usuldagi tahlil bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar va oqibatlar oralig’ini ko’rsatish 
asosida risklarni o’rganish uchun foydalaniladi. Bundan aniq bir riskni o’rganish va 
uni boshqarishda samarali hisoblanadi. Sabablar va oqibatlarga risklarni 
dekompozitsiyalash risk amalga oshganda zarar darajasi va ehtimolligini baholash 
hamda risklar orasidagi o’zaro bo’gliqliklarni aniqlash imkonin beradi. Usulda 
kiruvchi ma’lumotlar to’siqlar, risklar, xavfli hodisalarning oqibatlari va sabablari 
hamda ularni kamaytirish yoki oldini olish haqidagi axborot hisoblanadi.
 
Ushbu usulning asosiy yo‘nalishi tekshirilayotgan hodisaga qarshi choralar va uni 
keltirib chiqaradigan sabablarga qaratilgan. 
Ushbu usulni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni ajratishi mumkin: 
1. Grafik markazida tahlil qilish uchun hodisani aniqlash. 
2. Tekshirilayotgan hodisaga olib kelishi mumkin bo'lgan sabablar ro'yxatini 
tuzish. 
3. Tekshirilayotgan voqea oldidan vaziyatning rivojlanish mexanizmini tahlil 
qilish 
4. Hodisaning rivojlanishiga olib keladigan omillar va uning oqibatlari 
tavsiflanishi mumkin. 
“Galstuk-babochka” tahlilini o'tkazish orqali biz xavfli hodisalar va ularning 
oqibatlarning oldini olish , yumshatish yoki kutilayotgan hodisalarni kuchaytirish, 
tezlashtirishga yo'naltirilgan xavfli voqealar va to'siqlarning asosiy yo'llarini aniq 
ko'rsatadigan oddiy diagramma kiritamiz (tekshirilayotgan voqea ijobiy bo'lgan 
taqdirda).


So‘ngi paytlarda axborot texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligi bilan 
bog‘liq judayam ko‘plab xavf-xatarlar mavjud va ularning soni kun sayin oshib 
bormoqda. Bu xavf-xatarlarni oldindan aniqlab, ularga mos choralar ko‘rish uchun 
turli tahlil usullari ishlab chiqilgan. Bu usullar axborot xavfsizligi xavf-xatarlarini 
minimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil 
usullaridan biri bu “Galstuk-babochka” hisoblanadi. Usul Sababdan oqibatgacha 
xavfli hodisani rivojlanish yо‘llarini tahlili va sxematik tavsiflashni amalga 
oshiradi(2.1-rasm). 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling