1- amaliy mashg‘ulot: Dorivor o‘simlik xom ashyosi chinligini aniqlash
Download 332.68 Kb.
|
1 2
Bog'liq1- Amaliy mashg‘ulot Dorivor o‘simlik xom
1- Amaliy mashg‘ulot: Dorivor o‘simlik xom ashyosi chinligini aniqlash (barglari, poyalari, ildizlari, ildizpoyalari, gullari, urug‘lari. farqlari va aniqlash usullari). Dorivor o‘simlik xom ashyosi chinligi va sifatini aniqlash usullari.Standartlash - bir sohaning faoliyatini tartiblash maqsadida hamma manfaatdor bo‘lgan taraflar foydasiga hizmat qiladigan qonunlar (qoidalar) to‘plami (nizomnoma) va bu qonunlarni ular ishtirokida qo‘llashdir. Fan va texnika taraqqiyotiga hamda ilg‘or tajribalarga asoslangan holda standartlash texnika taraqqiyotini tezlatish, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan majburiy normalar, talablar va qoidalarni davlat korxonalariga, muassasalariga, tashkilot va idoralarga rejali ravishda tatbiq etish bilan xalq ho‘jaligini idora qilishda katta xizmat qiladi. Bu majburiy talablar, normalar va qoidalar tegishli me'yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi. Standartlash bo‘yicha me'yoriy-texnik hujjatlar (MTX) ma'lum tartibda ishlab chiqilgan va vakolatli idora tomonidan tasdiqlangan, ayrim sohada bajarilishi majbur bo‘lgan norma, talablar, qoidalar kompleksini o‘rnatuvchi hujjat. Xalq ho‘jaligining hamma sohasini o‘z ichiga olgan Davlat standartlash sistemasi Sobiq Ittifoqda 1925-yilda tuzilgan. Mamlakatda standartlash va metrologiyaga rahbarlik qiluvchi davlat organi - standartlar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Gosstandart) joriy etilgan. Gosstandartning asosiy vazifalari: a) standartlash taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini aniqlash, ilmiy- uslubiy va texnik-ekonomik asoslarini ishlab chiqish, tarmoqlararo sanoat mahsulotlari va metrologiyani bir xil qilish; b) mamlakatda standartlash sistemasi va metrologiyani tako- millashtirish; v) mahsulot sifat ko‘rsatkichini standartlash (mahsulotning ishlab chiqarish, qabul qilish va tahlili bo‘yicha umumiy talablar); g) standartlarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ularga rioya qilish bo‘yicha davlat nazoratini bajarish. Respublikalarda standartlash faoliyatiga respublika Davlat plan komissiyasi (Gosplan) va Gosstandart respublika boshqarmasi rahbarlik qiladi. Xalq ho‘jalik tarmoqlarida esa bu ishlarga vazirliklarning yoki boshqarmalarning standartlash bo‘limi o‘zlariga biriktirilgan shu sohadagi xizmatchilarga uslubiy – tashkiliy rahbarlik ko‘rsatadi. Sog‘liqni saqlash Vazirligida standartlash bo‘yicha ishlarni ilmiy- texnik boshqarmasi koordinatsiyalaydi (o‘zaro muvofiqlashtiradi). Dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga me'yoriy-texnik hujjatlarni tayyorlash va qayta ko‘rib chiqish ishlarini Sog‘liqni saqlash Vazirligining Dori vositalari va tabiiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshqaradi. Standartlar ta'sir qilish sohasi, mazmuni va tasdiqlanish darajasiga qarab quyidagi kategoriyalarga va turlarga bo‘linadi: Davlat standartlari - GOST GOST ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq ho‘jaligining hamma sohasida ishlatiladigan o‘simlik mahsulotlari uchun Gosstandartni qarori bo‘yicha tuziladi va tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi). Tasdiqlangan GOST ga tegishli belgi beriladi. Bu belgi GOST indeksi, ro‘yxat nomeri va GOST ni tasdiqlangan yilidan tashkil topadi. Masalan: GOST 13.309.79. Bu belgida 13 - GOST indeksi, 309 - shu standart ro‘yxat nomeri, 79 - esa GOST ning tasdiqlangan yili. Davlat standartlarini talablariga rioya qilish respublika miqyosidagi hamma idoralarga, korxonalarga va muassasalarga majburiydir. Soxa standartlari - OST. OST biror soxaga tegishli korxonalarda, muassasalarda, idoralarda ishlatiladigan hamda ularga tegishli bo‘lgan namunali texnologik jarayon, normalar, talablar, qoidalar, usullar va boshqalarga ishlab chiqiladi va shu sohaning Vazirligi (boshqarmasi) tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi). OST talablariga itoat etish sohaning hamma korxonalari, idoralari hamda shu soha mahsulotini ishlatadigan boshqa soha idoralari va korxonalari uchun majburiydir. Korxona standarti - STP. STP biror korxona uchun qabul qilingan norma, talablar, qoidalar, usullar va boshqalar uchun ishlab chiqiladi, korxona boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi (kuchga kiritiladi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi) va uning talablariga itoat etish shu korxona uchun majburiydir. Dorivor vositalar va dorivor o‘simlik mahsulotlari uchun me'yoriy- texnik hujjatlar Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan tasdiqlangan soha standarti OST 42-1-71 «Dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga me'yoriy--texnik xujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartiblari» ga binoan tuziladi. Me'yoriy-texnik xujjatlar dorivor vositalar sifatini doimiy ravishda yaxshilanishini ta'minlashi kerak hamda o‘z talablarini fan va texnika yutuqlari asosida doimo mukammallashtirishi lozim. Dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga ishlanadigan me'yoriy-texnik hujjatlar quyidagilar: Davlat standartlari - GOST, Farmakopeya maqolasi - FS, Vaqtincha farmakopeya maqolasi – VFS va - Soha standarti - OST. OST – ilmiy-texnik atamalar, umumiy texnik hujjatlar, texnologik normalar, qabul qilish qoidalari, belgilash - markalash, saqlash, transportlarda jo‘natish qoidalari va boshqalarga tuziladi. GOST - ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan hamda xalq ho‘jaligining hamma tarmoqlarida ishlatiladigan o‘simlik mahsulotlari uchun tuziladi va Gosstandart tomonidan tasdiqlanadi. FS - Sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan tibbiyot sohasida ishlatishga ruhsat etilgan, ko‘plab, seriyalab ishlab chiqariladigan dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga tuziladi, hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. VFS –Sog‘liqni saqlash Vazirligining Farmakologik qo‘mitasi tomonidan tibbiyot sohasida ishlatishga tavsiya etilgan, keyinchalik ko‘plab chiqarishga mo‘ljallangan yangi dorivor vositalarning sanoatda birinchi chiqarilgan nushalari va dorivor o‘simliklarni yangi turlariga tasdiqlanadi. VFS qisqa, lekin 3 yildan ziyod bo‘lmagan muddatga tasdiqlanadi. FS va VFS lar davlat standartlariga (GOST ga) tenglashtirilgan. SHuning uchun barcha dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, nazorat qiladigan va ishlatadigan amma korxona, muassasalar va idoralar FS va VFS talablariga itoat etishlari majburiydir. Qadimdan keng miqyosda ishlatib kelinayotgan, kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘z qimmatini yo‘qotmaydigan dorivor vositalar va dorivor o‘simliklar mahsulotlariga tuzilgan farmokopeya maqolasi Davlat farmakopeyasidan o‘rin oladi. Davlat farmakopeyasida bulardan tashqari yana turli maqolalar (fizik, fiziko-kimyoviy, kimyoviy va biologik tahlil usullari, dorilarni tahlilida ishlatiladigan reaktivlar, indikatorlar, asboblar, idishlar va boshqalar to‘g‘risida) bo‘lib, ular qonuniy kuchga ega. SHuning uchun Davlat farmakopeyasining dorivor vositalar va dorivor mahsulotiga bo‘lgan talablarini bajarish, ularni ishlab chiqaruvchi, nazorat qiluvchi, saqlovchi va ishlatuvchi korxona, muassasa va idoralarga majburiydir. Davlat farmakopeyasi va farmakopeya maqolasi vaqti-vaqti bilan qaytadan ko‘rib chiqiladi va yangidan tasdiqlanadi, eskilari esa o‘z kuchini yo‘qotadi. Dorivor o‘simliklar mahsulotlariga tuzilgan hamma me'yoriy-texnik hujjatlar (FS, VFS, GOST va boshqalar) bir xil tuzilishga ega hamda ularda keltirilgan ma'lumot ham bir xil tartibda bayon etilgan. Maqolaning sarlavhasida dorivor o‘simlik mahsulotining lotin, o‘zbek va rus tilida nomi beriladi. Kirish qismida mahsulotni qanday o‘simlikdan (yovvoyi holda o‘sadigan yoki o‘stiriladigan) va qachon tayyorlanganligi (yig‘ish davri yoki o‘simlikning o‘sish fazasi), o‘simlik va oilasining o‘zbekcha, ruscha hamda lotincha nomlari keltiriladi.1 So‘ngra FS ning bo‘limlari boshlanadi: «Tashqi belgilari» bo‘limida butun, qirqilgan, kukun (poroshok) holidagi mahsulotga hos bo‘lgan morfologik belgilar hamda mahsulotning rangi, hidi va mazasi (zaharli bo‘lmagan mahsulotlar uchun) beriladi. Download 332.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling