1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanishini o’rganish. Reja


Download 189.12 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi189.12 Kb.
#216922
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 – amaliy mashg’ulot хavflarning хususiyatlarini va guruhlanish-fayllar.org

3. Хavflarni guruhlashga topshiriq

Quyida keltirilgan voqea va hodisalarni xavflar guruxlariga tavsiflab bering.



Хavflar turi:

1. Suv ombori to`g’onida zilzila oqibatida damba yorildi.

2. Kimyoviy zavodda KTZM (kuchli ta’sir etuvchi zaxarlovchi modda) tarqaldi.

3. Atom elektr stansiyasida avariya yuz berdi.

4. Ko’prikda poyezdlar avariyaga uchradi.

5. Tog’ oldi zonasida sel kelishi natijasida suv toshqini yuz berdi.

6. Kanalda avariya yuz berdi.

7. Tog’ oldi zonasida tuproq ko’chishi yuz berdi.

8. Meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonasida yong’in.

9. Tog’ zonasida qor ko’chishi yuz berdi.

10. Aholi yashaydigan punktda yuqumli kasallik tarqalishi.

Хavf turi


Talabaning varianti


1, 11

2, 12

3, 13

4, 14

5, 15

6, 16

7, 17

8, 18

9, 19

10,20

1





















X

2





X
















3



X


















4













X








5











X










6









X












7



















X


8

















X




9















X






10







X
















2 AMALIY MASHG’ULOT

BAХTSIZ HODISANI TAHLIL QILISH UCHUN “SABABLAR VA ХAVFLAR

DARAХTI”NI QURISHNI O’RGANISH

Reja:

1. Umumiy ma’lumotlar

2. Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol.

3. "Xavflar daraxti" ni tuzish

1. UMUMIY MA’LUMOTLAR

Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida katta o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda. Bu o’zgarishlar bir tomondan jamiyat a’zolarining yashash va mexnat sharoitining yaxshilanishiga sabab bo’lsa ikkinchi tomondan inson hayot - faoliyatiga xavf tug’diruvchi, sog’lig’iga zarar yetkazuvchi, salbiy oqibatlarga olib keluvchi voqea-hodisalarga sabab bo’lmoqda.

Respublikamizda sug’orma dexqonchilik hududlarida paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining xosildorligini oshirishda sug’orish tizimlaridan unumli foydalanish, mahalliy va mineral o’g’itlardan, qishloq xo’jalik mexanizmlari, vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Hozirda Respublikamizning qishloq xo’jalik yerlarida 61 ta suv ombori, 27 ming kilometr suv tarmoqlari, 15 ming suv o’lchagich, ko’plab suv inshootlari, qishloq xo’jalik mashinalari, uskunalari xizmat ko’rsatadi.

Yuqoridagi tizimlar, mashina va mexanizmlar beto’htov, qoniqarli ishlashi ko’p jihatdan ana shu joylarda ishovchilarning o’z ishlarini puxta bilishlari, turli xil noxush oqibatlarning oldini olib bilishliklari, sog’-salomat mehnat qilishlariga bog’liq.

Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real xavflar yuzaga kelmaydi.

Хavflarni o’rganish quyidagicha ketma-ketlikda olib boriladi:

Birinchi bosqich - xavfni oldindan tahlil qilish. Bu bosqich 3 ta qadamdan iborat bo’ladi.

1-qadam. Хavfning manbaini aniqlash.

2-qadam. Хavflarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan tizim qismlarini aniqlash.

3-qadam. Tahlilga chegaralanishlar kiritish, ya’ni o’rganish talab qilinmagan xavflarni chiqarib tashlash.



Ikkinchi bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini belgilash, xavflar va hodisalar daraxtini ko’rish.

Uchinchi bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.

Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga, o’rganishga asoslangan.

Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi mavjud: xavf ma’lum bir sabab oqibatidir, u sabab esa, o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo. Bu ketma-ketlik zanjirsimon davom etadi.

Shunday qilib, sabablar va xavflar iyerarxik ravishdagi, zanjirsimon strukturalarni yoki tizimlarni (sistemalarni) hosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi shoxalab ketgan daraxtni eslatadi. Unga nisbatan ob’ektlar xavfsizligining tahliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda, shunday tushunchalar (terminlar) ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “buzilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va “hodisalar daraxti”. Ko’rilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialektiv xususiyatga ega ekanligini to’liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba’zida aslo iloji yo’q.. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo’lgan grafik ko’rinishlarni “sabablar va xavflar daraxtlari” deb nomlash aniqroq bo’ladi.



“Daraxt”larni qurish turli ko’ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. “Daraxt” shohalanishining ko’p bosqichli jarayon ekanligi, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi. Bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga muvofiq ravishda kiritiladi. Umuman, shoxalanishning chegarasi yangi shoxalar hosil qilinishining mantiqiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.

2. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga namunaviy misol.



2.1 – rasm. Kran - balka ilgagidan yukning tushib ketish hodisasi sabablarini aniqlash daraxti sxemasi.

Bu usulda "Xavflar daraxti" yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablarni hisobga olgan taqdirda tamom bo`ladi.



3. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurishga topshiriq:

1. Variant bo`yicha xavf - xatar turini aniqlash.

2. Хavfning sinfini aniqlash.

3. Хavfning extimoliy ketma - ketligini yozma ravishda ifodalash.

4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish.

5. Хavf - xatarning oldini oluvchi chora - tadbirlarni belgilash.



Topshiriqni yechish uchun ko’rsatmalar:

1. 2.1 – jadval orqali xavf - xatar turi variant bo`yicha yoki o’qituvchi topshiriqi bo`yicha aniqlanadi.

2. Хavfninig sinfini aniqlashda I - chi amaliy mashg`ulotdan foydalaniladi.

3. Хavfning to’liq tavsifi talabaning nazariy bilimlari asosida yoki o’qituvchi ko’rsatmalariga binoan yozma ravishda ifodalanadi.

4. “Sabablar va xavflar daraxti”ni qurish uchun birinchi, ikkinchi, uchinchi punktlardagi ma’lumotlar asosida shakliy ravishda ifodalanadi.

5. Хavf - xatar oldini oluvchi chora tadbirlar uning turiga qarab belgilanadi.

2.1 – jadval



Variant


Хavfxatarlar

1, 11

Toshqin

2, 12

Yong’in

3, 13

Portlash

4, 14

Zaxarlanish

5, 15

Avariya

6, 16

Qurilishda baxtsiz xodisa

7, 17

Elektr qurilmalarida baxtsiz xodisa

8, 18

Ta’mirlash ustaxonalarida baxtsiz xodisa

9, 19

Mexanizm bilan bog’liq baxtsiz xodisa

10, 20



Tabiiy ofatlar va shu kabilar


http://fayllar.org
Download 189.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling