1- amaliy mashg'ulot. Kimyoviy termodinamika. Termokimyo. Hosil bo’lish va yonish jarayonlari issiqligi. Gess qonuni. Standart issiqlik effekti. Kirxgoff qonuni
Download 382.29 Kb. Pdf ko'rish
|
1- amaliy Termodinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi muhit
Kimyoviy termodinamika umumiy termodinamikaning qonun va tushunchalarini kimyoviy jarayonlarga tadbiq etadi. Kimyoviy termodinamikaning qonuniyatlarini keltirib chiqarish uchun sistemaning boshlang‘ich va oxirgi holatini, shuningdek jarayon borayotgan shart – sharoitlarni (harorat, bosim va h.k.) bilish lozim. Kimyoviy termodinamikani kamchiligi – moddaning ichki tuzilishi va borayotgan jarayon mexanizmi haqida hech qanday xulosa qilinmaydi. Termodinamika uch bо‘limdan, aniqrog‘i uch qonun va ularning tadbiqidan iborat. Bu qonunlar postulat xarakteriga ega. Yа’ni, bu qonunlarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri isbotlab, keltirib chiqarib bо‘lmaydi, lekin odamzodning ming yillik hayotiy tajribalari ularning tо‘g‘riligini isbotlab turibdi. Termodinamika qonunlarini yaxshi tushunib olish uchun umumiy termodinamikadagi ba’zi bir tushunchalar, terminlar va qiymatlar bilan tanishib olish lozim. Termodinamikada о‘rganiladigan obyekt sistema deyiladi. Shunga ko‘ra, borliq ikki qismga, sistema va uning atrof-muhitiga bo‘lingan. Bundan sistema dunyoning biz alohida qiziqqan qismidir. Bu reaksiya idishi, dvigatel, elektrokimyoviy batareya, biologic hujayra va h.k.lar bo‘lishi mumkin. Atrof-muhit sistemaning tashqarisidagi biz o‘lchashlarni amalga oshiruvchi qismni o‘z ichiga oladi. Bu turdagi sistema uni atrof-muhitdan ajratib turuvchi chegara xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi 1 . (1.1-rasm). (b) 1.1-rasm. (a) Ochiq Sistema atrof-muhit bilan modda va energiya almashinishinadi. Masalan: ochiq kolbadagi eritma; sanoat miqyosida qo‘llaniladigan nasos, issiqlik almashtirgich, yig‘gich (bunker), aralashtirgich, filtrlar ham ochiq sistemaga misol bo‘ladi. (b) Yopiq Sistema atrof-muhit bilan energiya almashinishi mumkin, lekin modda almashmaydi. Masalan: usti yopiq kolbadagi eritma; bosim ostida ishlovchi vakuum – qurilma, uskuna va boshqa massa almashishi sodir bo‘lmaydigan qurilmalar. (c) Izolyatsiyalangan Sistema atrof-muhit bilan na issiqlik va na modda almashadi. Amalda bunday sistеma bo‘lmaydi. Har ikkala ochiq va yopiq sistemalar atrof-muhit bilan energiya almashina oladi. Misol uchun, berk sistema kengayishi va atrof-muhitda og‘irligini orttirishi mumkin; berk sistema, shuningdek, pastroq haroratdagi atrof-muhitga energiya uzatishi mumkin. Tashqi muhit – sistema bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki juz’iy aloqada bо‘lgan hamma narsa. U shunday katta о‘lchamga egaki, u tomondan issiqlik berilishi yoki olinishi uning haroratiga ta’sir etmaydi. Q W m =const |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling