1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanishini o’rganish. Reja
Download 189.12 Kb.
|
1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- HFХning asosiy tushunchalari. Хavf
- Хavflar taksonomiyasi
- Хavflar nomenklaturasi
- Хavflar kvantifikatsiyasi
- Хavflarni identifikatsiyalash
- Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi haqida aksioma
HFХning asosiy tushunchalari. Хavf – hayot-faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilar soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFХ dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi.
Хavfsizlik bu insonlar oldiga ko’yilgan maqsaddir. HFХ esa maqsadga erishishning vositasi, yo’li va usullaridir. Хavflar taksonomiyasi tushunchasi xavflarni ma’lum bir belgisi bo’yicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Хavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab iyerarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi soxasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi Хavflar nomenklaturasi ma’lum belgisiga ko’ra xavflarning tizimlashtirilgan nomi, tushunchalari ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflar nomi bo’yicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan. Хavflar nomenklaturasining bir qismi quyida keltirilgan. Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulqon, vaxima, gaz, gerbitsid, daxshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish, loy, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, pulsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sogaymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro. Aniq, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilganda xar bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va x.k.) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Хavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir.
Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy zarar va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi. Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi haqida aksioma –Insoniyat tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf mavjuddir. Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) xavfsizlikga erishib bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma xarakteriga ega. Bu aksiomaning metodologik va evristik ahamiyati kattadir. Download 189.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling